4-mavzu: miologiya reja



Yüklə 51,62 Kb.
səhifə3/4
tarix05.12.2023
ölçüsü51,62 Kb.
#172703
1   2   3   4
4-Ma\'ruza

Trofik apparata elementlari. Muskul to‘kimasining trofik apparatlar katoriga sarkolemma, tsitoplazma organoidlari, yadro va yadrocha, mitoxondriy-lar kiradi. Oqsil va oqsil bo‘lmagan ayrim moddalar ham trofik apparatga kiritilgan.
Muskul tolasining tsitoplazmasida juda ko‘plab sarkosomalar uchraydi. Ular morfologik tuzilishi va fiziologik vazifasiga ko‘ra xujayra mitoxondriylariga o‘xshab ketadi. Sarkosoma ham mitoxondriylarga o‘xshab kislorod ko‘p sarflanadigan xujayra va to‘kimalarda uchraydi. Demak sarkosomalar muskul tolachalarida oksidlanish va ko‘plab energiya hosil kilish jarayonlarida faol ishtirok etadi. Sarkosomalar tarkibida suksinatoksidaza va bosh­ka oksidlanish-kaytarilish fermentlari ko‘p. Mitoxondriylar odatda yadro atrofida va plazmolemmaning kapillyar tomirlari tegib to‘rgan joylarida ko‘plab uchraydi. Ma’lum bo‘lishicha, kizil mus­kullarda suksinatdegidrogenaza va ishkoriy fosfataza yukori faollikka, fosforilaza esa quyi faollikka ega bo‘ladi. Oq muskul­larda esa aksincha, fosforilaza yuqori hamda suksinatdegidroge­naza bilan fosfataza esa tuban faollikka ega bo‘ladi va h.k.
Tolacha geoloplazmasida (membrana va vakuola komponentlarisiz tsitoplazma) muskuliing fiziologik vazifasini bajarishda faol ishtirok etuvchi mioglobin ko‘p bo‘ladi. Mioglobinning aso­siy vazifasi-kislorodni biriktirib, to‘qimada uniig zaxirasini hosil qilishdan iboratdir. To‘qimada mioglobin kanchalik ko‘p bo‘lsa, kislorod ham shunchalik ko‘p to‘planadi. Masalan, xayotning ko‘p qismni suvda o‘tkazadigan tyulenning muskul to‘qimasida 47% kislorod mioglobinga birikkan holda uchrasa, 3,8% qonida gemoglobinga birikkan holda uchraydi.
Muskul tolachasining navbatdagi trofik elementlariga capkoplazmatik to‘rni kiritish mumkin. Ular tsitonlazmada kuchli tarakqiy etgan. Ayniqsa doimo harakatda bo‘lib turadigan muskullarda (kekirdaq, kurshapalak muskullarida) nihoyatda yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Aksincha, kam harakat kiladigan muskullarda aytarli rivojlanmagan.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, har xil xayvonlarda bir xil nomli muskullarning faolligi har xil bo‘lishi mumkin. Masa­lan, tovukning ko‘krak muskuli sust harakat qiladi, ya’ni oq mus­kul guruhiga kiritiladi, tez uchadigan kaldirg‘ochning ko‘krak mus­kuli esa faol harakatda bo‘lgani uchun qizil muskul katoriga kiritiladi, bu muskul mioglobinga ham boy. Ba’zi vaqtlarda kizil muskul tarkibida oq muskul tolalari ham uchraydi.
Nerv apparata elementlari. Ma’lumki, muskullar o‘z-o‘zidan qisqar-maydi, kayerda kanday to‘rgan bo‘lsa, shunday to‘raveradi. Uni harakatga keltirish, ya’ni kisqartirish-yoziltirish uchun na sovuq na issiq na zarb, na kaltak ta’sir qila oladi. Bir so‘z bi­lan aytganda hech qanday omil uni o‘zgartira olmaydi. Ularning kiskarib harakatga kelishi uchun muskul tolalariga birikkan maxsus harakatlantiruvchi-effektor nerv oxirlari-motor pilakchalari impuls berishi kerak. Mana shunday motor pilakchalari qoidaga ko‘ra birlashib, harakat nerv tolasini hosil qiladi. Birgina nerv tolasi bir emas, bir necha yuz ming muskul tolalarini boshkarib turadi. Masalan, odam boldir muskulining medial boshchasida joylashgan bigta neyron 1634 ta muskul tolasini, bol­dirning old tomonidagi muskullarning esa 667 ta tolasini innervatsiya kilib turadi.
Bundan tashkari, muskul to‘qimalarida afforent (sezuvchi) nerv apparati bo‘lib, u ham nerv-muskul urchuklaridan iborat bo‘ladi. Muskullarning pay qismida muskul pay urchuklari, sezuvchi kadahsimon va daraxtsimon afferent nerv uchlari joylashgan. Ana shular innervatsiyasi oqibati o‘laroq, muskul tolalari yoki muskul­lar u yoki bu tarzda qisqaradi, yoziladi, cho‘ziladi yoki bo‘shashadi va h.k. Bir so‘z bilan aytganda, nerv faoliyati tufayligina mus­kullar harakatlanib turadi. Nerv to‘qima biror tarzda shikastlanib faoliyatdan to‘xtasa, shu nervni idora etuvchi (innervatsiya kiluvchi) muskul-to‘qima shu zaxotiyoq harakatdan to‘xtaydi. Natijada muskullar falaji-shol kasalligi kelib chiqadi.
Yurakning muskul to‘qimasi
Yurak muskuli bajaradigan vazifasi va mikroskopik tuzili­shi jixdtidan yuqorida aytib o‘tilgan muskullarga o‘xshab ketadi. Yurak muskuli (silliq muskullarga o‘xshash) ritmik ravishda qiskarib charchamasdan ishlash xususiyatga ega. Muskul xujayralari­ning tarkibi ham shunga moslashgan. Innervatsiyasi ham odam yoki xayvon ixtiyoriga borliq emas. Uning faoliyati markaziy nerv ti­zimi orqali muttasil boshkarib to‘riladi. Mikroskopik tuzili­shi ko‘ndalang-targ‘il muskullarnikiga o‘xshaydi. Masalan, uning miofibrillalarida anizatrop va izotrop disklar va ularning o‘rtasida telofragma va mezofragmalar ham bor.
Elektron mikroskoplar yordamida olib borilgan tadkikotlar shuni ko‘rsatadiki, yurak muskuli o‘ziga xos nozik mikroskopik tuzilish bilan boshka muskullardan qisman farq kilar ekan. Ma­salan, yurak muskuli tolalar emas, balki zanjirsimon shaklda bir-biriga birikib ketgan uzun muskul xujayralaridan tarkib top­gan. Binobarin, uzunchoq shakldagi muskul xujayrasi tsitoplazmasining o‘rtasida yadro joylashgan bo‘lib, miofibrilla-lari tsitoplazmasining periferiya qismda yotadi. Miofibrillalarda, xuddi skelet muskullari tolalaridagideq qora va oq disklar mavjud. Miofibril-lalari ingichka (aktin) va yo‘g‘on (miozin) protofibrillalardan tashkil topgan. Ular, xuddi skelet muskulidagiga o‘xshab, sarkolemma ichida geksagonal shaklda joylashadi. Miofibrilla­lar oralarida mitoxondriylar (sarkosomalar) nisbatan ko‘p uchraydi. E’tiborli tomopi shundaki, mitoxondriylarining kriptalari ko‘p. Bundan ma’lum bo‘ladiki, yurak muskul to‘qmasida oksidlanish-kaytarilish jarayoplari nihoyatda tez boradi, natijada jadal rivishda ATF (adinozintrifosfat) ishlab chikariladi.
Chuqur tekshirishlardan ma’lum bo‘lishicha, har bir muskul xujay­rasining chegarasi bu-ko‘shimcha to‘siq bo‘lib, bu to‘siq ularni bir-biridan ajratib to‘rishdek vazifani bajaradi. Binobarin, har bir xujayra atrofi shunday to‘siklar bilan ajralib turadi. Bu tusiq koidaga ko‘ra, ikki xujayra plazmolemmalarining tutashishidan hosil bo‘ladi. Plazmolemmalar orasida juda kichkina bo‘shliq ham bor. Plazmolemmalar bir-biri bilan barmoqsimon o‘simtalar yor­damida birikib turadi. Sarkoplazma ichida o‘ziga xos strukturalar ham mavjud bo‘lib, ular xujayralarning kiskarishida faol ishti­rok etadi. Ularga ham sarkoplazmatik to‘r deyiladi. Nozik tuzilishiga ko‘ra, bu to‘r ham xuddi skelet muskulato‘rasining membrana apparatiga o‘xshab ketadi. Sarkoplazmatik to‘r o‘ziga mustakil ikki xil strukturadan tashkil topgan. Ulardan birinchisi, miofibril­lalar bo‘ylab uzunasiga joylashgan paychalar bo‘lib, ular boshka xujayralarda endoplazmatik to‘r vazifasini bajaradi. Ikkinchisi, esa muskul tolasida, unga ko‘ndalang joylashgan "T" tizim struk- gurasini tashkil etadi. Bu struktura ta’sirotning tashkaridan mus­kul ichkarisiga uzatilishini ta’minlaydi.
Yurakning ritmik ravishda kisqarib to‘rishi unda kechadigan fiziologik regeneratsiyani ham bir yo‘la ta’minlab turadi. Rege­neratsiya jarayonida o‘z vazifasini o‘tab bo‘lgan xujayralar yangilari bilan almashinib turadi. Yurak muskul xujayralari ham odat­da bo‘linish xususiyatiga ega bo‘ladi.
A.A.Zavarzin fikriga tayanadigan bo‘lsak yurakning muskul to‘qimasi ontogenezda splanxnotom vitseral varag‘ining aloxida epiteliy qismlaridan paydo bo‘ladi. Mo‘rtak miokardining sodda xujayra tolalari tizimini shakllantiruvchi xujayralarning ta­bakalanishi va ishga tushishi ontogenezining dastlabki boskichidayoq amalga oshadi.
Zararlanish orkasida shikastlangan miokard miotsitlari oddatda o‘ladi. Miokard reparatsiyasiga ega uch xil mexanizm orqali ruyobga oshadi:
1.Miotsitlar shikastlangan yerda zich chandikli biriktiruvchi to‘qima hosil bo‘ladi;
2.Shikastlanmagan va demak o‘lmay qolgan miotsitlar gipertrofiyalanadi;
3. Ixtisoslashgan miotsitlar kisman tabakalanadi va bir martadan mitotik yo‘l bilan bo‘linadi, bu xodisa fakat zararlangan soxa bilan cheklanmay, yurak muskullarining boshka qismlarida ham yuz beradi. Bunga misol-kalamushning yurak qorinchasida infarkt yuzaga keltirilganda, yurak bulmachasidagi miotsitlar ko‘plab mitotik bo‘linish siklini boshdan kechiradi. Vaholanki, bo‘lmacha shikastlangan qorinchadan ancha uzokda to‘rsa ham.
4.Ma’lum bo‘ladiki, odam va xayvonlarning yuragida miokard infarkti yuz berganda, ulgan muskul to‘qima urni mana shu mexanizmlar orqali yangidan tiklanadi.
Silliq muskul
Odam va umurtkdli xayvonlarda silliq muskul to‘qimasi asosan ichki a’zolarda joylashib ularning harakatini ta’minlab turadi. Ichki a’zolarga masalan, ovkat xazm kilish va nafas olish tizimi, ajratish a’zolari hamda qon tomirlar va limfatik tomirlarning harakatini ta’minlab beruvchi muskullar ana shu sillik muskullar guruxiga kiradi. Qorin oyokli mollyuskalardan tashkari barcha umurtkasiz hayvonlarning muskulaturasi sillik muskullardan tashkil topgan. Silliq muskullar odatda sekin ritmik qiskarib, charchash xususiyatiga ega emas. Tuzilishiga ko‘ra ularning asosiy qismi duksimon shaklda. Xujayralarning uzunligi 20-100 mkm, diametri 10-20 mkm.ga teng, Ayrim fiziologik xolatlarda, masalan xomiladorlikda, bachadon sillik muskul xujayrasi 500 mkm.gacha cho‘zilib, bola tug‘ilgandan so‘ng esa o‘z holiga kaytadi. Xujayra markazida bitta yadrosi bor. Ayrim a’zolar, masalan bachadon, muskulaturasining silliq muskul xujayralari yulduzsimon shaklga ega bo‘lib, har bir xujayra ustki tomonidan miolemma qobig‘i bilan koplangan. Uning ustiga bazal membrana yopiщib turadi. Unda tashkaridan xujayralar orasida uchraydigan kollagen va retikula tolachalari tutashadi. Xujayra membranasini ustki tomondan biriktiruvchi to‘kimadan iborat parda o‘rab turadi. Papda asosan xujayralar uchun tayanch vazifasini bajaradi.
Sillik muskul xujayrasi elektron mikroskop yordamida ko‘zdan kechirilganda xujayraning ustki qismda pinotsitoz pufakchalariga o‘xshagan ko‘p sonli plazmolemma burgikdari kdyd etiladi. Ma’lum bo‘lishicha, ana shu plazmolemma burtiklari orqali xujayra ichiga har xil moddalar kirib, ular xujayralarning kiskarishi va harakatini ta’minlashda ishtirok etadi, mioflament yoki protofibrillalar tashkil etadi. Ular tsitoplazmada bir-biriga nisbatan mustakdl va parallel joylashgan bo‘lib, har bir tola aloxdda va mustakil harakat kilishga moslashgan. Xozirgi vaqtda xujayra tarkibida uch xil protofibril (miofilament) tolachalari borligi anikdangan aktin tolachalari, miozin tolachalar va oraliq tolachalar. Asosan aktin va miozin tolachalar qisqarib, bo‘shashib xujayralar harakatini ta’minlaydi. Oraliq protofibrillalar esa tutamcha hilida joylashgan bo‘lib, o‘zidan chikqan o‘simtalari yordamida bir-biri bilan birikib miotsipurini hosil qiladi va qisqargan muskul tolachalarini dastlabki hiliga kaytaradi. Ular tolachalarni xaddan tashkari ortiqcha qisqarishdan ham sakdab turadi. Shuningdek silliq muskul xujayralarining atrofida kollagen va elastik tolachalardan tarkib topgan to‘rsimon kobig‘i bo‘lib, u ham tayanch vazifasini o‘taydi.
Silliq muskul xujayralari tarkibida ularning uziga xos kiskarishni ta’minlab beruvchi uch xil oqsil modldlar - aktin, mi­ozin va protomiozin topilgan. Ular muskullarni qisqarish jara­yonida energiya bilan ta’minlab turadi. Shu sababli ham silliq muskul xujayralari tarkibida bu uchala oqsil ham doim mavjud.
Silliq muskullarni qon bilan ta’minlaydigan tomirlar tizimiga biriktiruvchi to‘qima tarkibidagi yirik muskul xujayralarining bog‘lamchalari oralig‘ida, uchraydigan, nisbatan mayda va bevosita xujayralar orasida joylashgan kapillyarlar to‘rini tashkil etuvchi tomirlar kiradi.
Organizm karigan sari uning a’zolaridagideq silliq muskullarida ham o‘zgarishlar sodir bo‘la boshlaydi. Masalan, mus­kul xujayralari yupqalasha boradi va shunga bog‘liq holda borgan sari ichki a’zolarning muskul kavatlari ham yupkalashadi. Nati­jada uning cho‘ziluvchanlik xususiyati chegaralanadi, binobarin, atrofidagi kollagen va elastik tolachalarning cho‘ziluvchanligi va egiluvchanligi ham kamayadi.
Silliq muskul xujayralarining dastlabki tarakqiyoti ham em­brion mezenxima xujayralarining mioblastlarga aylanishidan boshlanadi. Embrionning taraqqiyoti davrida, mezenximaning sil­liq muskullar hosil bo‘ladigan qismidagi xujayralari shiddat bilan bo‘lina boshlaydi. Buning natijasida hosil bo‘lgan xujayralar bir-biridan uzoklashib ketmay, duksimon shaklga kiradi.
Shu bilan bir vaktda xujayra tsitoplazmasida ham tabakqadlanish jarayoni kechib, protofibrinlar hosil bo‘la boshlaydi. Ulardan esa birlamchi muskul xujayralari-mioblastlar vujudga kela­di. Keyinroq borib protofibrinlar ko‘payib tsitoplazmani to‘ldiradi va mioblastlar silliq muskul xujayralariga aylanadi.
Embrion tarakqiyotining to‘qqizinchi xaftalarida, ayrim ichki a’zolar silliq muskul kavatlarining muskul to‘qimalari yetarli darajada tabakalanib bo‘linadi. Shu bilan bir vaqtda muskul xujayralari va boylamchalarining oralarida qon tomirlar va nerv tolalarini hosil qiluvchi biriktiruvchi to‘qimalar rivojlanadi.
Silliq muskul to‘qimalar ham boshqa to‘qimalarga o‘xshab, fi­ziologik va reparativ regeneratsiyalanish xususiyatiga ega. O’z vazifasini o‘tab bo‘lgan yoki atrofiyaga uchragan muskul xujayralari o‘rnida qayta tiklanish boshlanadi va kerakli joylarni to‘ldi­rib turadi. Ba’zan muskul xujayralari kam tabakdlangan bi­riktiruvchi to‘qima xujayralaridan ham hosil bo‘lishi mumkin.
Silliq muskul xujayralarida sharoitga fiziologik moslanish xossasi juda yaxshi tarakdiy etgan. Masalan, xomiladorlik davrida bachadonning silliq muskul xujayralari o‘zidan o‘n mar­ta ortiq cho‘zilib, yana o‘z holiga kayta oladi. Xujayralar cho‘zilgan vaqtda, ularni to‘rsimon shaklda o‘rab to‘rgan tolachalar ham birga cho‘zilib xujayra strukturasini buziliщdan saklaydi. Shuni aytib o‘tish kerakki, kayta tiklanish jarayonida silliq muskul hujayralari bilan birga biriktiruvchi to‘qima xujayralari ham kayta tiklanishga uchraydi. Ayrim hillarda ular bir-biriga o‘xshab ketishi ham mumkin. Masalan, silliq muskul to‘qimalarida hosil bo‘lgan o‘sma-mioma, biriktiruvchi to‘qima o‘smasi fibromaga aylanib ketishi mumkin,
Muskullarning shakli va vazifasi
Odam gavdasida 600 dan ortiq har xil muskullar bo‘lib, ular gavda vaznining taxminan beshdan ikki qismini tashkil etadi Fiziologik funksiyasi va joylashgan joyiga qarab, ular turli shaklga ega bo‘ldi. Ularning qiskarishi natijasida organizmda turli harakatlar amalga oshadi.
Muskullar kattaligiga kura uch xilga bo‘linadi: uzun, kisqa va kalta muskullar. Uzun yoki duksimon muskulning o‘rta qismi, asosan muskul tolalaridan tashkil topib yo‘g‘onlashgan bo‘ladi, ikki uchi esa ingichkalanib payga aylanib suyaklarga birikadi. Muskulning yo‘g‘onlashgan urga qism muskul korinchasi deyilsa, muskulning praksimal (tanaga yakin) tomonidagi pay qism boshchasi, distal markazdan uzoq tomonidagisi esa dum qism deyiladi. Duksimon mus­kullar ko‘proq qo‘l va oyoklarda uchraydi. Bu muskullarda muskul to­lalari bir-biriga nisbatan parallel holda zich joylashadi.
Qisqa muskullarga mayda va kalta muskullar kiradi. Bular ham pay kismlari, ya’ni boshlanadigan va birikadigan kismlariga ega. Bunday muskullar ko‘plab umurtka pog‘onasi atrofida uchraydi. Keng yoki yassi muskullar tana bushliklari devorlarini hosil kilishda ishtirok etadi. Bularga misol kilib korin, ko‘krak va orkaning yuza muskullarini olishimiz mumkin. Keng muskul­larning naylari ularga keng yoki yassi bo‘lib birikadi. Bunday paylarga aponevroz deyiladi. Muskullarning vazifasi va joy­lashgan joyiga karab, har xil shakldagilari ham uchraydi. Masa­lan, to‘rtburchakli muskul, yumaloq, delta- simon, kambalasimon. Ayrim muskullar suyakning turli qismlaridan boshlanib bitta tanacha va bitga dum hosil qilib suyakka tutashadi. Bunday muskullarga ikki boshli, uch boshli va to‘rt boshli muskullar misol bo‘ladi. Ikki qorinchali muskul o‘rtasidan pay bilan bo‘lingan bo‘ladi.
Skelet muskulaturasi muskul tolalarining yo‘nalishiga karab ham farkdanadi. Muskul tolalari bir-biriga nisbatan parallel holda zich joylashishi mumkin. Bularga misol kilib duksimon muskullarni olamiz. Agar muskul tolalari payga bir to­mondan kiyshiq holda tutashsa bunday muskullarga bir patli mus­kullar deyiladi. Payga ikkila tomondan kiyshiq holda tutashsa ikki patli, hamma tomondan kiyshiq holda tutashsa ko‘p patli mus­kul deyiladi. Misol deltasimon muskul. Ayrim muskulning to­lalari aylanma, ya’ni sirkulyar hilda joylashishi ham mumkin. Masalan, og‘z va anal teshigining aylanma muskullari. Ayrim hollarda, muskul bir nechta joyidan pay ulog‘ichlari bilan bo‘lingan bo‘ladi Bularga ulog‘ichli muskullar deyiladi. Misol: korinning to‘g‘ri muskuli. Muskullar funksiyasiga karab, bukuvchi, yozuvchi, aylantiruvchi (ichkariga - pronator, tashkariga - supinator), ko‘taruvchi, yakinlash-tiruvchi, uzoqlashtiruvchi, aylantiruvchilarga bo‘linadi.
Muskullarning qisqarib gavdaning turli qismlarida har xil harakat sodir kilishda bevosita ishtirok etadigan yordamchi qismlari bo‘lib, ularga paylar, fatsiyalar va bo‘g‘inlar kiradi. Har bir muskul boshlang‘ich va tutashadigan qismlariga ega. Muskulning ikki uchi cho‘ziluvchan­ligi chegaralangan, og‘ir yuklarni ko‘tarishga chidamli va nixoyatda pishiq tuzilishiga ega paylardan tashkil topgan. Masalan, son to‘rt boshli muskulining cho‘ziluvchanlik darajasi 400 kg.ga teng. Agar paylarning cho‘ziluvchanlik xususiyatini, ularning ko‘ndalang qismga karab o‘lchaydigan bo‘lsak 1 mm2 ko‘ndalang kesimiga ega pay 7 kg.gacha yukni cho‘zilmasdan ko‘tara oladi. Paylarning bunday xususiyati ularning o‘ziga xos morfologik tuzilishiga ega ekanligi bilan bog‘liq. Paylarni tashkil kiluvchi to‘qima, nixoyatda pishiq kolla­gen tolachalar yig‘indisidan bog‘lamchalar hosil kilib tuzilgan. Bunda bir nechta kollagen tolachalar, siyrak biriktiruvchi to‘qima elementlari tomonidan aylanma holda o‘rab olingan bo‘lib, bularga birlamchi bog‘lamchalar deyiladi. Tolachalar oralarida asosan fib­rotsit va kamroq fibroblast hujayralar uchraydi. Bir nechta bir­lamchi bog‘lamchalar to‘plamini atrofidan zich biriktiruvchi to‘qima o‘rab olib ikkilamchi bog‘lamchalar hosil kiladi. Shunday kilib, paylar bir nechta bog‘lam-chalar yig‘indisidan tashkil topgan bo‘lib ular ustidan pishiq va zich biriktiruvchi to‘qimadan tashkil topgan parda bilan o‘ralgan bo‘ladi. Odatda bunday tuzilish to‘qima pishikdigini ta’minlaydi.
Muskullarning yordamchi apparatlariga fatsiya, fibroz va sinovial butan tuzilmalari ham kiradi. Fatsiya shakllangan zich biriktiruvchi to‘qimadan tashkil topib, bitga yoki bir nechta mus­kullar guruhini ustki tomonidan o‘rab turadi. Masalan: bukuvchi va yozuvchi gurux muskullari yoki panja, yelka, bilaq boldir va boshkd muskullarni. Fassiya ayrim a’zolar masalan, qon tomir­lar va nerv tutamini ham ustidan qoplaydi. Fassiya muskullarni tashki tomondan maxdam o‘rab, kiskarganida muskul tolalarining tarkalib ketmasligini ta’minlaydi. Ularni xaddan tashkari qiskarishdan saklab, muskul tolalari uchun tayanch vazifasini baja­radi. Bulardan tashkari fassiyalar har xil potalogik jarayonlarning bir muskuldan ikkinchisiga o‘tishiga tuskinlik qiladi. Fassiyalarning ustki tomoni silliq bo‘lib, kiskdaish jarayonida atrofidagi muskullar bilan ishkalanadi. Silliq erkin qisqarishni ta’minlab, zararlanishining oldini oladi.
Fassiyalar, muskulning kuchi va katta kichikligiga karab, har xil kalinlikda bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda, masalan: qul oyokdarda, muskul fassiyalari muskul orasiga o‘sib kirib, suyakkacha yetib boradi va u bilan mustahkam birikadi. Natijada fassiyadan muskullararo tusiklar hosil bo‘lib, qushimcha tayanch qismlari hosil bo‘ladi. Odatda qon tomirlar na nervlar fassiyalar orasidan o‘tadi Bularga xakqiy fassiyalar deyiladi.
Teri osti fassiyasi tananing ayrim kismlarida, ya’ni teri os­tida yakin bo‘lgan joylarda, muskullarni koplab turadi. Bularga yelka va bilak teri ostidagi fassiyalari kiradi.

Yüklə 51,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin