4-mavzu. Mehmonxona turlari Reja



Yüklə 29,58 Kb.
səhifə5/6
tarix25.06.2023
ölçüsü29,58 Kb.
#135046
1   2   3   4   5   6
4-mavzu. Mehmonxona turlari Reja

yarimlyuks (junior suite) - bir xonada dam olish uchun qo‘shimcha joyi bo‘lgan joylashtirish;
lyuks (suite) - uxlash va dam olish uchun alohida sharoitlarni taqdim qilish bilan joylashtirish;
apartament (apartment) - uxlash va dam olish uchun alohida sharoitlarni, hamda kichik oshxonani taqdim qiluvchi joylashtirish;
studiya (studio) - kichik oshxonasi bo‘lgan bir xonada joylashtirish;
bog‘langan xonalar (connected rooms) - ichki eshik bilan bog‘langan, uxlash uchun sharoitlari mavjud bo‘lgan xonalar;
dupleks (duplex) - o‘zaro bog‘langan turli qavatda joylashgan xonada joylashtirish;
tarif turlari (Type of tariff) - Tarif, bir kishiga, ko‘p o‘rinli xonada bir kishiga yoki to‘liq xonaning o‘ziga bo‘lishi mumkinligini mijozlar e’tiborga olishlari kerak. Ovqat turlari va tarkibi farqlanishi mumkin;
faqat joylashtirish” "(“room only”) - joylashtirish narxiga ovqatlanish va ichimliklarni o‘z ichiga olmaydigan tarif;
yotok va nonushta” ("bed and breakfast")- nonushta narxini o‘z ichiga oluvchi joylashtirish tarifi;
yarim pansion (half board) - nonushta va tushlik yoki kechki ovqat narxini o‘z ichiga oluvchi joylashtirish tarifi;
to‘lik pansion (full board) - nonushta, tushlik va kechki ovqat narxini o‘z ichiga oluvchi joylashtirish tarifi;
barchasini qamrab olgan (all inclusive) - ovqatlanish hamda ba’zi ichimliklar va ma’lum xizmatlarni o‘z ichiga oluvchi joylashtirish tarifi;
YOTOQLARNING ALOHIDA TURLARI (SELECTED TYPES OF BEDS):
ikki kishilik yotoq (double bed) - bitta yoki ikkita to‘shakli ikki kishi uchun yotoq;
bolalar yotog‘i (cot; baby bed) - go‘daklar yoki kichkina bolalar uchun yonlari baland to‘siqli yotoq.
Sanitariya sharoitlari va jihozlari (Sanitary equipment and Facilities):
issiq va sovuq suv bilan ta’minlangan xona”( "room with cold and hot running water") - xonada sovuq va issiq suvli yuvinish rakovinasi joylashgan;
hojatxonali xona” ("room with toilet") - hojatxonasi mavjud xona;
dush yoki vannali xona” ("room with shower or bathroom") - odatda yuvinish rakovinasiga ega, dush va/yoki vannasi mavjud xona.
XIZMATLAR (SERVICES).
Ovqat va ichimliklar (umumiy ovqatlanish) (Food and beverages (Catering):
kontinental nonushta (continental breakfast) - kamida non, sariyog‘, mevali qiyom va/yoki murabbo hamda issiq ichimlikdan tashkil topgan nonushta;
xilma-xil taomlardan iborat nonushta (expanded breakfast) - non, mevali qiyom va/yoki murabbo, salqin ichimliklar, pishloq va/yoki go‘shtli sovuq taomlarning katta xilma-xilligiga ega kontinental nonushta;
nonushta – “shved dasturxoni” (buffet breakfast) - xilma-xil taomlardan iborat nonushtadan kam bo‘lmagan erkin tanlovga ega bo‘lgan holda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish;
to‘lik nonushta (full breakfast) - issiq va sovuq taomlar bilan to‘ldirilgan xilma-xil taomlardan iborat nonushta;
BOSHQALAR (OTHER):
nogironlar uchun vositalar (facilities for disabled) - imkoniyati cheklangan mehmonlarning maxsus ehtiyojlarini qondirish uchun mo‘ljallangan vositalar;
yuk saqlash xonasi (baggage room) - mehmonlarning yukini saqlash uchun mo‘ljallangan alohida xona;
MEHMONLAR UCHUN QULAYLIKLAR (FACILITIES FOR GUESTS):
Madaniyat va dam olish (Culture and leisure) :
televizorli xona (TV room) - mehmonlar televizion dasturlar yoki videofilm-lar ko‘rishi uchun mo‘ljallangan umumiy xona yoki joy;
o‘qish xonasi, qiroatxona (reading room) - mehmonlar o‘qishi uchun maxsus mo‘ljallangan alohida ajratilgan xona yoki joy;
dam olish xonasi (lounge) - mehmonlar dam olishi uchun jihozlangan umumiy xona yoki joy;
kutubxona (library) - mehmonlar ma’lumot olishi uchun yoki vaqtinchalik foydalanishi uchun taqdim qilinadigan kitoblar va/yoki boshqa axborot vositalari mavjud umumiy xona yoki joy;

Yüklə 29,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin