4-mavzu: ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorlari


Iqlim ko‘rsatkichlari va uning inson salomatligiga ta’siri



Yüklə 35,48 Kb.
səhifə2/7
tarix16.06.2023
ölçüsü35,48 Kb.
#131217
1   2   3   4   5   6   7
4-mavzu ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorla

Iqlim ko‘rsatkichlari va uning inson salomatligiga ta’siri.
Ishlab chiqarish muhitida iqlim sharoitini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, havoning harorati, nisbiy namligi, havo bosimi va havoning harakat tezligidan iborat bo‘lib, hammasi birgalikda kishining ish qobiliyatiga, mehnat unumdorligiga va inson organizmidagi biologik o‘zgarishlarga katta ta’sir ko‘rsatadi
Inson tanasidagi doimiy mo‘‘tadil harorat, modda almashuv jarayoni tufayli markaziy nerv a’zosining faoliyati orqali boshqarib turiladi.
Inson uchun orombaxsh, mo‘‘tadil iqlim sharoiti deganda, yuqorida aytilgan havo o‘lchamlarining o‘zaro mutanosibligi tushuniladi. Bu mutanosiblik odam tanasida harorat odam tanasida harorat almashuvi reaksiyasini hech qanday zo‘riqishsiz kechishini hamda o‘zida huzur-halovat sezishi va shu bilan birga ishchanlik qobiliyatini yuqori bo‘lishligini ta’minlaydi.
Ma’lumki haroratning 18-250S, nisbiy namlikni 40-70% va bosimning 740-760mm. sm ustunida bo‘lishi, odam tanasi va uni o‘rab turgan havo o‘rtasidagi harorat almashinuvi jarayoniga kuchli ta’sir ko‘rsata olmaydi, chunki bunday sharoitda muhitlar o‘rtasidagi issiqlik almashinuvi mufassal va qoldiqsiz ko‘chadi, ya’ni tanadan chiqayotgan issiqlik tezligi uning havoga singib ketish tezligiga teng holda almashinadi. Agar havoning holatida bunday mutanosiblik buzilsa, shu muhitda ishlayotgan odamning salomatligida ham o‘zgarish paydo bo‘ladi.
Muhitning harorati 18-250 S bo‘lganda odam tanasidan chiqayotgan issiqlik nurlanish yoki harorat almashinuvi qonuni asosida havoga quruq g‘ubor holatiga sekin tarqaladi, 300 S dan yuqori haroratda esa bug‘lanish sodir bo‘ladi, ya’ni tanadagi ortiqcha issiqlik mushaklardan sizib chiqayotgan quvvat ta’siridan yo‘l-yo‘lakay to‘qimalardagi tuz eritmalarini yuvib, teri sirtida ter shaklida paydo bo‘ladi.
Muhitning harorati oshgan sari tananing issiqlik uzatish qobiliyati susayib boradi, bug‘lanish jarayoni esa to‘xtovsiz ortib boradi, natijada organizm tez holsizlana boshlaydi. Agar havodagi nisbiy namlik 80 foizdan ortib ketsa tanadan ajralib chiqayotgan terning bug‘lanishi qiyinlashadi va natijada tana bilan muhit o‘rtasidagi harorat almashuvi buziladi.
Agar havo harakati tezligi oshib ketsa tana bilan havo o‘rtasidagi harorat tafovuti keskin orta boradi, shu sababdan organizm tez soviy boshlaydi, va natijada shamollash bilan bog‘liq xastaliklar kelib chiqadi.

Yüklə 35,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin