Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining qanday o‘rni bor? Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Mutafakkir olim Abu Nosir Forobiy ta’lim - tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.
Jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin egallagan insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu hatti harakatini sekin - asta ko‘nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mushohada qilishi qobiliyatni tarbiyalaydi va aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta - sekin takomillashib, komillikka erishib boradi. ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchilardan uzoq davom etadigan mas’uliyat, sharafli mehnat va qunt, irodani talab etadi. Bunda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatini e’tiborga olishi zarur.
Tarbiyaning samarali bo‘lishi nimalarga bog‘liq? Ma’naviy va insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va munosabat muhim o‘rin egallaydi. Bolalarni taqlidchanlik xususiyati mavjudligi tufayli ularni tarbiyalashda ota - onaning ongi, ma’naviyati, bilimi, tarbiyalanganligi muhim ahamiyatga egadir.
Aniqbirmaqsadgaqaratilgantarbiyaningsamaradorligitarbiyachiningqandaymetoddanfoydalanishigabog‘liq. Metod, ya’ni usul axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab:
1. So‘z orqali ifodalash usuli.
2. Ko‘rgazmalilik usuli.
3. Amaliy namuna usuli.
4. Rag‘batlantirish va jazo usullariga bo‘linadi.
Bu metodlar o‘z navbatida quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
Birinchi guruh - so‘z orqali uzatish, maslahat berish, ma’lumotlarni eshitish orqali qabul qilish, hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqa usullarga.
Ikkinchi guruh - kinofilmlar, tasviriy san’at, badiiy san’at va boshqa ko‘rish orqali tarbiyalash usullariga.
Uchinchi guruh - tarbiya jihatlarini amaliy mehnat harakatlari orqali berish, o‘rnak ko‘rsatish, boshqalar mehnatini misol tariqasida ko‘rsatish.
To‘rtinchi guruh - yaxshi bajarilgan ishlarni o‘rtoqlari oldida ma’qullash, minnatdorchilik bildirish, iqtisodiy va ma’naviy rag‘batlantirish.
Jazo - bu bolaning noto‘g‘ri qilgan ishiga o‘zini iqror qildirish.