4-Mavzu: Harakatlarga o’rgatish bosqichlari. Reja



Yüklə 21,48 Kb.
səhifə2/6
tarix23.10.2023
ölçüsü21,48 Kb.
#160000
1   2   3   4   5   6
4-Mavzu

Harakat koordinatlari - to’g’ri chiziq va burchak o’lchovlarida
aniqlanadigan, tananing boshqa qismiga nisbatan fazoviy chegarasi, xisoblash
boshlangungacha gavdaning bo’laklarini nisbatan turishi holati, shakli (start
chizig’i, gimnastika jihozi, uni o’qi va boshqalar)ga nisbat berib baholanadi yoki
aniqdanadi.
Tananing holatlari ichida mashq bajarishni boshlashdan oldingi holat -
«dastlabki holati» (DX) deb ataladigan qismi, mashq texnikasini o’zlashtirish
yoki bajarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Oldiniga u anatomo-fiziologik
vazifani hal etishi e’tiborga olinsa, boshqa tomondan, shu harakatning bajarilishiga
ijobiy yordam beradi. Dastlabki holat harakatni bajarishni boshlash uchun eng
optimal holat bo’lib, harakat boshlangandan keyin bajariladigan harakatlarning
ketma-ketliligiga qulaylik yaratadi. Sprinter (qisqa masofaga yuguruvchi) uchun
“past start”, darvozabon uchun “to’pni kutish holati” va h.k.lar.
Bu holatlarni akademik Uxtomskiy optimal holat deb atadi. Ko’rinishidan
dastlabki holat osoyishta turgandek ko’rinsa ham, aslida, organizm bo’lajak
harakatga energiya sarflayotgan, qator mushaklar guruhi esa muskul ishi uchun
puxta tayyorgarlik ko’rayotgan, nafas olish, nerv, yurak-tomir tizimi, modda
almashinuvidek keng fiziologik jarayon avjida bo’ladi.
Dastlabki holatni jismoniy mashq bajarishdagina ahamiyati katta bo’lmay,
mashq davomida tanani qanday holda (holatda-pozada) turishi ham muhim
ahamiyatga egadir. Sprinter, stayer (inglizcha so’zlar - qisqa va o’rta masofaga
yuguruvchilar), marafonchi, chang’ida, konьkida yuguruvchilarning gavdalarining
vertikalligini ma’lum gradusga pasaytirilgan yoki ko’tarilgan holda ushlashi
mashqni samaradorligiga ma’lum darajada (uzunlikka, balandlikka, sakrovchining
depsinishdan keyingi holati) ijobiy yoki salbiy ta’sir etadi.
Ayrim sport turlari yoki jismoniy mashqlarni bajarishda tananing umumiy
holati bilan uning ayrim qismlari (bo’laklari)ning holati biomexanik maqsadga
yo’naltirilgan bo’libgina qolmay (konkida figura yasab uchuvchilar, gimnastlar,
akrobatlar, suvga sakrovchilar va badiiy gimnastlarning) harakatlarni
kuzatayotganlarda yoki bu mashqlarning bajaruvchilarida estetik his tuyg’uni
shakllantiradi va ularga zavq beradi.
Harakatlarning ravonligi, ketma-ketligi, erkinligi, qiyinchiliksiz bajarilishi
inson jismining qanday holatdaligiga bog’liq va u jismoniy mashqlar texnikasini
egallashda, harakatni o’zlashtirish jarayonida, xatolarni aniqlash va ularni
tuzatishda muhim rol o’ynaydi.

Yüklə 21,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin