4 Mavzu. Moddiy xarajatlar hisobi



Yüklə 115,5 Kb.
səhifə1/4
tarix20.09.2023
ölçüsü115,5 Kb.
#145767
  1   2   3   4
4 Mavzu. Moddiy xarajatlar hisobi


Бошєарув іисоби 1

4 - Mavzu. Moddiy xarajatlar hisobi


Bu mavzu o‘rganilgandan so‘ng siz:
1. Materiallarni boshqarish jarayoni, Materiallarni xarid qilish, saqlash va ishlab chiqarishga berish.
2 Materiallarni hisobga olishning uzluksiz va davriy tizimini farqlash.
3. Ishlab chiqarishga berilgan materiallarning tannarxini aniqlash..
1. Materiallarni xarid qilish, saqlash va ishlab chiqarishga berish
Materiallar - bu ishlab chiqarish jarayonida bir marta ishtirok etadigan va bir ishlab chiqarish siklida qatnashib o‘z qiymatini yangi yaratilayotgan mahsulotga o‘tkazidigan mehnat buyumlaridir.
Bevosita (asosiy) materiallar - mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan xom ashyo. Avtomobil korpusi tayyorlanadigan po‘lat taxta bunga misol bo‘la oladi.
Bilvosita materiallar bu ishlab chiqarishda iste’mol qilinadigan zahiralar, masalan moylash materiallari, gaykalar, vintlar hamda xo‘jalik yuritishda foydalaniladigan boshqa materiallardir. Bilvosita materiallar ishlab chiqarish ustama xarajatlarining bir qismini tashkil etadi.

Materiallarni xarid qilish


Materiallarni korxonaga kelishini xarid bo‘limi nazorat qiladi, bu bo‘lim material yetkazib beruvchi tashkilotlar shartnoma majburiyatlarini bajarishini nazorat qiladi, materiallar sifati va kamomadi bo‘yicha ularga da’vo rasmiylashtiradi, yuklar korxona omboriga o‘z vaqtida yetib kelmasa, ularni qidiradi. Xarid qilish jarayoni materiallarga ehtiyoji bo‘lgan bo‘linmalarning talabnoma berishi bilan boshlanadi. Unda qanday material qancha miqdorda kerakligi ko‘rsatiladi. Tegishli shaxs talabnomani ma’qullagandan so‘ng hujjatning bir nusxasi xarid bo‘limiga yuboriladi. Xarid uchun ma’sul xizmatchi o‘zidagi mavjud axborotdan foydalanib, tegishli material yetkazib beruvchini tanlaydi, shundan so‘ng xaridga buyurtma tuzadi, unda buyurtmachi talab qilayotgan materiallarga oid axborot bo‘ladi. Xarid qilishga buyurtmaning bir nusxasi shu hujjatdagi ma’lumotlarni olingan tovarlar miqdoriga solishtirish uchun qabul qiluvchi bo‘limga yuboriladi.
Material tovarlarni qabul qilish bo‘limiga yetib kelganda, bo‘lim xodimi shu materialga tegishli xarid qilish uchun berilgan buyurtma raqami, miqdori, sifatini aniqlaydi. Material to‘јrisidagi to‘la axborot material olingani to‘јrisidagi xabarnomaga yoziladi, so‘ngra material omborga yuboriladi. Omborda yukni ko‘zdan kechirishadi, tovar yetkazib beruvchi to‘ldirgan yukka qo‘shib yuboriladigan hujjatdagi ma’lumotlarga, buyurtma nusxasiga solishtiriladi

Yüklə 115,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin