4 mavzu. Mehnat bozorida mehnat resurslariga bo‘lgan talab va taklif


Mehnat resurslari taklifini miqdor jihatdan hisoblash tajribasi



Yüklə 312,89 Kb.
səhifə5/5
tarix13.12.2023
ölçüsü312,89 Kb.
#176580
1   2   3   4   5
4 мавзу

4.3. Mehnat resurslari taklifini miqdor jihatdan hisoblash tajribasi
O‘zbekistonda aholini ish bilan ta’minlashga va tartibga solishga nisbatan nazariy-uslubiy qarashlarni umumlashtiradigan bo`lsak, ular, asosan, keynscha qarashlardan iborat. Unga ko‘ra, bundan 23 yil oldin qabul qilingan Mehnat kodeksi orqali mehnat munosabatlarining deyarli barcha yo‘nalish va elementlari tartibga solinadi. Hozirgacha deyarli o‘zgarmasdan amal qilayotgan bu qonun hujjati, umuman olganda, mamlakatdagi ish bilan bandlik sohasidagi davlat siyosatida markaziy o‘rinni egallaydi.
Bundan boshqa yana bir hujjat «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bo’lib, mazmunan ular (Mehnat kodeksi va mazkur qonun) bir-birini istisno etmaydi, aksincha, to’ldiradi va bir xillashtiradi.
O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga ko‘ra, mehnatga oid munosabatlar subyekti - belgilangan yoshga yetgan hamda ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzgan shaxslar hisoblanadi. Mehnat kodeksining 77-moddasiga binoan, mamlakatda ishga qabul qilishga 16 yoshdan yo‘l qo‘yilishi, 15 yoshga todgan shaxslar esa ota-onasidan birining yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxsning yozma ravishda roziligi bilan ishga qabul qilinishi mumkin.
O’zbekistonda, xalqaro tasnifga muvofiq, aholi mehnatga layoqatli bo`lmaganlar (pensionerlar, nogironlar, 16 yoshgacha bolalar) hamda mehnatga layoqatli bo`lganlarga bodinadi.
Yollanib ishlashga layoqatli bo`lganlar ish bilan bandlar va iqtisodiy nofaol aholi toifalariga bo’linadi.
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq ish bilan bandlik deganda, fuqarolaming qonun hujjatlariga zid kelmaydigan, o‘z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bogiiq bodgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyati tushuniladi.
Mamlakatda quyidagi toifalardagi aholi ish bilan band aholi toifasiga kiritiladi:
- yollanib ishlayotgan va ishni haq olish evaziga todiqsiz ish vaqtida yoki uy sharoitida bajarayotganlar, haq to‘lanadigan boshqa ishga, jumladan, vaqtinchalik ishga ega bo’lganlar;
- betobligi sababli, ta’tilda bo’lgan, kasbga tayyorlashda, qayta tayyorlashda, malaka oshirishda bo`lganlar;
- haq to’lanadigan lavozimga saylangan yoki tayinlanganlar;
- o‘zini ish bilan mustaqil ta’minlayotganlar;
- tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotganlar;
- hunarmandlar, oilaviy korxonalar ishtirokchilari, dehqon xo‘jaliklari, ishlab chiqarish kooperativlari a’zolari va fermerlar;
- O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, Ichki ishlar vazirligida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati qo‘shinlarida xizmat o‘tayotganlar;
- o‘z faoliyatini nodavlat notijorat tashkilotlarda amalga oshirayotganlar, shu jumladan, diniy tashkilotlarda ishlayotgan fuqarolar.
Xalqaro tasnifga ko‘ra, O’zbekistonda ishchi kuchi iqtisodiy faol va nofaol aholi guruhlariga ajratilib hisoblanadi. Bunday taqsimlash xalqaro qiyoslashni bemalollashtirish bilan birga, ishchi kuchini mamlakat va hududlar miqyosida jahon andazalari asosida boshqarish imkonini beradi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1011-sonli qaroriga ko‘ra, mehnat resurslari, ish bilan bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini ishlab chiqish hamda ishga joylashtirishga muhtoj, mehnat bilan band bo’lmagan aholini hisoblash metodikasi tasdiqlangan.
Mazkur metodika ishga joylashtirishga muhtoj, ish bilan band bodmagan aholi sonini respublika va hududlar bo‘yicha hisoblab chiqish, aholi bandligi bo‘yicha o‘rganish va mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini ishlab chiqish tartibini belgilab beradi. U xalqaro standartlarga muvofiq shakllanadigan statistik metodologiya hisoblanib, mehnat resurslari, ish bilan bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini shakllantirish va hisoblab chiqish, hamda har bir navbatdagi kalendar yilga band aholi sonini baholash uchun qodlaniladi.
Unda qo`llanilgan quyidagi asosiy tushunchalar mazmunini bilish mutaxassislar va talabalar uchun juda muhim:
- ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bodmagan aholi (ishsizlar);
- rasmiy ravishda ro‘yxatga olingan ishsizlar;
- mehnat bilan band bodgan fuqarolar.
Metodika iqtisodiy faol aholi va iqtisodiy faol bo`lmagan aholini turkumlaydi. Unga binoan:
- iqtisodiy faol aholi - mehnat bilan band bodgan fuqarolar va ishsizlar;
- iqtisodiy faol bo`lmagan aholi - mehnat bilan band deb hisoblanmaydigan shaxslar, jumladan:
a) ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta`lim olayotgan o‘quvchilar va talabalar;
b) uy bekalari va bolalarni parvarish qilish bilan band bo’lgan ishlamayotgan ayollar;
d) ixtiyoriy ravishda mehnat bilan band bo’lmagan shaxslar;
- mehnat resurslari - mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi hamda mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi mehnat bilan band bodgan shaxslar;
- mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi – ishlamayotgan birinchi va ikkinchi guruh nogironlaridan va yoshiga ko‘ra imtiyozli shartlarda pensiya oluvchi shaxslardan tashqari, mehnatga layoqatli yoshdagi shaxslar (16 yoshdan 60 yoshgacha bodgan erkaklar va 16 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan xotin-qizlar);
- mehnat resurslari balansi - mehnat resurslari soni va tarkibi mavjudligini hamda ularni mehnat bilan band bo`lgan fuqarolar, ishsizlar va iqtisodiy faol bo’lmagan aholi bo‘yicha taqsimlanishini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimi. Yana ham aniqlashtiradigan bo’lsak, ishchi kuchi taklifini shakllantirishda quyidagilar muhim:
1) yollanma xodimlar - bular korxona rahbariyati bilan mehnat faoliyati shartlari to‘g‘risida tuzilgan yozma kontrakt (shartnoma) yoki og‘zaki bitim bo‘yicha ishlaydigan shaxslar bo’lib, ular ana shu faoliyat uchun yollanish vaqtida kelishib olingan ish haqini oladilar;
2) yakka tartibda ishlaydiganlar - mustaqil ravishda faoliyat olib boradigan, o'zlariga daromad keltirayotgan ish bilan shug‘ullanadigan, faqat qisqa muddatga yollanma xodimlardan foydalanadigan yoki foydalanmaydigan shaxslar.
3) ish beruvchilar-o‘zining hissadorlik jamiyati, xo‘jalik shirkati va shu kabilarni boshqaradigan yoki buning uchun davlat tomonidan vakil qilingan shaxslar. Ish beruvchi o‘z funksiyalarini yollanma boshqaruvchiga todiq yoki qisman topshirib qo‘yishi, korxonaning muvaffaqiyatli ishlashi uchun javobgarlikni o‘z zimmasida qoldirishi mumkin;
4) oilaviy korxonalarning haq to`lanmaydigan xodimlari - qarindoshiga tegishli oilaviy korxonada haq olmasdan ishlaydigan xodimlar;
5) ish bilan ta’minlash maqomi bo‘yicha tasniflashga to‘g‘ri kelmaydigan shaxslar - ilgari o'zlariga daromad keltiradigan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmagan kishilar. Ularga ish bilan ta’minlashning biron-bir maqomiga mos kelmaydigan shaxslar ham kiritiladi.
O’zbekistonda iqtisodiy faol va iqtisodiy faol bo`lmagan aholi yuqorida eslatilgan metodikaga muvofiq hisoblanadi.
Ishga joylashtirishga muhtoj, ish bilan band bo’lmagan shaxslar (ishsizlar) soni mehnat resurslari sonidan mehnat bilan bandlar sonini va iqtisodiy faol bo’lmaganlar sonini chiqarib tashlagan holda, quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: U = LR - E - ЕIР,
bu yerda: U - ishga joylashtirishga muhtoj, mehnat bilan band boim agan shaxslar
(ishsizlar); LR - mehnat resurslari; E - mehnat bilan band boigan fuqarolar; EIP - iqtisodiy faol bo’lmagan aholi.
Mehnat resurslari soni mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni va mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi ishlovchilar soni yigindisi sifatida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: LR = WAPM - WTP,
bu yerda: LR - mehnat resurslari; WAPM - mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi; WTP - ishlayotgan o‘smirlar va pensionerlar.
WAPM soni mehnatga layoqatli yoshdagi aholi (16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar va 16 yoshdan 55 yoshgacha boigan xotin-qizlar) sonidan mehnatga layoqatli yoshdagi I va II guruh nogironlari, shuningdek, imtiyozli shartlarda pensiya olayotgan mehnatga layoqatli yoshdagi shaxslar sonini chiqarib tashlash y o ii bilan aniqlanadi: WAPM = Mp(16 - 59) + Wp(16 - 54) - Ip - PP,
bu yerda: Mp(16-59) - 16 yoshdan 60 yoshgacha boigan erkaklar; Wp(16-54) - 16 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan xotin-qizlar; Ip - mehnatga layoqatli yoshdagi I va II guruh nogironlari; PP - imtiyozli shartlarda pensiya olayotgan mehnatga layoqatli yoshdagi pensionerlar.
Mehnat bilan bandlar soni quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi: E = EOs + Els + LM,
bu yerda: Eos - iqtisodiyotning rasmiy sektorida mehnat bilan bandlar; Els - iqtisodiyotning norasmiy sektorida mehnat bilan bandlar; LM – migrant mehnatkashlar - chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet ellardagi O’zbekiston Respublikasi vakolatxonalarida ishlovchilardan tashqari.
Iqtisodiyotning rasmiy sektorida mehnat bilan band bo`lganlar soni davlat statistika hisoboti, davlat ijtimoiy sug‘urta badali to`lovchilarning davlat soliq hisobi hamda O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi.
Iqtisodiyotning rasmiy sektorida mehnat bilan band bo’lganlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
- davlat ijtimoiy sug‘urta badali toiovi bo‘yicha korxona, muassasa va tashkilotlarning soliq hisobotlarida qayd etilgan shaxslar;
- harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlari xodimlari hamda qonunchilikka muvofiq davlat ijtimoiy sug‘urta badali toiovidan ozod etilgan tashkilotlar xodimlari;
- yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo‘jaligi a’zolari, qoramol o‘stirish bilan band bo’lgan va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bilan band bo’lganlar hamda davlat ijtimoiy sug‘urta badali to’lovini majburiy yoki ixtiyoriy ravishda amalga oshirayotgan shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan band bo’lganlar.
Iqtisodiyotning norasmiy sektorida mehnat bilan band bo’lganlar jumlasiga soliq organlarida hisobda turmagan quyidagi shaxslar kiradi:
- davlat ijtimoiy sug‘urta badalini to‘lamasdan, aslida dehqon xo‘jaliklarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan dehqon xo‘jaliklari a’zolari;
- uyda pulli xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmagan tadbirkorlarda (enagalar, uy xizmatchilari, uy oshpazlari, avtomobil haydovchilari, qorovullar va boshqalar) yollanib ishlash bilan mustaqil band bo;lgan shaxslar;
- tadbirkorlarga yollanib ishlovchi shaxslar, shu jumladan, ularning oila a’zolari hamda davlat ijtimoiy sug‘urta badali toiovisiz va mehnat munosabatlari rasmiylashtirilmagan jismoniy shaxslar (quruvchilar, yuk tashuvchilar, farroshlar, ishchilar va boshqalar).
Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan bandlik mezonlariga quyidagilar kiradi:
- haftasiga kamida ikki soat iqtisodiyotning norasmiy sektorida haq to ianadigan har qanday ish faoliyati turi bilan bandlik;
- ish bilan bandlik muntazamligi - iqtisodiyotning norasmiy sektoridagi ish bilan bandlikdan tushgan har haftalik daromadning mavjudligi;
- 10 sotix yer maydonida shaxsiy yordamchi xo‘jaligini yuritish uchun foydalaniladigan uy xo‘jaligi boshqaruvidagi yer maydonining mavjudligi.
Iqtisodiyotning norasmiy sektorida mehnat bilan band bo’lganlar soni bir yilda to‘rt marotaba mehnat organlari tomonidan o‘tkaziladigan bandlik masalalari bo‘yicha tanlab o‘rganishlar (keyingi o‘rinlarda o‘rganish deb ataladi) asosida aniqlanadi.
O‘rganish ma’lumotlari asosida iqtisodiyotning norasmiy sektorida mehnat bilan band aholi sonini aniqlash uchun:
a) iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning tegishli turlari bilan shug‘ullanuvchi shaxslar sonining mehnatga layoqatli yoshdagi so‘rab chiqilganlarning umumiy sonidagi salmog‘i quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: RDIi = NIi : N1 100,
bu yerda: RDIi - iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning tegishli turi bilan shug‘ullanuvchi so‘rab chiqilganlar salmog‘i; NIi - iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning tegishli turi bilan shug‘ullanuvchi so‘rab chiqilganlar soni;
N1 - mehnatga layoqatli yoshdagi so‘ralganlar soni, hammasi;
b) olingan salmoq ko'rsatkichi bo‘yicha iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning tegishli turi bilan shug‘ullanuvchi aholi sonining hisobi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: Elsi = WAP RDIi : 100,
bu yerda: Elsi - iqtisodiyotning norasmiy sektorida iqtisodiy faoliyatning tegishli turi bilan shug‘ullanuvchilar soni; WAP - mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi soni.
d) iqtisodiyotning norasmiy sektorida mehnat bilan bandlaming umumiy sonini aniqlash uchun iqtisodiy faoliyatning har bir turi bo‘yicha iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan bandlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamlanadi: Els = S li Elsi, 1,
bu yerda: Els - iqtisodiyotning norasmiy sektorida mehnat bilan bandlar soni, hammasi.
Mehnat resurslarini hisoblab chiqishda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga ketgan shaxslar soni alohida hisobga olinadi. Ulaming soni alohida tizim bo‘yicha, quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi integratsiyalashgan axborotlar moduli asosida aniqlanadi:
- chet elga ketganlaming soni va maqsadi to‘g‘risida bojxona deklaratsiyasining
takomillashtirilgan shakli asosidagi har choraklik statistika hisoboti ma’lumotlari;
- aholi hisobini yuritish bo‘yicha ichki ishlar organlari ma’lumotlari;
- mehnat faoliyatini chet elda amalga oshirish uchun fuqarolarga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan berilgan ruxsatnomalar ma’lumotlari;
- chet eldagi konsullik muassasalaridan olingan ma’lumotlar;
- uy xo‘jaliklarini mehnat bilan bandlik masalalari bo‘yicha o‘rganishlar.
Iqtisodiy faol aholi soni quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: EP = U + E,
bu yerda: EP - iqtisodiy faol aholi.
Iqtisodiy faol bo’lmagan aholi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: ЕГР = PS + IW + VUP,
bu yerda: EIP - iqtisodiy faol bo’lmagan aholi; PS - ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiyotgan o‘quvchilar va talabalar; IW - bolalarni parvarish qilayotgan ishlamaydigan ayollar; YUP - uy bekalari va mustaqil ravishda ish bilan band bo’lmagan shaxslar, shuningdek, ko‘char va ko‘chmas mulkdan daromad oladigan ishlamaydigan shaxslar.
Axborot manbalari:
PS - statistika organlarining ma’lumotlari;
IW - statistika organlarining hisoblangan ma’lumotlari;
VUP - mehnat organlari tomonidan mehnat bilan bandlik masalalari bo‘yicha o‘rganishlar ma’lumotlari.
Mustaqil ravishda ish qidirayotganlar soni ishga joylashtirishga ehtiyoj sezadigan aholining hisoblangan sonidan hisobot davri oxiridagi holati bo‘yicha tuman va shaharlar Bandlikka ko‘maklashish markazlarida rasman ishsizlar sifatida ro‘yxatdan o'tkazilgan shaxslar sonini chiqarib tashlash yo‘li bilan quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:US = U - U O ,
bu yerda: US - ish bilan band bo’lmaganlar, mustaqil ravishda ish qidirayotganlar; U - ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bodmagan aholi (ishsizlar); UO - ishga joylashtirishga muhtoj bo’lganlarni aniqlash paytida rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgan ishsizlar.
Aholining ish bilan bandligini o‘rganishtanlab olingan uy xo‘jaliklari a’zolaridan so‘rovnoma o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Shu bilan bir qatorda, mehnat bozorida mehnat resurslari taklifini miqdor jihatdan hisoblash tajribasi ko‘p yildan beri o‘zgarmagan holda aynan shu metodika asosida hisoblanmoqda. Mazkur metodikani takomillashtirish bugungi kunning dolzarb talablaridan biri hisoblanadi.


Yüklə 312,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin