4-Mavzu: Harakatlarga o’rgatish bosqichlari. Reja



Yüklə 21,48 Kb.
səhifə4/6
tarix23.10.2023
ölçüsü21,48 Kb.
#160000
1   2   3   4   5   6
4-Mavzu

Harakatning amplitudasi - tanani, harakatning “og’ishi” bilan harakatlar.
Fizikada amplituda deb mayatnikning tinch holatiga nisbatan o’ng va chapga
og’ishi (graduslari) tushuniladi. Bizda esa tananing ayrim qismlarining og’ish
harakatlari tushuniladi. To’g’ri yo’nalishdagi harakatning amplitudasi qadamning
uzunligi (75sm) yoki shartli belgisiga qarab, yarim, to’la o’tirish va boshqalar
orqali aniqlanadi. Odam tanasining ayrim qismlarining amplitudasi o’sha tananing
bo’g’inlari elastikligiga bog’liq bo’ladi.
Harakatlar aktiv va passiv mushak qisqarishida ro’y beradi. Sport
trenirovkasida, turmush sharoitida bo’ladigan ishlar harakatning amplitudasiga
bog’liq. Katta qo’zg’alish uchun moslashtirilmagan muskulni katta amplitudada
harakat qilishga majbur qilish shikastlanishga olib keladi. Agarda harakatning
amplitudasi qo’yilgan vazifa talablariga javob bermasa, bunday harakatlar aniq
harakatlar sifatida namoyon bo’la olmaydi. Harakatlar bir-biridan ajralish
vaqtlariga ko’ra ham tavsiflanadi.
Harakatning tezligi deb inson jismining yoki uning ayrim a’zosining ma’lum
vaqt birligi ichida fazoda o’rin almashishi tushuniladi. Boshqachasiga - tezlik yo’l
uzunpigini tananing yoki uning ma’lum qismini shu yo’lni bosib o’tish uchun
sarflangan vaqtga nisbati bilan o’lchanadi.
Tezlikni aniqlashda metr - sekunddan foydalaniladi. Yo’lning hamma
nuqtalarida harakat tezligi bir hil bo’lsa, bu harakat maromli tekis harakat, yo’lning
ayrim nuqtalarida tezlik har xil bo’lsa, bu harakat maramsiz notekis harakat, deb
tushunish qabul qilingan. Tezlikni qisqa vaqt davomida oshirilishi tezlanish deb
ataladi.
Harakat ijobiy va salbiy ham bo’lishi mumkin. Harakat yuqori tezlikda
boshlanib, maromi tezlashib va sekinlashib borsa, bu kabi harakat keskin harakat
deb nomlanadi. Odamda doimiy tezlik va tezlanish bilan bajariladigan harakatlar
onda-sonda uchraydi. Bundan tashqari, texnikasi to’g’ri bajarilgan jismoniy
mashqlarda birdaniga tez yoki sakrashlar bilan bajariladigan mashqlar bo’lmaydi.
Noto’g’ri bajarilgan mashqlar tezligi qisqa fursatli, tez sakrashlar tarzida namoyon
bo’ladi.
Shunday holatlar yuzaga keladiki harakat tezligi tushunchasining mazmuni,
individning tanasi a’zolarining harakat tezligi tushunchasi bilan almashtirilib,
uning ayrim bo’laklari (qismlari)ning tezligi ham tushuniladi. Yuqoridagilar,
bo’g’inlarning uzun-kattaligi, tashqi muxit ta’siri, qarshiligi, harakat
qobiliyatlarining turli-tumanligidek boshqa faktorlarga ham bog’liq bo’lib, tezlikni
namoyon qilishda yetakchi o’rinni egallaydi.
Sportchida harakat tezligi asosiy jismoniy sifatlardan biridir. Tezlikning
yuqori bo’lishi - yuqori ko’rsatkich omili. Tezligi sifatining darajasini namoyon
qilishdan ko’ra musobaqa, mashq bajarish davomida erishilganini, uni rivojlangan
darajada ushlay olish tarbiya jarayonida muhim ahamiyatga ega. Tezlikni oldindan
rejalashtirilgan jadval bo’yicha belgilangan muddat davomida ushlay olish
malakasi muntazam mashg’ulotlardan so’ng yuzaga keladi.

Yüklə 21,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin