O‘rtacha qiymat – sarflash uchun mo‘ljallangan materiallarning hamma (to‘la) qiymatini shu materialning birliklari miqdoriga taqsimlash yo‘li bilan hisoblanadi. Natijada moddiy zahiralarning o‘rtacha qiymatini topamiz, shunga muvofiq ravishda ishlab chiqarishga berilgan materiallar baholanadi va hisobot davri oxiridagi qolgan zahiralarni bahosi aniqlanadi.
Misol:
Oy oxiriga zahiralar, sh.b. – 6000 x 4,39 = 26 340 sh.b.
Haqiqatda materiallar tannarxi 43 900 sh.b.
minus: oy oxiridagi zahira 26 340 sh.b.
Ishlab chiqarishdagi materiallarning tannarxi 17 560 sh.b.
NIFO (NIFO) usuli – bu narxni almashtirish usuli bo‘yicha hisoblashga o‘xshashdir. Bu usulda materialni ishlab chiqarishga berish qiymatini olingan paytdagi qiymatga tenglashtirish uchun tuzatish kiritish zarur.
Me’yoriy qiymat usuli – bu usulda ishlab chiqarishga berilgan materiallar me’yoriy qiymat bo‘yicha baholanadi. Haqiqiy narx bilan me’yoriy qiymat o‘rtasidagi farq alohida oјish hisobida to‘planib boradi.
Topshiriq
4-1. Z Ltd kompaniyasi 2-yilning aprelida foydalaniladigan xom ashyoni bir turi bo‘yicha quyidagi operatsiyalarni amalga oshirdi:
Talab qilinadi: Aprelda foydalanilgan materiallarning qiymatini aniqlash hamda FIFO, LIFO, o‘rtacha qiymat (zahiralarni hisobga olishning uzluksiz va davriy tizimlari) dan foydalanib oy oxirida materiallarning zahiralarini baholash
4–2. «Evita»kompaniyasida 2 yil 5 oyi davomida quyidagi miqdorda xom-ashyo xarid qildi va ishlab chiqarishga berdi:
Xom-ashyoning oy boshiga dastlabki qoldiq zahirasi bo‘lmagan.
Talab qilinadi: 5 oy ichida ishlab chiqarishga berilgan xom ashyoni va davr oxirida qolgan xom-ashyo zahirasi qiymatini FIFO, LIFO, o‘rtacha qiymat usullaridan foydalanib baholang (zahiralarni hisobga olishning uzluksiz va davriy tizimlari bo‘yicha).