26
Tasavvufni shakllantirish va rivojlantirishda o‘rta asr allomalari Ahmad
Yassaviy (vaf 11660, Najmiddin Kubro (1145-1221), Aziziddin Nasafiy (12 asr
boshlarida yashagan), Bahouddin Naqshband (1318-1389), Xoja Axrorlarning
(1404-1490) xizmatlari beqiyos bo‘ldi.
Tarixiy burilishlar mafkurasini belgilab
bergan dinlar insoniyat
taraqqiyotining muayyan bosqichida ma’naviy-ruhiy zarurat, ehtiyoj sifatida
paydo bo‘lgan. Ayni paytda tasavvuf demokratiyaga izn bergani, inson qalbi va
ruhiyatini nishonga olgani, jaholatga va xudbinlikka qarshi, ahloqiy poklikni
tar\ib qilgani sababli mohiyatan ilm va ijod ahliga yaqin edi. Ikkinchidan,
tasavvuf islom bag‘rida nish urib Qur’on va
xadisdan oziqlangan xolda
aqidaparastlikka, mutaassibchilikka, tabaqachilikka qarshi halq noroziligini
ifodalab keldi. Tasavvuf dastlab zohidlik ko‘rinishida namoyon bo‘ldi.
Ma’lumki, xalifa Usmon davrida amaldorlarning mol-dunyo to‘plashga xirs
qo‘yishi yanada avj olishi, islom diniga e’tiqod qo‘ygan kishilarning
noroziligiga sabab bo‘ldi. Islom axloqiga xos an’analardan chekinish boshlandi.
Bir guruh kishilar bunday ahloqsizliklarga qarshi norozilik sifatida
tarkidunyochilik qilib o‘z yurtlaridan chiqib keta boshladilar. Tarkidunyo qilgan
qalandar-darveshlar
ijtimoiy hayotdan chetlashib, uzluksiz toat ibodat qilib,
dunyo lazzatlaridan voz kechdilar. Xudo vasliga etishni maqsad qilib, uni
tar\ibot tashviqot qila boshladilar.
So‘fiylarning yagona istagi xudo vasliga etishishdir. Shulardan Mashhur
so‘fiy ayol Robiya Adviya (714-801) shunday deydi: «Ey Parvardigorim, ey
Yori aziz, agar jannating ta’masida toat qiladiga bo‘lsam, jannatingdan benasib
et. Agar do‘zaxingdan qo‘rqib ibodat qiladigan bo‘lsam, meni do‘zax o‘tida
kuydir-ming-ming roziman. Ammo sening jamolingni deb tunlarni bedor
o‘tkazar ekanman yolvoraman meni jamolingdan mahrum etma!».
1
Demak, so‘fiylar Qur’oni Karim oyatlari
ustida chuqur fikr yuritish,
kechalari ibodatlar bilan bedor o‘tkazish, kunduzlari ro‘za tutish, hayot
lazzatlaridan voz kechishi, gunohdan saqlanishi, o‘zini Alloh ihtiyoriga
topshirishi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, muqaddas matnlarga so‘zma-so‘z itoat
qilishdan farqli o‘raroq, insonga asosiy ob’ekt sifatida qaraydi.
Shaxsiy
kechinmalariga e’tibor bilan qarab, diniy xaqiqatlarni chuqur xis qilish asosiy
xususiyatlaridan edi.
G‘azzoliy nazarida oliy darajadagi mustahkam iymon so‘fiy iymonidir,
shuning uchun fano yo‘lidagi beintiho ishqni islomning zaruriy ruknlaridan
hisoblamoq kerak. Imom G‘azzoliy o‘zining «Eh’yo ul ulum vad din» (Diniy
ilmlarning qayta tirilishi) va «Kimyoi saodat» (Saodat kimyosi) nomli
kitoblarida tasavvufni islom ilmlarining tarkibiy
qismi sifatida chuqur
o‘rgangan, tariqatni odam axloqini poklovchi va halok etuvchi xislatlardan
qutqaruvchi yo‘l deb ko‘tsatadi.
китоб)-Т.: 1998, 65 б.
1
Жумабоев Й. Ғзбекистонда фалсафа ва ахлоқий фикрлар тараққиёти тарихидан. Т. «Ўқитувчи»-1997, 47 б.
27
Uyg‘onish davrining etuk mutafakkiri Alisher Navoiy ham barkamol insonni
Xudo darajasiga ko‘taradi. Uning asarlarida insonning ruhiy ma’naviy kamolotga
etish jaroyoni har tomonlama tahlil qilinadi.
Dostları ilə paylaş: