4.6.6-rasm. Lokal to‘lov tizimida plastik kartochkalar orqali amalga oshiriladigan hisob-kitoblar mexanizmi9
Rasmni qisqscha tushuntiramiz. Karta egasi xizmat ko‘rsatish shaxobchasiga kelib, tovar xarid qilish yoki xizmat haqqini to‘lash uchun kartasini beradi. SHaxobcha xodimi karta haqiqiyligini sirtdan tekshiradi hamda emitentga mijozning vakolati va moliyaviy imkoniyati tasdiqlash uchun so‘rov yuboradi. Bu avtorizatsiya deyiladi va uning natijasida operatsiyani amalga oshirishga ruxsat beriladi yoki u ta’qiqlanadi. Avtorizatsiya texnologiyasi to‘lov tizimi, karta turi va xizmat ko‘rsatish shaxobchasining texnik jihozlanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Ushbu mexanizm klassik mexanizm hisoblanadi va u jahondagi magnitli plastik kartochkalar orqali amalga oshiriladigan aksariyyat hisob-kitoblarning asosidir.
Bunday kartochkalargaga uning egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va tovar yoki xizmatga haq to‘lash uchun zarur miqdordagi pulni hisobdan chiqarish uchun qaysi bankka murojaat qilish to‘g‘risidagi axborot yoziladi.
Shu bilan bir qatorda offlayn mexanizm ham mavjudki, u avtorizatsiya jarayonida kartaga bir qancha qo‘shimcha talablar qo‘yadi. (1-rasmga qarang). Jumaladan:
kartaning o‘zida xarajat limiti miqdori haqida ma’lumot saqlanishi lozim;
avtorizatsiyadan so‘ng limit qoldig‘ining nazorat qilinadigan kamayib borish imkoniyati (kartani debetlash);
limitni qayta tiklash ( kartani kreditlash);
Offlayn avtorizatsiya qilish uchun krta POS terminalga solinadi. Buda terminal va karta o‘rtasida oldindan yozilgan ma’lumotlar almashishi yuz beradi. Ushbu jarayon muvaffaqiyatli bajarilganidan so‘ng to‘lov summasi ko‘rsatiladi, mijoz esa PIN kodini kiritadi. SHu yo‘l bilan kartadagi qoldiq to‘lov summasiga kamaytiriladi. POS terminal tranzaksiya haqidagi ma’lumotlarni saqlab qoladi. Karta esa egasiga qaytariladi
4.6.7-rasm. Plastik katochkalar bilan offlayn avtorizatsiya qilish mexanizmi10
Shu tariqa kun davomida tranzaksiyalar haqidagi ma’lumotlar POS terminalda yoki unga ulangan kompyuterda yoxud terminalga o‘rnatilgan maxsus smart kartada yig‘iladi. Kun oxirida ushbu ma’lumotlar protsessing markazga jo‘natiladi va hisob kitoblar amalga oshiriladi.
Lokal to‘lov tizimida amal qiladigan mexanizmlar bilan bir qatorda nisbatan rivojlangan (lokal chegaradan chetga chiquvchi) hisob-kitob mexanizmlarni ham ko‘rib o‘tish joiz. Bunday to‘lov tizimlarida hisob-kitoblar mexanizmi emitent va ekvayer funksiyalarining chegaralanishi hamda ishtirokchilar tarkibiga hisob-kitob banki va protsessing kompaniyasining qo‘shilishi bilan murakkablashadi (3-rasmga qarang).
Dostları ilə paylaş: |