Harakatning kuchi deb - amaliyotda tananing harakatdagi qismini biror tashqi ob’ektga jismoniy ta’siri qabul qilingan. Bu atamadan balandlikka sakrashda depsinish kuchi, sambo va kilichbozlikda raqibning qarshi bosimi (jismoniy mashq dinamikasi) tushuniladi.
Amaliyotda harkatning bir necha parametrlarini kompleksli ifodalovchi,
umumlashtiruvchi sifatlarga ega bo’lgan harakatlardan ham foydalaniladi, ular:
a) to’g’ri harakatlar - yo’nalishi, amplitudasi tezligi va boshqalari harakat
vazifasini hal qilishga mos keladi;
b) noto’g’ri harakatlar, ya’ni qisman bo’lsa-da,qo’yilgan harakat vazifasiga muvofiq bo’lmagan harakatlar;
v) tejamli harakatlar, harakatni bajarishdan ko’zlangan maqsadga minimal
darajada zarur bo’ladigan harakatlar;
g) tejamsiz harakatlar - ortiqcha, kerak bo’lmagan muskul zo’rikishi orqali
bajariladigan harakatlar;
d) jadallik bilan bajariladigan harakatlar;
e)kuchni yaqqol namoyon bo’lishini talab etadigan harakatlar:
j)sust harakatlar sifati jihatidan ayrim harakatlarni so’z bilan ifodalab
bo’lmaydi, ularni biror jonzot harakatiga qiyoslab tushuntiriladi.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki harakatlarning mazmuni, shakli, fazodagi
holati, yo’li, yo’nalishi, amplitudasi, tezligi, uzunligi (davom etishi), tempi, ritmi,
kuchi va boshqalarga oid bilimlar jismoniy madaniyat mutaxassisining jismoniy
madaniyat nazariyasining nazariy bilimlarining jismoniy tarbiya vositalariga oid
qismi xisoblanadi. Ularni mukammal egallagan mutaxassis jismoniy madaniyat
ta’limi jarayonini tashkillash, o’tkazishda samarali faoliyat ko’rsatadi