4-Mavzu: Pedagogika va ijtimoiy pedagogika kategoriyalari. Ijtimoiy tarbiyada mahallaning o‘rni. Mavzu rejasi



Yüklə 59,72 Kb.
səhifə3/6
tarix01.12.2023
ölçüsü59,72 Kb.
#170881
1   2   3   4   5   6
4 maruza

3-Ijtimoiylashuv jarayoni.
Bolaning ijtimoiylashuvi, xususan, insonning ijtimoiy moslashuvi uning bilishga boʼlgan obʼektiv ehtiyoji jarayonida paydo boʼladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bola boshqa bir obʼektiv ehtiyoj -oʼziga xosligini namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi roʼy beradi. Shaxsning faqat oʼziga tegishli boʼlgan ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari individual tarzda namoyon boʼladi, uning ijtimoiy yurish-turishi takrorlanmas jihatlarga ega boʼladi. Shunday qilib, bolaning ijtimoiy rivojlanishi oʼzaro bogʼliq ikki yoʼnalishda olib boriladi: ijtimoiylashuv ( ijtimoiy madaniy tajriba madaniyatni oʼzlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, nisbiy oʼziga xoslikni qoʼlga kiritish). Shu tarzda ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda moslashuv va individuallashuv jarayonlari bilan bogʼliq ijtimoiylashuv jarayonining mazmuni tashkil etadi. Inson(bola)ning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvi subʼekt va ijtimoiy muhitning oʼzaro faol yaqinlashuv jarayoni va natijasidir. (J.Pia Je, R.Mertoj).
Ijtimoiy moslashuv esa ijtimoiy muhit talablariga insonning munosabat bildirishidir. Shunday qilib, ijtimoiylashuv (moslashuv) individning ijtimoiy mavjudodga aylanish jarayoni va natijasidir.
Indivuallashuv insonning hali yoshligidayoq paydo boʼladigan obʼektiv ehtiyojlari bilan bogʼliq jamiyatdagi oʼz-oʼzini egallashidir. Bu ehtiyoj:
a) oʼz qarashlariga ega boʼlish;
b) oʼziga xosliklariga ega boʼlish;
v) unga tegishli boʼlgan masalalarni hal qilish, uning oʼz darajasini aniqlab olishiga xalaqit beradigan hayotiy holatlarga qarshi turish xohishi sifatida namoyon boʼladi.
Аgar shaxsning jamiyatga kirishida ijtimoiylashuv va individuallashuv jarayonlari oʼrtasida tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlashuvi roʼy beradi. Shu bilan birga bu yerda shaxs va muhitning oʼzaro taʼsir etishi ham sodir boʼladi. Shunday qilib, muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuv moslashuv va individuallashuv oʼrtasida muvozanat saqlangandagina amalga oshishi mumkin. Bu jarayon uch asosiy sohada amalga oshadi:
1.Faoliyat turlarning kengayishi, uning shakl va vositalarini qoʼlga kiritish, erkin moʼljal olish.
2. Muloqot doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, xulq-atvor meʼyorlarini oʼzlashtirish.
3. Shaxsiy “Men” obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida shakllantirish, oʼz ijtimoiy mansubligi va oʼrnini anglash, oʼziga baho berishni shakllantirish.

Yüklə 59,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin