4 mavzu. Mehnat bozorida mehnat resurslariga bo‘lgan talab va taklif



Yüklə 312,89 Kb.
səhifə2/5
tarix13.12.2023
ölçüsü312,89 Kb.
#176580
1   2   3   4   5
4 мавзу

4.1-rasm. Iqtisodiyotda mehnatga bo’lgan talabning tarkibi
Davlat sektorining mehnat resurslariga talabi ikki asosiy guruhni qamrab oladi:
- moddiy ishlab chiqarish sohasida mehnat resurslariga talab;
- nomoddiy soha (ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, davlat xizmati va boshqalar)da mehnat resurslariga talab (4.2-rasm).
Agar davlatning moddiy ishlab chiqarishda mehnat resurslariga talabi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, davlat korxonalari foyda olishini ko‘paytirish maqsadlarini ko‘zlasa, nomoddiy sohada mehnat resurslaridan jamiyatning ijtimoiy ehtiyojlarini imkon qadar sifatliroq v a to‘laroq qondirilishi talab qilinadi.
Mamlakat iqtisodiyoti doirasida mehnat resurslariga bo`lgan jamlanma talab iqtisodiyotning xususiy va davlat sektorlaridagi mehnat resurslariga talabning yig‘indisi sanaladi. Iqtisodiyotning mehnat resurslariga talabini aniqlash davlat iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, mehnat bozoridagi mehnatning taklifini ham hisobga olgan holda, iqtisodiy faol aholini ish bilan ta’minlash, ishsizlikni tartibga solish uchun muhimdir. Bunda mehnat resurslariga talab davlatning mehnat bozorini, ish bilan bandlik va ishsizlikni tartibga solishning asosiy vositasi sifatida namoyon bo’ladi.
Mehnat resurslariga talabning hajmi, tarkibi va dinamikasini shakllantirishning makro va mikro omillari mavjud. Ushbu makroomillarga quyidagilar kiradi:
- iqtisodiy o‘sish;
- moddiy ne’matlarni kengaytirilgan takror hosil qilish;
- ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmini muttasil ko'paytirib borish;
- ishlab chiqarishga kapital qo‘yilmalarni ko‘paytirish;
- mehnatga talabni kengaytirish;
- qat’iy pul-kredit siyosatini o‘tkazish;
- ishlab chiqarishda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va boshqalar.

4.2-rasm. Mehnat bozorida mehnat resurslariga talab
Mehnat resurslariga talabning mikroomillari quyidagilarni qamrab olgan:
- korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga talab;
- foyda olish;
- korxonaning raqobatbardoshligi va boshqalar.
Rivojlangan davlatlarning tajribasi bozor iqtisodiy tizimida makro va mikrodarajalarda mehnat resurslariga talabni chegaralaydigan omillar mavjudligidan dalolat beradi. Ularga ilmiy - texnikaviy taraqqiyot, ijtimoiy mehnat unumdorligining ortishi, ichki tarmoq va tarmoqlararo raqobat, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning narxi kiradi.
Mehnat resurslariga talabning tarkibi juda murakkab. Chunki ijtimoiy ishlab chiqarishda mehnat faoliyatining turlari nihoyatda ko‘p, ayni paytda ishlab chiqarish muttasil modernizatsiya qilib turilishi mehnat resurslariga talabni ham o‘zgartiradi. Umuman olganda, yollanadigan mehnat resurslarining kasb-malaka turlaridan kelib chiqqan holda, mehnat resurslariga talabni quyidagicha guruhlash mumkin:
- yuqori malakali mehnat resurslariga talab;
- o‘rta malakali mehnat resurslariga talab;
- past malakali mehnat resurslariga talab;
- malakasiz mehnat resurslariga talab.
Korxonalar uchun shunchaki mehnat resurslarigina emas, balki bu yerdagi texnologiya jarayoni talablariga mos tushadigan aniq kasb va malakaga ega bo’lgan xodimlar talab qilinadi.
Korxonalar mehnat resurslariga ehtiyojlarini qondirish orqali imkon qadar ko‘proq foyda olish maqsadini ko‘zlaydi. Korxona foydasi eng ko‘p miqdorining sharti eng ko‘p daromadning (MR) eng ko‘p ishlab chiqarish xarajatlariga (MS) tengligidir. MR = MS.
Korxonaning qo‘shimcha (eng ko‘p) xodim yollashi natijasida oladigan eng ko‘p daromadi ushbu xodim tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan tushgan mablag‘ hisoblanadi. U ishlab chiqarilgan mahsulot narxi (R)ning mehnatning eng ko‘p mahsuli (MRL)ga ko‘paytirilishi orqali aniqlanadi. Bunda eng ko‘p xarajat xodimning nominal ish haqi (pul)dir. Bundan korxonaning eng ko‘p foyda olishi quyidagi tenglikka bog‘liqligi aniqlanadi: R * MPL= W.
Shunday qilib, mehnat resurslariga talab eng ko‘p mehnat mahsulotining funksiyasi hisoblanadi: LD = LD (MPL).
Bundan imkon qadar ko‘p foyda olishning sharti: R x MPL = W dan M PL= W/R hosil bo’lishidir. Chunki: LD = LD (MPL). Natijada, quyidagi tenglik hosil bo’ladi: LD = LD (W/P). Yuqoridagilardan mehnat resurslariga talab xodim real ish haqining funksiyasi ekanligi haqida xulosa chiqarish mumkin. Ish haqi qancha yuqori bo’lsa, mehnat resurslariga talab shuncha kam bo’ladi.
Chunki ish haqi oshirlganida, ish beruvchi yollayotgan xodimlari sonini kamaytirishga majbur bo’ladi (mehnat resurslariga talab kamayadi). Ish haqi kamaysa, aksincha, ish beruvchi qo‘shimcha xodimlarni yollay oladi (mehnat resurslariga talab ortadi). Ish haqi darajasi bilan mehnat resurslariga talab o‘rtasidagi bog‘liqlik 4.3-rasmda keltirilgan. Ya’ni ish haqining miqdori (W) va mehnat resurslariga talab (L) o‘zaro bog‘liqdir. DL egri chiziqdagi har bir nuqta ish haqining muayyan darajasi mehnat resurslariga talab qanday bo’lishidan dalolat beradi. Egri chiziqning pastga yo‘nalishi ish haqi past bo’lganida mehnat resurslariga talabning ortishi, aksincha, ish haqi darajasi yuqori bo’lganida mehnat resurslariga talabning kamayishini aks ettiradi.
Yuqorida bayon etilganlardan mehnat bozorida mehnat resurslariga talabning quyidagi omillarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. Ish haqi. Boshqa omillar tengligida mehnat resurslari xizmatiga talab va uning narxi bir-biriga teskaridir.
2. Pirovard mahsulotga talab. Korxona pirovard mahsulotiga talab qanchalar ko‘p bo’lsa, mehnat resurslariga talab shunchalar ortadi.
3. Ishlab chiqarish omillarining о‘zaro bir-birining о‘rnini bosishi. Agar mehnat resurslarining qiymati yuqori bo’lsa, u ishlab chiqarishning boshqa omillari bilan almashtiriladi.
4. Xodim malakasining darajasi. Xodim malakasining yuqoriligi uning mehnat unumdorligi ham yuqori bo`lishini anglatadi. Bu esa mehnat resurslari ishlab chiqarish kamroq daromad keltiradigan omillar o‘rnini bosishi mumkinligini ko‘rsatadi.
5. Mehnat resurslarining eng ко‘p daromad keltirishi. Mukammal mehnat bozorida mehnat omilidan foydalanishning eng ko‘p darajasi ishlab chiqarish xarajatlari (ya’ni ish haqi)ga tenglashmaguncha, mehnat resurslariga talab ortib boraveradi.

Yüklə 312,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin