4-Mavzu: Husnixatga o’rgatish tamoyillari va usullari. 1-4-sinflarda husnixat darslari. Husnixat darslarini rejalashtirishga qo’yiladigan talablar. 1-sinfda husnixat darslarini rejalashtirish. 2-sinfda husnixat darslarini rejalashtirish



Yüklə 33,19 Kb.
səhifə2/10
tarix21.03.2023
ölçüsü33,19 Kb.
#88995
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4-Mavzu Husnixatga o’rgatish tamoyillari va usullari. 1-4-sinfl

2. Genetik tamoyil. Chiroyli yozuv malakalarining shakllanishida genetik tamoyil katta o’rin tutadi. O’quvchi bu tamoyilga asosan avval shakli oson, sodda harflarni yozdirishga o’rgatiladi. Ma’lumki, ba’zi bir harflar sodda ko’rinishga ega bo’lib, ularni yozishda qiyinchilik tug’ilmaydi. Shuning uchun chiroyli yozuvga o’rgatishda, dastavval bosh va kichik harflar guruhlab olinadi, hamda shu guruhlash asosida shakli oson harflardan asta-sekin shakli murakkab, yozish birmuncha murakkabroq harflarga o’tiladi. Masalan, kichik harflarning 1-guruhiga i, n, m, r kabilar kiradi. Bu harflar ilmoq shakllaridan iborat bo’lganligi sababli yozishda qiyinchilik bo’lmaydi. Shuningdek, genetik tamoyil asosida harf, bo’g’in, so’z, gap, matn tartibida osondan murakkabga qarab yozuv mashqlari o’tkaziladi.
3. Takrorlash tamoyili. Chiroyli yozuv mashqlarini esdan chiqmaslik uchun sistemali ravishda takrorlash juda muhimdir. Takrorlash tamoyili yozish jarayonini avtomatlashtirish asosidir. Chiroyli yozuvda gigiyenik qoidalarga amal qilish eslatib turilishi yaxshi natija beradi. Yozuv qiyaligiga amal qilish, harflarni qo’1 uzmay yozish, harflar, so’zlar orasidagi masofani to’g’ri chamalash va yozishga oid qoidalarga amal qilishni takrorlash, yozuvni tahlil qilish, ularni taqqoslash kabi ishlar takrorlash tamoyili asosida olib boriladi.
Xatolarni tuzatish tarzida olib borilishi, uning samarasiz mashqqa aylanib qolmasligiga amal qilinadi.
4..Ko’rgazmalilik tamoyili. Chiroyli yozuvga orgatishda ko’rgazmali vositalar ham katta ahamiyat kasb etadi. Ko’rgazmali vositalarga «To’g’ri o’tir!» plakati, bosma harf shakllari ifodalangan kartonlar, xattaxta, o’quvchilar qo’lidan ushlab yozdirish kabilar kiradi. Harfning yozma shaklini hosil qilishga o’rgatishda uning bosma shakli ko’rsatilib farqli jihatlari izohlanadi
Yaxshi tanlangan va mohirlik bilan foydalanilgan ko’rgazmali qurollar dars sifati va samaradorligini oshiradi.
5. Bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili. O’quvchining individual xususiyatlarini hisobga olish uning bo’yini hisobga olgan holda oldingi partalarga o’tkazishdan boshlanadi. Parta o’quvchiga mos bo’lsa, u yozishda qiynalmaydi, tez charchab qolmaydi, chiroyli yozadi.
O’quvchining individual xususiyatini hisobga olganda. Ko’rish qobiliyati yaxshi bo’lmagan o’quvchilarni yorug’ tushadigan deraza tmonga, eshitish a’zolarida nuqsonlar bo’lgan bolani esa oldingi partalarga o’tkazish ham nazarda tutiladi.
Ma’lumki, ruchkani barmoqlar orasida noto’g’ri ushlaydigan o’quvchilar ham uchraydi, shu sababli bolaning ruchka ushlashiga ham alohida e’tibor qaratiladi.
Daftarga harflarni 65° qiyalikda yozish asosiy rol o’ynaydi. Buning uchun daftar - parta ustida to’g’ri turishi lozim. shuning uchun o’qituvchi har bir o’quvchining daftarlarini kuzatib borishi darkor. Bu qoidaga amal qilish ham yozuv sifatini oshiradi.
O’quvchilarning yozuv tezliklarini kuzatish, kamchiliklarini hisobga olish, yutuqlarini ko’pchilikka namuna qilib ko’rsatish ham bu tamoyilning asosiy shartlaridan sanaladi.

Yüklə 33,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin