Antik gimnastika. Gomerning «İliada» va «Odisseya» poemalarida o’sha davrdagi yunon hayotning yorqin manzaralari aks ettiriladi, kaxramonlar deb ataladigan jangchilar obrazi chizilib, ularni oddiy xalqdan ajratuvchi jismoniy fazilatlar ta`qidlanadi. «Odisseya» poemasida talqin etilishini, «atlet» so’zi o’sha vaqtda «oliyjanob kaxramon», «zodagon» tushunchalarini anglatgan, bular harbiy demokratiya talablariga javob bergan. Biroq e.av. IX-VIII asrlar davrida yuzaga kelgan yangi sharoit ob`ektiv ravishda jismoniy madaniyatning qayta qurilishicha olib keldi, natijada ellin jismoniy tarbiya tizimi yoki antik gimnastika yaratildi. «gimnastika» so’zi, aniqrog’i, gumnastika, yunoncha «yalang’och» ma`nosini anglatadi. Yalang’ochlik gomer davri bilan bog’liq, chunki soy, daryo va dengiz qirg’oqlarida o’tkaziladigan mashg’ulotlar mazmunini shunday vazifalar tashkil qilgan, mazkur vazio’alarni amalga oshirish uchun kiyim to’siq bo’lgan (suvdagi to’siqlardan o’tish suvda kurashish). Boshqa fikrlarga binoan, yunonlar, afsungarlikka ishonib, kiyimlar insonning jismoniy qobiliyatini zaiflashtirishi mumkin. Deb xisoblaydilar.
Antik gimnastika, bu uning o’rgatish maksadi va mashqlariga tegishli bo’lgan uch asosiy qismdan, harakatli o’yinlar, xususan ota-onalar va tarbiyachilar nazorati ostida 1 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar qatnashdilar, yana shuningdek palestrika va arxestrikani o’rgatishdan iborat.
Palestrika asosini yugurish, sakrash, nayza va lapak uloqtirish hamda kurashishdan iborat bo’lgan beshkurash musobaqasi tashkil qilgan. Yugurishning har xil turlaridan fodalanilgan: stadiodrom birinchi bosqichidagi masofaga yugurish (192 m): diaul- ikkinchi bosqichdagi masofadagi yugurish (qariyb 384 m): dolixodrom chidamli bo’lish uchun uzoq masofalarga yugurish: odatda, ikkinchi bosqichda o’tkaziladigan qurollangan holda (nayza va qalqonlarni ko’lga olib, shlem va sotuvni kiygan holda) yugurish: mash`ala ko’tarib yugurish. Lukianning xabar berishicha, mashqlar «qattiq erlarda emas, balki chuqur qumlik joyda, erda mustahkam turish qiyin bo’lgan va oyoqlar bilan turish oson bo’lmagan, oyoqlar yumshoq ichiga sirqalib ketadigan joyda» o’tkazilgan. Yugurishda g’oyat chidamli bo’lish yunon yuguruvchilari uchun harakterli bo’lgan. Buning yorqin misoli shuki, eramizdan avvalgi 490 yili Marafon ostonasida eronliklar bilan bo’lgan qattiq jangdan keyin bir jangchi g’alaba xabarini etkazish uchun jang maydonidan Afinagacha (42 km dan ziyodroq yo’l bosib) yugurib kelgan.
Sakrash mashqlaridan uzunlikka sakrash ko’proq qo’llanilgan. Xandalaqlardan va boshqa to’siqlardan sakrash katta amaliy ahamiyatga ega bo’lgan. Musobaqalarda ko’pincha qo’lga gantellar ushlab sakrash mashqlari ko’proq bajarilgan.
Nayza uloqtirish mashqi harbiy ish bilan bevosita aloqador bo’lgan Nayzani ma`lum nishonga va masofaga uloqtirganlar.
Lapak uloqtirish tosh otishdan kelib chiqqan qadimgi mashq bo’lib, u harbiy-amaliy ahamiyatga ega bo’lgan.
Toshdan yoki metaldan yasalgan lapaqlarning og’irligi 1,7 kg dan 4,7 kg gacha, diametri esa 14 sm dan 21 sm gacha bo’lgan.
Kurash mashqlari ikki xil variantda yoyilgan.
Birinchi varianti shundan iboratki, unda qaysi kurashchi o’z oyoqlarini erdan uzmagani holda raqibini uch marta ko’tarib ursa, u g’olib xisoblangan. Kurashning ikkinchi variantida raqibning elkasini erga tekkizish maqsadida turli holatlarda kurashilgan.
U asosiy mashqlardan tashkari palestrika tarkibiga mushtlashish va pankration ham kiritilgan. Pankration murakkab mashq bo’lib, unda mushtlashish va kurash elementlari qo’shilgan. Suzish, qilichbozlik, otda yurish, yoydan otish ham palestrika tarkibiga kirgan.
Orxestrika nafis harakatlarni rivojlantirish uchun bajarilgan turli mashqlardan iborat bo’lgan. Bu mashqlardan ko’pincha palestrika mashqlarini o’rganib olish uchun tayyorlanish maqsadida foydalanilgan, Greciyada diniy urf-odatlar va ommaviy tomoshalar vaqtida katta rol o’ynab kelgan ko’p sonli raqslar ham orxestrika tarkibiga kirgan.
O’yinlar ko’pincha bolalar bilan o’tkaziladigan mashqlar vaqtida foydalanilgan gimnastika qismini tashkil etgan. Koptok bilan o’ynaladigan juda ko’p o’yinlar, bir-biri bilan arg’on tortish o’yinlari, muvozanat saqlash o’yinlari, yugurib o’ynaladigan o’yinlar (tutmachoq o’yini singari va x.k.) ana shunday o’yinlar jumlasiga kirgan.