4-mavzu: pul aylanmasi va uning tarkibi


Plastik kartochkalar orqali amalga oshiriladigan hisob-kitoblar



Yüklə 101,56 Kb.
səhifə11/14
tarix20.11.2023
ölçüsü101,56 Kb.
#162089
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
4-mavzu pul aylanmasi va uning tarkibi-fayllar.org

4.6. Plastik kartochkalar orqali amalga oshiriladigan hisob-kitoblar
Mamlakatimizda bozor munosabatlarining taboro takomillashib borishi tijorat banklari tomonidan ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarining turlarini ko‘paytirmoqda. Xuddi shunday bank xizmatlaridan biri bu plastik kartochkalar bilan amalga oshiriladigan hisob – kitoblar hisoblanadi. Bank plastik kartochkalar hozirgi kunda jahonning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida keng qo‘llanilib, aholining ishonchiga sazovor bo‘lgan qulay, samarali va ishonchli to‘lov vositasi hisoblanadi.
Plastik kartalar asosida hisob-kitoblar tizimining rivojlanishi nafaqat aholi, balki butun bir mamlakatning milliy iftixori bo‘lgan milliy valyutaning qadrsizlanishining oldini oladi, mamlakat pul-kredit tizimi bir tekisda rivoj topishining ishonchli vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Hozirgi kunda mamlakatimizdagi barcha tijorat banklarining plastik kartochkalari bo‘lib, ular orqali naqd pullarni bankomatlardan olish va savdo shaxobchalarida foydalanish mumkin. Plastik kartochkalar asosan aholi o‘rtasida qo‘llanilib, naqd pulga bo‘lgan talabni kamaytirish, olib yurishdagi qulayligi, vaqtincha foydalanmasdan turgan mablag‘larni daromad keltirish kabi ijobiy jihatlari mavjud.
Plastik kartochka - harid qilingan tovar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun naqd pulsiz hisob-kitoblarning zamonaviy, ishonchli va qulay to‘lov vositasidir. Plastik kartochkalarning eng muhim xususiyati shundan iboratki, ular o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda ma’lum axborotlar to‘plamini o‘zida saqlashi mumkin. Plastik kartochkalardan foydalanganda, kartochka egasining xotirasida bank hisobvarag‘ning joriy holati, barcha qilingan haridlar va ko‘rsatilgan xizmatlar amalga oshirilgan to‘lovlar to‘g‘risidagi ko‘pgina ma’lumotlarni ushlab turish zarurati bo‘lmaydi. Plastik kartochkaga ega bo‘lgan holda, maxsus uskuna yordamida pul mablag‘larining holati va ularni harakatlanishi to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarga bir necha soniya ichida ega bo‘lish mumkin. Plastik kartochkalarga “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida” 2465 sonli Nizomda plastik kartochkalarga quyidagicha izox berilgan: “Bank plastik kartochkalari — bank tomonidan emissiya qilingan, personalizatsiyalangan, to‘lov vositasi sifatida ishlatiladigan va o‘z saqlovchisiga bank hisobvarag‘idagi mablag‘lari doirasida operatsiyalarni, jumladan, hisobvaraq orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni (to‘lovlarni) amalga oshirish, undan naqd pul mablag‘larini va bank kreditini olish imkonini beruvchi bank plastik kartasi. Bank plastik kartochkalaridan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitoblarda, shuningdek naqd pul beradigan shoxobchalar va bankomatlardan naqd pul mablag‘larini olishda foydalaniladi.”8 Haqiqatda plastik kartochka harid qilingan tovar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun naqd pulsiz hisob-kitoblarning zamonaviy, ishonchli va qulay to‘lov vositasidir.
Kartochkalar unga ma’lumot yozish, ya’ni kiritish usullariga ko‘ra embossirlangan (ma’lumotlar kuchli bosim bilan yoziladi), grafikli yozish, shtrix kod bilan ifodalash, magnit lentaga yozish va chipli turlarga bo‘lish mumkin.
Kartochkalarning o‘zi qanday maqsadga foydalanishga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi:
  • Identifikatsiya kartalari. Ular kartochka egalarini identiftkatsiyalash, ya’ni biror binoga kirishga yoki biror uskunada belgilangan operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat beradi.


  • Klub yoki diskont kartalari. Ushbu karochkaga ega bo‘lgan shaxslar uning emitentlari bo‘lgan klub yoki savdo tarmog‘ining xizmatidan foydalanishda, tovarlarni xarid qilishda ma’lum imtiyozlarga ega bo‘ladilar.


  • Bank kartalari. Bularga biz yuqorida ko‘rib o‘tgan to‘lov vositalari bo‘lgan, banklar tomonidan emissiya qilinadigan plastik kartochkalar kiradi. Biz ushbu magistrlik dissertatsiyasida aynan bank kartalari haqida so‘z yuritamiz.


Bank plastik kartochkasi - bu personallashtirilgan to‘lov vositasi bo‘lib, u foydalanuvchiga tovar va xizmatlarga naqd pulsiz haq to‘lash, bankomat va bank bo‘limlaridan naqd pul olish imkoniyatini beradi.


Hisob-kitoblarni amalga oshirish imokniyatiga ko‘ra plastik kartalar debet va kredit kartalarga bo‘linadi:
  • Kredit kartochkalar. Bunda foydalanuvchilar tovar va xizmatlarni kreditga olishda va kassa qarzini olishda kredit liniyasidan foydalanishadi. YA’ni tovar xarid qilayotganda mijozning hisobraqamidagi pul mablag‘i etmasa, bank unga ma’lum limit doirasida kredit beradi. Kredit ma’lum muddat mobaynida so‘ndirilishi kerak. Kreditni mijoz karta hisobvarag‘i ochish chog‘ida qo‘ygan sug‘urta depozitidan yoki kartochka egasi naqd pul qo‘ygan yoki pul o‘tkazgan hisobvaraqdan pul o‘tkazib so‘ndirishi mumkin.


  • Debetli kartochkalar. Bunda foydalanuvchilar bankomatlardan naqd pul olish va elektron terminaldan foydalangan holda hisob-kitob qilish orqali tovarlarga va xizmatlarga haq to‘lashi mumkin. Bunda foydalanuvchining bankdagi hisobvarag‘idan mablag‘ hisobdan chiqariladi. Debet kartalar bo‘yicha agar foydalanuvchining hisobvarag‘ida mablag‘ mavjud bo‘lmasa, bu plastik kartochkalar bo‘yicha muomalalar amalga oshirilmaydi. Kredit kartochkalardan debet kartalarning afzalligi bir to‘lov bo‘yicha cheklanishlarning yo‘qligi hisoblanadi.


Foydalanish harakteriga ko‘ra kartochkalar shaxsiy, oilaviy va korporativ turlarga bo‘linadi. Ularning har biriga izoh beramiz:


  • Shaxsiy kartochka - bu bankning alohida mijoziga beriladi. Bunday kartochkalar «standart» yoki «Oltin» bo‘lishi mumkin. Bu kartochkalar yuqori kreditga layoqatli mijozlarga beriladi. Bunda foydalanuvchilar ko‘p imtiyozlarga ega bo‘ladi.


  • Oilaviy kartochka - bu kartochkalar hisobvaraq bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan oilaning bir a’zosiga beriladi.


  • Korporativ kartochka – tashkilot va korxonalarga beriladi. Korporativ bank kartalaridan foydalangan holda naqd pulsiz shaklda to‘lash uchun sarf qilinayotgan pul mablag‘lari korporativ bank kartasining saqlovchisiga hisobdorlik sharti bilan beriladigan, qat’iy tarzda belgilangan maqsadlarga ishlatiladigan mablag‘lar bo‘lib hisoblanadi.


Bundan tashqari, magnit va smart kartochkalar farqlanadi. Magnitli kartochkaga uning egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va tovar yoki xizmatga haq to‘lash uchun zarur miqdordagi pulni hisobdan chiqarish uchun qaysi bankka murojaat qilish to‘g‘risidagi axborot yoziladi. Bunday kartochkada kartochka schyotidagi pul miqdori to‘g‘risidagi axborot bo‘lmaydi. Smart-kartochkada mijoz, emitent-bank to‘g‘risidagi shifrlangan ma’lumot, pul o‘tkazish va hisobdan chiqarishga oid shaxsiy kod, uningdek o‘tkazilgan pul mblag‘lari to‘g‘risidagi axborot saqlanadi. Soxta mikroprotsessor kartochkasini amalda yasab bo‘lmaydi. CHipda saqlanayotgan axborotdan har qanday ruxsatsiz foydalanish chipning blokirovka qilinishiga va buzilishiga olib keladi. So‘nggi vaqtda to‘lov vositasi sifatida aynan smart-kartalardan foydalanish anchagina ko‘paygani kuzatilmoqda.


Kartochkalarni yana ularga identifikatsiya axborotini egasining ismi, kartochka raqami, uning amal qilish muddati va shu kabilarni kiritish usuli bo‘yicha farqlash mumkin. U embosserlash usuli bilan kiritilishi mumkin: maxsus apparat (embosser) ma’lumotlarni bo‘rtma xarflar bilan bosib yozadi. Bunday kartochka embosserlangan kartochka deyiladi. Ba’zan identifikatsiyalovchi axborot kuydirib yoziladi va odatda, bunday kartochka faqat elektron foydalanishga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Mikroprotsessorli plastik kartochkalarning eng muhim xususiyati shundan iboratki, ular turli xildagi o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda foydalanadigan ma’lum axborotlar to‘plamini o‘zida saqlashi mumkin.
Shunday qilib, har bir turdagi kartochkaning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, ular paydo bo‘lgandan boshlab to hozirgi kungacha mukammalashib bormoqda.
Bugungi kunda dunyoning 200 dan ortiq mamlakati o‘z to‘lov tizimida plastik kartochkalardan foydalanishi to‘lov kartalari bank tizimidagi texnologik revolyusiyaning eng muhim elementlaridan ekanini ko‘rsatadi. Aynan plastik kartochkalar ko‘p hollarda elektron bank tizimining hal qiluvchi elementi sifatida chiqmoqda.
Jahon bank tizimi amaliyotida plastik kartochkalar foydaning asosiy manbaasi hisoblanadi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda jami bank kreditlarining 6 foizigina kredit kartalar orqali beriladi. SHu bilan bir qatorda bu banklar foydalarining 10 foizini aynan kredit kartalarga xizmat qilishdan oladilar.
To‘lov kartasining o‘zi bu plastik bo‘lagi, xolos. Uning amal qilishi uchun ma’lumotlarning tez, ishonchli, va xafvsiz almashinishini ta’minlaydigan turli axborot texnologiyalari kompleksi zarur. SHuningdek ushbu texnologiyalarni boshqarib va nazorat qilib turuvchi sub’ektlar, ular faoliyatini tartibga soluvchi qonuniy-huquqiy asoslar kerak bo‘ladi. Bularning barchasi plastik kartochkalar orqali amalga oshiriladigan hisob-kitoblar tizimini tashkil etadi. To‘lovlarni qanday algoritmda amalga oshirilishi esa hisob-kitoblar mexanizmini belgilaydi.
Plastik kartochkalarning turlari, amal qilish segmenti (lokal yoki xalqaro), mijozlarning xususiyatlari va boshqa omillarga qarab hisob-kitoblar mexanizmi turlicha bo‘lishi mumukin. Buni har bir to‘lov tizimi mustaqil belgilaydi.


Yüklə 101,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin