22
10 sahifani Ibrohim (as)ga yuborgan.
Muso (as)ga Tovrot,
Dovud (as)ga Zabur,
Iso(as)ga Injil
va Muhammad (sav)ga Qur’onni nozil qilgan. Qur’ondan boshqa ilohiy
kitoblar va sahifalar bir yo‘la bir da’fada
nozil qilingan, deb hisoblanadi. Qur’on
xazrat Jabroil orqali 23 yil mobaynida oyat-oyat, sura-sura shaklida yuborilgan.
2
Islom ta’limotiga ko‘ra, oldingi ilohiy kitoblar buzilib ketganligi sababli
Qur’on ularning ta’limotini tiklab kelgan.
Payg‘ambarlarning haqligiga imon keltirish. Alloh taolo insonlarga
to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish uchun payg‘ambarlar yuborgan. Qur’onda 25
payg‘ambarning nomlari aytilgan. Ular: Odam, Idris, Nuh, Xud, Solih, Ibrohim,
Lut, Ismoil, Ishoq, Yoqub, Yusuf, Ayyub, Shu’ayb, Muso, Xorun, Dovud,
Sulaymon, Yunus, Ilyos, Oliya, Zulkafl, Zakariyo, Yahyo,
Iso va Muhammad
payg‘ambardir.
Payg‘ambarlarning umumiy soni 124 ming ekanligi Qur’on va xadislarda
bayon qilingan. Musulmonlar barchasiga imon keltirishi shart.
Oxirat kuniga ishonish. Dunyoning ibtidosi bo‘lgani
kabi uning intihosi
ham bor. Islom ta’limotiga ko‘ra, bu dunyo bir sinov maydonidir. Bu dunyoda
qilingan
savob ishlar uchun mukofot, gunoh ishlar uchun jazo beriladigan oxirat
hayoti mavjud.
Taqdirga-yaxshiligu yomonlik Allohdan ekaniga e’tiqod qilish.
Islomning ma’nosi “taslim bo‘lmoq”, “o‘zini topshirmoq”dir. Shunga ko‘ra, inson
hayotida bo‘ladigan yaxshi yomon ishlarning Alloh tomonidan o‘zi
uchun
belgilangan sinov deb bilish lozim. Yaxshiliklarga shukur qilmog‘i, qiyinchilik va
mashaqatlarga sabr qilmog‘i imonning shartlaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: