4-mavzu: ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorlari


Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik me’yorlari



Yüklə 35,48 Kb.
səhifə3/7
tarix16.06.2023
ölçüsü35,48 Kb.
#131217
1   2   3   4   5   6   7
4-mavzu ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorla

4.2. Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik me’yorlari.


Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik me’yorlari.
Ishlab chiqarish mikroiqlimi me’yorlari mehnat xavfsizligi. Standartlari tizimi “Ishlab chiqarish xonalari mikroiqlimini sanitar-gigienik normativlari Ish mintaqalari mikroiqlimi” (O‘zR SanQvaN № 0324-16) ga asosan belgilangan. Ular gigienik, texnik va iqtisodiy negizlarga asoslangan. Ishlab chiqarish korxonalardagi binolar, yil fasllari va ish toifalariga qarab, ulardagi harorat, nisbiy namlik va havo harakatining ish joylari uchun ruxsat etilgan me’yorlari belgilangan

Mikroiqlim ko‘rsatkichlarini maqbul va yo‘l qo‘yilishi
mumkin bo‘lgan kattaliklari
Yopiq ishlab chiqarish xonalaridagi meteorologik sharoitlarini (mikroiqlim) tavsiflovchi ko‘rsatkichlar quyidagilardir:
- havoning harorati;
- havoning nisbiy namligi;
- havoning harakat tezligi;
- issiqlik nurlanishi jadalligi.
Mikroiqlimning maqbul ko‘rsatkichlari ishlab chiqarish bino-larini ishchi hududlarini doimiy va doimiy bo‘lmagan chegaralanmagan ish joylariga joriy qilinadi. Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlar esa ishchi hududning doimiy va doimiy bo‘lmagan ish joylari uchun o‘rnatiladi. Ishlab chiqarish xonalarining ishchi hududidagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligining maqbul va yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlari 1-jadvalda ko‘satilgan kattaliklarga mos bo‘lishi kerak.
Mikroiqlimning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlari, qachonki ishlab chiqarishning texnologik talablari bo‘yicha, texnik va iqtisodiy sabablarga ko‘ra maqbul me’yorlar bilan ta’minlash imkoni bo‘lmagan holatlarda o‘rnatiladi.
Yilning iliq davrida harakatning katta tezligi havoning maksimal haroratiga, kichigi esa– havoning minimil haroratiga mos keladi. Oraliq kattaliklar uchun havoning haroratlari, uning harakatlanish tezligi interpolyasiya usulida aniqlanishi mumkin; havoning harorati minimal bo‘lganda uning harakatlanish tezligi 0,1 m/sek. dan pastroq qilib - engilroq ishda bo‘lsa hamda 0,2 m/sek pastroq bo‘lganda- o‘rtacha og‘irlikdagi va og‘ir ishda qabul qilinishi mumkin.
Mikroiqlimning maqbul ko‘satkichlarini ta’minlab berishda hududni konstruksiya (devor, shift, pol) lar yoki qurilma (ekran va sh.k.) lar ishchi hududini o‘rab turgan ichki yuza sirtlarining harorati, shuningdek, texnologik uskunalar yoki uni to‘sib turuvchi qurilmalarning tashqi yuza-larining harorati alohida ish toifalari uchun havo haroratining 1-jadvalda o‘rnatilgan maqbul miqdorlaridan ortib ketishi 2ºS dan ortiq chiqi-shi mumkin emas, to‘sib turuvchi konstruksiyalarning ichki yuzalari harorati havo haroratining maqbul miqdorlaridan past yoki yuqori bo‘lsa, ish joy-lari ulardan kamida 1 m uzoq masofada joylashtirilishi lozim. Ishchi hududning balandligi va gorizontal o‘lchami bo‘yicha havo haroratining ko‘tarilishi yoki pasayishi, uning smena davomidagi o‘zgarishlari ayrim ish toifalari uchun tuzilgan 1-jadvalda ko‘rsatilgan havo haroratining maqbul chegaralaridan chetga chiqmasligi kerak.
Yilning sovuq davrida ish joylarini deraza oynalari orqali radiatsion sovub ketishidan, iliq davrida esa-quyosh nurini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushi-shidan himoya qilish chora-tadbirlarini o‘tkazishni nazarda tutish kerak.
Mikroiqlimning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlar miqdorini ta’minlab berishda konstruksiyalar (devor, pol, shift) lar yoki qurilma (ekranlar va sh.k) larning ishchi hududlarini to‘sib turuvchi ichki yuzalarning harorati alohida ish toifalari uchun tuzilgan 1-jadvalda belgilangan havo haroratining, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan miqdorlari chegarasidan chetga chiqmaslik lozim. Barcha ish toifalarida ishchi hududning balandligi bo‘yicha havo haroratining o‘zgarishlari 3ºS gacha bo‘lishi mumkin.
Ishchi hududning gorizontal kengligi bo‘yicha hamda ish smenasi davo-mida havo harortining o‘zgarishlari engil ishlarda 4ºS gacha, o‘rtacha og‘ir-likdagi ishlarda 5ºS gacha, og‘ir ishlarda 6ºS gacha bo‘lishiga yo‘l qo‘yilishi mumkin, bunda smena davomida xonalarning turli qismlarida va har xil balandlikda o‘lchangan havo haroratining mutlaq qiymatlari yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan miqdorlarning 1-jadvalda ko‘rsatigan chegaralaridan chetga chiqmasligi kerak.
Atrofi o‘rab qo‘yilgan konstrutsiya va qurilmalar sirtining harora-tiga 2.5 va 2.6 bandlarda belgilangan xonalar ish joylarini umumiy va mahalliy isitish va sovutish tizimlariga tarqatilmaydi.Ishlovchilarning texnologik uskunalarning qizdirilgan sathi-dan, yoritish uskunalaridan doimiy va doimiy bo‘lmagan ish joylaridagi insolyasiyadan issiqlik ta’sirida nurlanishining shiddati tana yuzasining 50% va undan ortiq qismi nurlanganda 35 Vt/m2 dan, nurlangan yuza miqdori 25 % dan 50% gacha bo‘lganda 70 Vt/m2 dan, tana yuzasining 25% gacha nurlanganda 100 Vt/m2oshmasligi kerak.
Ishlovchilarning ochiq manbalar (qizdirilgan metall, shisha, «ochiq» alanga) dan issiqlik ta’sirida nurlanishi shiddati tana yuzasining 25% gacha qismi nurlanganda 140 Vt/m2 ortib ketmasligi hamda shaxsiy himoya vositalari, jumladan yuz va ko‘zlarni himoyalash vositalaridan foydalanish shart qilib qo‘yilishi lozim.
Bunda doimiy ish joylarida havoning harorati yilning issiq fasli uchun maqbul qiymatlarning 1-jadvalda ko‘rsatilgan yuqori chegaralardan, doimiy bo‘lmagan ish joylarida esa doimiy ish joylari uchun yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan yuqori chegaralardan ortib ketmasligi kerak.
Mikroiqlimning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan me’yoriy miqdor-larini belgilash ishlab chiqarish jarayoniga texnologik talablar, ularni ta’minlashning texnologik jihatdan iloji bo‘lmaganligi yoki maqsadga muvofiq emasligi iqtisodiy asoslanganligi tufayli imkoni bo‘lmagan ishlab chiqarish xonalarida ishlovchilarni yuz berishi mumkin bo‘lgan qizib ketish va sovuqqotishdan himoyalash uchun tadbirlar: havoni mahalliy sovu-tish, havo dushlari, dam olish va isinish xonalari, yuqori yoki past harorat-dan himoyalash uchun maxsus kiyimlar, shaxsiy himoya vositalari, ish va dam olish vaqtini reglamentlash kabilar ko‘zda tutilishi lozim. Issiqlikdan shikastlanishning oldini olish maqsadida to‘sib turuvchi yuzalarning harorati 45ºS dan ortib ketmasligi kerak
1-jadval
Ishlab chiqarish xonalarining ishchi hududidagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakat tezligining maqbul va yo‘l yo‘yilishi mumkin bo‘lgan normativlari

Yil davr-lari

Ish toifasi

Harorat, ºS

Nisbiy namlik, %

Harakatlanish tezligi, m/s



maqbul

yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan

maqbul

doimiy va doimiy bo‘lmagan ish joylarida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgandan ko‘p bo‘lmagan

maqbul ortiq bo‘lmagan

doimiy va doimiy bo‘lmagan ish joylarida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan




yuqori chegara

quyi chegara








ish joylarida








doimiy

doimiy emas

doimiy

doimiy emas





Yilning sovuq davri

Engil – Ia

22-24

25

26

21

18

40-60

75

0,1

ko‘p bo‘lmagan 0,1


Engil – Ib

21-23

24

25

20

17

40

75

0,1

ko‘p bo‘lmagan 0,2


O‘rta og‘irlik-da – IIa

18-20

23

24

17

15

40

75

0,2

ko‘p bo‘lmagan 0,3


O‘rta og‘irlikda – IIb

17-19

21

23

15

13

40

75

0,2

ko‘p bo‘lmagan 0,4


Og‘ir – III

16-18

19

20

13

12

40-60

75

0,3

ko‘p bo‘lmagan 0,5

Yilning iliq davri

Engil – Ia

25-27

31

32

24

23

40-60

30 (bo‘lda 32ºS)

0,1

0,3-0,5


Engil – Ib

24-26

31

32

23

22

40-60

35 (bo‘lda 31ºS)

0,2

0,3-0,6


O‘rta og‘irlik-da – IIa

23-25

30

31

22

21

40-60

40 (bo‘lda 30ºS)

0,3

0,3-0,7


O‘rta og‘irlik-da – IIb

22-24

29

30

21

20

40-60

45 (bo‘lda 29ºS)

0,3

0,4-0,7


Og‘ir – III

21-23

27

29

20

19

40-60

500 (bo‘lda 28ºS)

0,4

0,4-0,7

4.3. Ish toifalari



Yüklə 35,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin