Birinchimetodda kuzatuv, hodisa va jarayonlar bilan faol tanishtiradi.
Albatta obyektga ta‟sir etgan holda, ikkinchi metod jarayoni esa uni faqat ro’yxat qilish bilan chegaralanadi. Kuzatuvchi ro’yxatni to’g’ridan-to’g’ri yoki savolnoma asosida yozib boradi. Xuddi shu narsa ta‟sir qilish jarayonida ham qo’llanilishi mumkin. Eksperiment jarayonida to’g’ridan-to’g’ri muloqot metodi orqali o’tkaziladi. Bu ikkinchi jarayon psixologik eksperiment metodlaridir.
Uchinchi jarayondaeksperimentator kuzatuv jarayonida tabiiy usullardan yoki «tushunish metodi»dan to’g’ridan-to’g’ri kuzatuvchiga nisbatan qo’llaydi. Eksperiment jarayonida kuzatuvchi vazifalarni faol bajaradi. Kuzatish, so’rov davomida esa unga hech qanday vazifa berilmaydi va u o’zini erkin tutadi.
Eksperimentmetodiningasosiyfarqivaafzalligi shundan iboratki, bunda tadqiqotchi o’z hoxishi bilan qandaydir psixik jarayon yoki xususiyatni yuzaga keltirib psixik hodisaning tashqi sharoitga bog’liqligini tekshirib ko’rishi mumkin.
Eksperiment metodining ana shu afzalligi uning psixologiyada keng qo’llanilishi bilan tushuntiriladi. Empirik, ya‟ni tajriba yo’li bilan qo’lga kiritilgan faktlarning asosiy ko’pchiligi psixologiyada eksperimental yo’l bilan olingandir. Biroq har qanday tadqiqot qilinadigan vazifalarga eksperimentni qo’llab bo’lmaydi. Masalan, agarda psixik jarayonlar va funksiyalar ko’proq eksperiment yo’li bilan o’rganilsa, shaxsning birmuncha sodda xususiyatlari
(temperament, qobiliyatlar) ham shu metodda o’rganiladi. Lekin xarakterning va qobiliyatlarning murakkab turlarini hali eksperiment metodi bilan o’rganib bo’lmaydi.
Modellashtiruvchieksperiment ayrim mehnat jarayonlarining nazariy dinamikasi va murakkabligi tufayli real texnik moslamalarni odatiy ish tartibidagi usullarni o‘rganib bo‘lmaganligi tufayli qo‘llaniladi. Bu jarayonlar anglanilgan holda o‘rganilayotgan mehnat jarayonida ishning muvaffaqiyatini belgilab beruvchi uning tarkibiy qismlariga ajratiladi, bu faoliyatni amalga oshirish uchun sun’iy sharoitlar yaratiladi va shu tariqa modellashtirilgan sharoitlarda murakkab mehnat jarayoni o‘rganiladi. Modellashtiruvchi eksperiment shaxsning kasbiy shakllanish jarayonidagi muhim kasbiy sifatlarni o‘rganishda qo‘llaniladi. Labaratoriya eksperiment tadqiqotlarni maxsus asbob-uskunalari bilan jihozlangan psixologik labaratoriyada o‘tkazishni nazarda tutadi.
Eksperimentning bu turi odatda elementar psixik funksiyalarni o‘rganish maqsadida qo‘llaniladi ya’ni, sensor va motor reaksiyalari tanlov reaksiyalari va boshqalarni kiritish mumkin. Insonning ish-harakatlarini o‘rganish borasida oxirgi 20 yil mobaynida videotexnika va turli antik mexanik moslamalar rivojlanishining yuqori darajasiga ko‘tarilgan. Bu bir tomondan videoga tushirish, streoskopik tushirish kabi usullarni keng qo‘llashga olib kelgan bo‘lsa, boshqa tomondan tayyorlov ishlari ya’ni, eksperimentni o‘tkazish va materiallarni tahlil etish kabi ishlarni yengillashtirishga xizmat qiladi.
Videofotoregistratsiya metodining universalligiga qaramay tadqiqotlarda EHM va boshqa maxsus texnikaning qo‘llanilishi bugungi kunda murakkab muammo bo‘lib kelmoqda.