4.6.8-rasm. Rivojlangan to‘lov tizimida plastik kartochkalar orqali amalga oshiriladigan hisob kitoblar mexanizmi11 Bir qator g‘arb olimlari to‘lov tizimlarini uchta katta guruhga bo‘lishadi – kreditli, debetli va hisob-kitob to‘lov tizimlari.
Kreditli tizim kartochka hisobraqamida boshlang‘ich nol qoldiq bo‘lishini ko‘zda tutadi. Kartochka bilan bo‘ladigan barcha operatsiyalar hisobraqam debetiga yozilib boradi va karta egasi ularni ma’lum shartlarda so‘ndiradi.
Debetli tizim mohiyati shundan iboratki, har bir amalga oshirilgan to‘lov o‘sha kunning o‘zidayoq mijozning bankdagi karta hisobraqamidan echiladi. Agar to‘lov summasi karta qoldig‘idan oshib ketsa, operatsiya amalga oshirilmaydi. Tabiiyki, debetli kartalardan foydalanganda har bir operatsiya uchun avtorizatsiya qilish to‘g‘ri keladi. Qulay tarafi esa ruxsat etilmagan kreditning yuzaga kelish xavfi yo‘qoladi.
Bank plastik kartalari o‘z vazifasiga ko‘ra hisob-kitoblarda (debetli va kreditli) oraliq instrument hisoblanadi.
Kreditli mexanizm ayniqsa lokal tizimda, ya’ni emitent ham, ekvayer ham bitta bank bo‘lganda qulaydir. Bunda asosan magnit chiziqli kartalardan foydalaniladi. Ushbu mexanizmda yagona so‘rov yuborish texnologiyasidan foydalaniladi. YA’ni bitta so‘rov ham avtorizatsiya uchun, ham mablag‘ni karta hisobraqamidan echish uchun yuboriladi.
4.6.9-rasm. Lokal tizimda magnit chiziqli plastik kartalar orqali amalga oshiriladigan hisob-kitoblar mexanizmi12 Bunda:
Karta terminalga solinadi;
Mijozning to‘lovga layoqatliligini aniqlash uchun so‘rov jo‘natiladi;
4-5. Karta hisobraqamidan xizmat ko‘rsatish shaxobchasi hisobraqamiga mablag‘ o‘tkazib beriladi.
YUqorida ko‘rib o‘tilganidek, plastik kartochkalar orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish mexanizmlari turlichadir. Biz faqat ularning asosiylariga to‘xtalib o‘tdik. Har bir bank, to‘lov tizimini tashkil etmoqchi bo‘lgan har bir tashkilot va davlat o‘zining imkoniyatlari, texnik jihozlanishi va mijozlar xususiyatlaridan kelik chiqib, ushbu mexanizlarni o‘ziga moslashtiradi.
Respublikamizda plastik kartochkalar bilan hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013 yil 26 apreldagi 9/1 sonli Qarori bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2013 yil 3 iyunda 2465-son bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi Nizom asosida amalga oshiriladi.
Plastik kartochkalar, ulardan foydalanish va hisob-kitoblarni tashkil etish mexanizmida bir qator elementlar qo‘llaniladi. Ularning ba’zilariga izoh berib o‘tamiz.