Dispersion tahlil – o‘rganilayotgan o‘zgaruvchiga turli omillarning ta’sirini tahlil etish imkonini beruvchi statistik usuldir. Dispersion tahlilning mohiyati shundaki o‘rganilayotgan sifat mustaqil tarkibiy qismlarga bo‘linib ketadi, bu qismlarning har biri u yoki bu omilning yoki o‘zaro aloqaning ta’sirini tavsiflab beradi.
Korrelyatsion tahlil– o‘rganilayotgan sifatlar yoki omillar aloqasining shakli, belgisi yoki zichligini baholash statistik metoddir.
Omillitahlil – ko‘p o‘lchovli matematik statistika metod bo‘lib, bu usul statistik jixatdan bog‘liq sifatlarni o‘rganishda qo‘llaniladi. Bu usul ilmiy tadqiqotlarning boshlang‘ich bosqichlarida sermahsul hisoblanadi, chunki bu paytda o‘rganilayotgan sohadagi qonuniyatlarni ajratish kerak bo‘ladi. Tadqiqotlarga matematik ishlov berishning boshqa metod ham mavjud. Biz eng ko‘p tarqalgan usullarini ko‘rib chiqdik. Tadqiqot tajribasi shuni ko‘rsatadiki, matematik ishlov berish ko‘pgina muhim psixologik tavsiflarni, ularning aloqalari, munosabatlari, qonuniyatlarini o‘rnatish va tasvirlashning samarali vositasi hisoblanadi.
Tadqiqot usullarini tavsiflash xulosalarida shuni ta’kidlash kerakki, ayrim usullarni boshqalariga qarama-qarshi qo‘yish yoki qaysilarinidir imkoniyatlarini absolyutlashtirib bo‘lmaydi. U yoki bu usulni tanlash tadqiqot predmeti va vazifalari bilan belgilanadi. Har qaysi psixologik tadqiqotlarda o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi va haqqoniy xulosalar chiqarish imkonini beruvchi usullar kompleksi qo‘llaniladi.
Kuzatishmetodiningasosiyafzalligishundan iboratki, kuzatish tabiiy sharoitda o’tkaziladi, kuzatish kuzatilayotgan shaxslarning odatdagi xulq- atvorlarini o’zgartirmaydi. Kuzatishni bitta odam ustida ham va bir guruh shaxslar ustida ham olib borish mumkin. Bu metod bolalar bog’chasi guruhlaridagi yoki maktab sinfidagi bolalarni o’rganish uchun qulaydir. Kuzatish metodining kamchiligi uning anchagina mehnat talab qilishidir. Tadqiqotchi psixologni xulq- atvorning istalgan qiyofada emas, balki aniq tadqiqot vazifalari bilan bog’liq holda namoyon bo’lishigina qiziqtiradi.
Shuning uchun kuzatiluvchi shaxs xususiyatlari va psixik holatlarining o’ziga kerakli tarzda namoyon bo’lishini kutib turishi kerak. Bundan tashqari, psixik xususiyatlarning yakka holda namoyon bo’lishini kuzatish va qayd qilish etarli emas. Tadqikotchi u yoki bu xususiyatlarning xarakterligiga, tipikligiga ishonch hosil qilishi kerak. Bundan tashqari eksperimental psixologiyada quyidagi metodlardan foydalanish mumkin.