III. 1-4 SINFLARDA CHIROYLI YOZUVGA O`RGATISH.
Boshlang`ich sinf dastur talabiga ko`ra I sinfning IV choragida yozuv darslari uchun 24 soat vaqt berilgan bo`lib, undan haftada bir soati chiroyli yozuv uchun ajratilgan.
Bu davrda o`qituvchi yozuv malakalarini yanada takomillashtirish, yozuv gigiyenasi qoidalariga rioya qilish hamda harflarning shakli va ularning bog`lanishi, qo`l harakatini uzmasdan yozish, so`z, bo`g`in va gaplarning ravonligiga e’tibor berishi lozim.
II sinfda chiroyli yozuv uchun haftada 1 soat vaqt ajratilib, yiliga 34-35 soatni tashkil etadi.
Bu davrda o`quvchilardan ruchkani to`g`ri ushlash, daftarning holatinito`g`ri tutish, to`g`ri o`tirish kabi gigiyenik qoidalar talab etiladi. Shuningdek, harflarning sodda va murakkabligiga qarab gruppalarga bo`lib yozdiriladi.
III sinfda husnixat darslari ona tili darslari bilan birgalikda har kuni qo`shib olib boriladi.
Bu davrda yozilishi va bog`lanishi murakkab bo`lgan kichik va bosh harflarni yozish qoidalari mashq qildiriladi. Ayniqsa, bu davrda bog`lanishi murakkab bo`lgan so`z va gaplarni ravon yozish ustida ko`proq mashqlar o`tkaziladi.
IV sinfda ham chiroyli yozuv mashqlari ona tili darslari bilan har kuni qo`shib olib boriladi.
Bu davrda harflarni qoida bo`yicha to`g`ri yozish malakalari mustahkamlanadi. So`z va gaplarda qiyin bog`lanishli harflarni topib, tahlil qilinadi hamda ravon va tez yozish malakalari rivojlantirilib, o`quvchilarning yozuvlarida uchraydigan tipik xatolar ustida mashq qildiriladi.
IV. HARFLAR GURUHINING TAHLILI.
Boshlang`ich sinflarda yozuvga o`rgatishning eng qulau yo`li bu harflarni guruhlarga ajratishdir. Bu guruhlashni harflarni o`xshash unsurlarga ko`ra tasnif qilish mumkin;
O`xshash unsurli kichik harflar:
guruh: I, u, m, t, l, y.
guruh: h, j, k, z, f,
guruh: o, o, q, a , g, g`, p, d.
guruh: e, b, x.
guruh: r, v,s, sh, ch.
O`xshash unsurli bosh harflar - guruhi:
guruh: U, L, J, I.
guruh: M, H, K, N, A.
guruh: O, O`, Q, X, CH
guruh: E, S, Sh, Z.
guruh: V, G, G`, Y, D.
guruh; T, F, R, B, P
Dostları ilə paylaş: |