4-mavzu: ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorlari


Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish



Yüklə 35,48 Kb.
səhifə6/7
tarix16.06.2023
ölçüsü35,48 Kb.
#131217
1   2   3   4   5   6   7
4-mavzu ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorla

4.4. Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish


Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish
Mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
I. Gigienik yo‘nalishda:
salomatlik va ish qobiliyatiga ta’sir qiladigan ishlab chiqarish muhiti omillarini me’yorlash;
ishlab chiqarish muhitidagi zararli omillarni kamaytirish va yo‘qotish yo‘li bilan mehnat sharoitlarini yaxshilash.
II. Fiziologik yo‘nalishda:
ish joyi, asboblar, mashina va jihozlarni fiziologik talablarga muvofiq holda bo‘lishiga erishish;
mehnat va dam olish rejalarini joriy etish;
mehnatni jismoniy og‘irligini kamaytirish , fiziologik jihatdan etarlicha harakat faolligini ta’minlash;
mehnatning aqliy va emotsional toliqtirishini kamaytirish.
III. Psixologik yo‘nalish:
pultlar va mashinalar, jihozlar tizimlarini boshqarish uchun boshqa vositalar ixtiro qilishda ruhiy talablarni hisobga olish (muhandislik ruhiyati);
kasb tanlashda va kasbiy talablarga muvofiq holda shaxsiy ruhiyatlarni hisobga olish;
jamoalarda qulay ruhiy kayfiyat yaratish, ishlovchilarning mehnat va uning natijalaridan yuqori manfaatdor bo‘lishlarini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish va joriy qilish.
IV. Estetik yo‘nalish:
intererlarni bezatishda, uskunalarni joylashtirishda, ranglar bilan bezatishda va boshqalarda ishlab chiqarish estetikasi talablariga rioya qilish;
texnik estetika talablarini bajarish, mashinalar, asboblar, pultlar singari boshqaruv vositalarini ixtiro qilish.
Qurilishi lozim bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalarini loyihalash va qurilish jarayonida sanitariya-gigiena, yong`inxavfsizligi bo‘yicha ma’lum maxsus talablar qo‘yiladi.
Qurilayotgan korxonaning ish joylaridagi havoning tozaligi, mehnat fiziologiyasi talablarining bajarilishi, meteorologik sharoitlarga doir sanitariya me’yorlari, ish joylarining yoritilishi, ishlab chiqarishda shikastlanishning oldini olish bo‘yicha choralar qo‘llanilishi ustidan nazorat qilib boradilar. Bu ma’lumotlar tahlili va ishchilarning salomatligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, korxonada xavfsiz mehnatni to‘g‘ri tashkil qilishga ilmiy va amaliy asos yaratadi .

Yüklə 35,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin