4-mavzu. Qadimgi yunonistonda Gomer davrida jismoniy tarbiya.
Reja: Qadimgi Greciyada urug’chilik jamoasi munasobatlarining emirilishi davrida jismoniy tarbiya
Sparta va Afina tizimi
Antikgimnastika
Foydalanilgan adabiyotlar:A1; A2; A4; A5; A6; A7; Q12; Q13; Q16; Q19; Tayanich tushuncha: Sparta, Afina tizimi, Antigimnastika, jismoniy tarbiya haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
İbtidoiy jamoaning mehnat faoliyatida tug’ilgan xalq jismoniy tarbiyasi elementlarining quldorlarning ehtiyojlari sinfiy maqsadlariga moslashib borish jarayonini Qadimgi Greciya misolida ayniqsa yaxshi kurish mumkin.
Urug’chilik tózumining emirilishi va quldorlik munosabatlarining tóg’ilib kelishi Greciya tarixining Gomer davri deb ataladigan eng qadimgi davriga tug’ri keladi: bu davr eramizdan avvalgi XII-VIII asrlarni óz ichiga oladi. Urug’chilik tózimida huqimronlik mavqeyini egallashga haraqat qilgan urug’ zodagonlarining ajralishi va yuqori darajaga kutarilishi bu davr uchun xarakterlidir. Odatda, bu aslzodalar muhitidan urug’ oqsoqollari «bosileylar» ajralib chiqar edi. Shu bilan birga, urug’ aslzodalarini xalq ommasi bilan xisoblashishga majbur qiladigan eski urug’chilik muassasalari ham saqlanib qolgan edi. Bu davrda ibtidoiy urug’chilik jamoasi uchun xarakterli bólgan tartiblar ham hali saqlanib qolib, bu tartiblarga kura, har bir katta yoshdagi erkak ayni bir vaqtda janchi ham bólar edi. Lekin bu davrga kelib, xalq ichidan chiqqan jangchi bilan urug’ zodagonlari ichidan chiqqan jangchi orasida farq mavjud bóladi. Zodagon jangchilar óz qurollarining zebu-ziynati va ózining yaxshi tayyorgarlik darajasi bilan farq qilib turar edi. Ular qushinda rahbarlik rolini óynashga haraqat qilar va harbiy uljaning qatta ulushini ózlashtirib olar edilar. Gomer «İliada» va «Odissiya» poemalarida ósha davrdagi Yunon hayotining yorqin manzaralarini aks ettiriladi, qahromonlar deb ataladigan zadogon jangchilar obrazi chizib, ularni oddiy xalqdan ajratuvchi jismoniy fazilatlar ta`sirlanadi. Gomer poemalarining qahramonlari xalq bólgan qahramonlar sharafiga yoki qabila hayotidagi biror muhim voqyolrni nishonlash sharafiga tashkil etiladigan kópdan-kóp musobaqa óyinlarida ózlarining jismoniy fazilatlarin namoyish etadilar. Bu óyinlarda yugurish, nayza, disk uloqtirish, sakrash, kurashish va boshqa mashqlar yuzasidan musobaqalar utkazilar edi.
Shubha yuqki, bu óyinlar óz ildizlari bilan ózoq utmishga borib taqaladi, an`anaviy uruqchilik yoki qabilachilik bayramlari bilan bog’langan. Uruqchilik tózumining emirilishi sharoitlarida bu óyinlar asta-sekin ózining umumuruqchilik yoki umumqabilachilik ahamiyatini yuqota borib, urug’ zodagonlarining bayramiga aylana borgan. Musobaqalarda faqat zodagon jangchilar ishtirok eta boshladi. Musobaqa óyinlarida kursatiladigan tomoshalar zodagon jangchilarning jismoniy kuchi va fazilatlarini tekshirish va namoyish qilishning óziga xos bir usuli bólib, bu tomoshalar ularni guyo xalqdan yuqori darajaga kutarganday bólar edi. «Odisseya» poemasida talqin etilishicha, «atlet» sózi usha vaqtda «olijanob qahramon», «zodagon» tushunchalari bilan bog’langan va «xalq ichidan chiqqan odam», tushunchasiga qarama-qarshi quyilgan. Gomer poemalarida qabilaning oddiy a`zolari zodagon jangchilarning óyinlarida ishtirok etmaydilar, ular faqat tomoshabin bólib kórinadilar.
Eramizdan avvalgi IX-VII asrlarga kelib Greciya territoriyasida urug’chilik tózumining emirilishi va quldorlik munosabatlarining rivojlanishi jarayoni dastlabki davlatlarning tózilishiga olib keldi. Kuchayib borayotgan quldorlar sinfining huqimronligini mustahkamlashga qaratilgan birinchi davlatlar paydo bóla boshladi.
Urug’chilik tózumi xarobalarida taraqqiy etgan yunon quldorlik davlatlari harbiy jihatdan uyushgan polislar (shaharlar) xarakteriga ega edi. Davlatlarning bunday xarakterga ega bólishi qurolli kuch yordamida itoatguylikda saqlash ehtiyojidan kelib chiqqan edi. Usha vaqtlarda harbiy tayyorgarlik darajasi asosan jangchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasi bilan belgilanar edi. Shuning uchun yunon harbiy-quldorlik polislarida quldorlarni jismoniy jihatdan tarbiyalashga katta e`tibor berilar edi. Erkin bólib tug’ilgan xar bir erkak (quldor) harbiy xizmatni utashga majbur edi. Armiya faqat quldorlardan tarkib topib, ular uchun harbiy ish sinfiy huqimronlikni mustahkamlashning eng muhim qurollaridan biriga aylanar edi. Shuning uchun harbiy tayyorgarlik masalalari va u bilan bog’liq bólgan quldorlarni jismoniy jihatdan tarbiyalash masalasi bu davlatlarning diqqat markazida turar edi.
Turli davlatlarda bólajak jangchilarni tayyorlash maqsadida maxsus tarbiya sistemalari yaratila boshlandi. Bu sistemalar asosini jismoniy tarbiya tashqil etar edi. Spartada va Afinada vujudga kelgan tarbiya sistemalari eng xarakterli sistemalardan edi. Bu davlatlarning óziga xos ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayoti óziga xos tarbiya sistemasining vujudga kelishiga sabab bóldi.
Sparta tizimi. Eramizdan avvalgi IX asrda Sparta shahri vujudga kelib, uning aholisini 9 mingga yaqin quldorlar oilasi, shuningdek, 30 ming hunarmandlar, savdogarlar va yer egalari, 200 ming qul tashkil etgan. Quldorlar (spaitiatlar) qullardan saqlanish va o'zlarini himoya qilishga tayyorlanish maqsadida o'ta qattiq tarbiyaviy tizimdan foydalangan. Bolalar 7 yoshgacha oilada tarbiyalangan. Bu davrda ularni qorong'udan qo'rqmaslik, yig'lamaslik, ovqat tanlamaslikka o'rgatganlar va chiniqtirishga katta ahamiyat berganlar. 7 yoshdan 18 yoshgacha bolalar va o'smirlar davlat tizimidagi tarbiya muassasalarida asosan jismoniy tarbiya bilan shug'ullanganlar. Ularni sovuq va ochlikka bardosh berish, chaqqonlik va og'riqlarga chidash kabi faoliyatlarga o'rgatib, chiniqtirganlar. Yoshlarni nayza va lappak uloqtirish, yugurish, sakrash, kurash va harbiy o'yinlar, yovvoyi hayvonlarni ovlashga o'rgatganlar. Qo'shiq aytish, musiqa va raqs kabi sohalarga ham ko'p vaqt ajratilgan.
Davlat tomonidan belgilangan rahbarlar (pedonom) yosh spartiatlarni mardlik, jasorat, qullarga nisbatan nafrat ruhida tarbiyalaganlar. Shu maqsadda kechalari qullarga qarshi hujumlar, bosqinlar uyushtirganlar. Shubhali qullarni o'ldirishgan. 18-20 yoshli tarbiyalanuv-chilar efeblar (zobitlar) qatoriga qabul qilinib, ular jismoniy va harbiy tayyorgarlikni o'taganlar. Keyinchalik esa ularni harbiy darajalarga ajratib, qariguncha harbiy xizmatda ushlab turishgan.
Sparta tizimi Doriyliklarning Lakoniyani bosib olishi natijasida eramizdan avvalgi IX asning urtalarida vujudga kelgan Sparta davlati dastlab harbiy jihatdan uyushgan urug’chilik ittifoqi xarakteriga ega edi. Sparta bu ittifoqning ko’pgina xususiyatlarini deyarli butun tarixi davomida saqlab kaldi. Bosib olingan mahalliy aholi bosqinchilar-doriyliklar tomonidan juda qattiq ekspluataciya qilish ob`ektiga aylandi. Mahalliy aholi bosqinchilarni barcha qishloq xujaligi va hunarmandchilik mahsulotlari bilan ta`minlashga majbur edi: harbiy jamoalarga uyushgan bosqinchilarning o’zlari esa faqat harbiy ish bilan band edilar. O’z zolimlariga qarshi tez-tez qo’zg’olon kutarib turadigan perieklar va ilotlar ommasi ustidan hokimlikni qullab-quvvatlash zarurligi spartaliklar doim jangovar xolatda turishga majbur qilib va jamoaning shunga muvofiq harbiy lager uyushmasining yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Spartaning 20 yoshdan 80 yoshgacha bo’lgan har bir fuqorasi armiya safida bo’lar, buning ustiga u ko’p vaqtini oilasidan o’zoqda, har kuni biror ma`lum bo’linmaning jangchilari yig’iladigan jamoat oshxonalarida (sissitiyalarda) utkazishga majbur bo’lar edi. Harbiy lager hayoti sharoitlarda o’ziga xos tarbiya sistemasi ham rivojlanib borar edi.
Spartaliklar tarbiyasi sohasida o’z e`tiborini asosan kuchlilik, chidamlilik va epchillikning usishiga qaratar edilar, chunki spartaliklarning qurollanish xarakteri va taktikasi shuni talab qilar edi. Tarbiya maqsadi bo’lajak jangchilarda falangalarning hamjihatligini kuchini va chidamliligini ta`minlaydigan jismoniy fazilatlarini kamol toptirishdan iboratdir. Spartada tarbiya masalalariga katta e`tibor berilar edi. Gudakning tug’ilgan kunidan boshlab uning hayoti davlat nazorati ostida bo’lar edi. Malumotlarda aytishiga qaraganda, biror jismoniy kamchilik bilan tug’ilgan barcha bolalarni uldirganlar, qolgan bolalarni 7-yoshga kirgunga qadar oilada qoldirganlar, sungra 7-yoshdan 14-yoshgacha bo’lgan ug’il bolalar jamoat uylarida yashab, asosan jismoniy tarbiyadan mashq olar edilar. Ular jismoniy mashqlar (yugurish, kurashish, irg’itish) va boshqalar yordamida har qanday qiyinchiliklarni engishga urganar, o’z kuchlari va chidamliliklarini usirar edilar. Ularning murabbiylari va rahbarlari davlat tomonidan belgilangan pedonomlar edi. Har yili shu yoshdagi gruppaga kiruvchi bolalar uchun sinov Zagonlar tashkil etilib, bu sinovlarda ug’il bolalar o’zlarining jismoniy fazilatlarini rivojlantirish borasida bir yil ichida erishgan natijalarni namoyish qilar edilar. 14 yoshga etgan usmirlar uchun sinov yili deb ataluvchi alohida yil belgilanar edi bu usmirlar qurol olar, maxsus otryadlarga gruppalashtirilar va o’z murabbiylari rahbarligida policiya xizmati va harbiy xizmatni utar edilar. Bu sinov yili davomida ular tungi yurish (kriptiya) lar uyushtirar bunday tungi yurishlar vaqtida ularga yulda uchragan har bir ilotni uldirishka, ilotlarning qishloqlariga hujum qilishga, bu qishloqlarni vayron qilib tashlashga huquq berilgan edi. Bu yurishlar ilotlarni qurqitish va yosh spartaliklarni yurish vaqtidagi jangovar xolatga, ilotlarning qo’zg’olonlarini bostirishga o’rgatish maqsadida uyushtirilar edi.
Sinov yili tugashi bilan o’smirlar eyrenlar razryadiga ega bo’lar edi. Eyrenlar (15 yoshdan 20 yoshgacha yigitlar) sistemali jismoniy tayyorgarlik bilan shug’ullanar va ayni bir vaqtda kichik yoshdagi ug’il bolalarni tarbiyalashda pedonomlarga amaliy yordam kursatar edilar.
Yosh spartalik 20 yoshga tulishi bilan yana sinovdan utar va efeblar razryadiga utkazilib, ular qatorida 30 yoshgacha bo’lar edi. Efeblar qushinlar sostavi kiritilar, yurishlarda qatnashar edilar. Ular muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanar, o’zlarida soldat uchun zarur bo’lgan fazilatlarni tarkib toptirar edilar.
Erkak jinsli spartali yoshlar jismoniy tarbiyasining qattiqligi sparta qizlarning ham bundan qattiq tarbiyasiga muvofiq klardi. Qizlar yigitlar bilan bir qatorda jamoat bayramlarida ishtiroq etib, musobaqa va raqslarga qatnashar edilar, yugurish, irg’itish va hatto kurashishga doir mashqlar bilan ko’proq shug’ullanar edilar. Qadimgi manbalarning kursatishicha qizlarni bunday tarbiyalashdan maqsad «bu qizlardan tug’ilgan bolalarning baquvvat va kuchli bo’lishi uchun ularning tanasini kuchli va baquvvat qilish» dan iboratdir.
Quldorlarning Afinada vujudga kelgan tarbiya sistemasi Spartadagi, qattiq bir tomonlama tarbiya sistemasidan (bu erda aqliy ta`limga e`tibor berilmas edi) farq qiladi.
Sparta tizimida qizlarni jismoniy tarbiyasiga ham katta e'tibor qaratilgan. Sog'lom bolalarni dunyoga keltirib, ularni sog'lom qilib o'stirish uchun oilalar ham o'ta sog'lom bo'lishi ko'zda tutilgan. Shu sababli ham qiz bolalarni yugurish, kurash, nayza va lappak uloqtirish kabi mashqlar bilan muntazam ravishda shug'ullantirishgan. Sparta xotin-qizlari ko'proq qullarni saqlashda xizmat qilganlar. Sparta davlati tarbiya tizimini va harbiy sohadagi eng kuchli qismi Gretsiyada tashkil etildi. Ular uzoq yillar davomida yengilmas deb nom qozondi. Sparta atletikachilari ko'pgina olimpiya, pif va boshqa o'yinlarda qatnashib, g'alabalarni qo'lga kiritgan.
Eramizdan avvalgi XII-IX asrlarda qadimgi Yunonistonda (Gretsiya) oddiy zodagonlarning yugurish, kurashish, mushtlashish (qo’l jangi), nayza va lappak (disk) uloqtirish, kamondan o'q otish, g'ildirakli aravalarda ot poygasi kabi o'yin musobaqalarini aks ettiruvchi chizmalar, tasvirlar, haykallar, yodgorliidar, arxeologik qazilmalarda topilgan. Shuningdek, ularning mazmuni, shakllari va mohiyatlari Gomerning «Iliada» va «Odisseya» asarlarida o'z ifodasini topgan.
Afina tizimi. Afina davlatlari ham, xuddi Sparta singari, harbiy quldorlik polislari xarakterida edi. Shu bilan bir vaqtda bu davlatlar konservatiya dehqonchilik Spartasidan savdo-sotiq va xunarmandchilik taraqqiyotining yuksak darajasi hamda qullar mehnatining uyushganligi bilan farq qilar edi. Qullar mehnatining usishi Afina davlatlarida erkin grajdanlar (quldorlar) ning mulkiy tabaqalanishiga sabab bo’ldi, bu ham Soloning (eramizdan avvalgi 594 yil) Afina jamiyatining sinflarga ajralishi to’g’risidagi qonunlarida o’z ifodasini topdi. Harbiy quldorlik polisining xarakteriga muvofiq quldorlik jamoasining barcha a`zolari harbiy xizmat utashi lozim bo’lgan: Solon qonuninga kura, tamomila mulkka ega bo’lmay, turtinchi sinfga ajratilgan grajdanlargina harbiy xizmatdan ozod qilingan. Erkin bo’lib tug’ilgan askar kishining hammasining armiyaga jalb etilish sababi davlat to’zilishining o’ziga hoslig bo’lib bu davlat to’zilishida harbiy majburiyatni utaydigan demosning barcha tabaqalari grajdan huquqlaridan foydalanar edilar.
Afina iqtisodiy qudratining usishi sharoitida madaniyatining barcha sohalari ravnaq topdi, buning natijasida Afina davlatlari Greciyaning madaniy hayotida asosiy mavqeyini egalladi. Afina davlatining bu hususiyatlari bu erda tarkib topgan tarbiya sistemasida ham o’z ifodasini topdi Afina tarbiyasining maqsadi ham, xuddi Spartadagi singari quldor jangchini tayyorlashdan iborat edi. Biroq Afina qushinlari spartaliklardan farq qilib og’ir askar bilan qurollangan piyoda askarlardangina emas, balki falanga safidan tashqarida haraqat qiladigan engil qurollangan askarlardan ham iborat edi.
Afinaning yuksak iqtisodiy va madaniy rivojlonishi sharoitlarida jangchini tayyorlash maqsadida jismoniy tarbiyadagin emas balki ham aqliy, ham estetik tarbiyadan keng foydalanish yuli bilan erishilar edi. Afinaliklarning o’zlari guvohlik berishicha, jangchini tayyorlash «tashqi va ichki go’zallik» ka erishishdan iborat edi. Bu o’rinda ichki go’zallik tushinchasi quldorlik davlati fuqoralari zimmasiga yuklanadigan majburiyatlarni bajarish mahorati va qobiliyatini anglatadi.
Afinadagi ug’il bolalar 7 yoshgacha uyda tarbiyalanar edi. Uy tarbiyasining asosiy vazifasi turli o’yinlar yordamida bolani jismoniy jihatdan chiniqtirishdan iborat edi. Bolalar 7 yoshdan 14-16 yoshgacha xususiy maktablarda uqitilar edi. Grammatika maktablarida bolalarga savod, musiqa va ashula, gimnastika maktablarida jismoniy mashqlar o’rgatilar edi. Palestrada jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi sifatida yunonlarning beshkurash musobaqasi: yugurish, sakrash, disk va nayza uloqtirish hamda kurashdan foydalanilar edi. Palestralarning asosiy maqsadi jismoniy jihatdan tayyorlashdan, jangchiga zarur bo’lgan mardlik va qat`iy irodani tarbiyalashdan iboratdir: shu bilan bir vaqtda palestralar o’z oldiga xushbichim gavdani tarkib toptirish, epchil va chiroyli harakatlarni hosil qilish vazifasini ham quyar edi. Gimnastika mashqlari natijasida «yigitlar o’z bilimlarini jangda qullashga majbur bo’lganlaridan, kutilmaganda zarur bo’ladigan kunikmalarni hosil qiladilar», palestralar emas shu maqsadda «eng yaxshi mashqlardan foydalanib, yalang’och a`zo-yu badanlarini chiniqtirar uni sog’lom, baquvvat, chaqqon, xushbichim va dushman zarbiga chidamli qilar edilar»
Palestralarda pedotriblar ta`lim berar edi ular mashqlarni barcha turlari yuzasidan mashg’ulotlar utkazar edilar: lekin har bir pedotrib unchalik ko’p bo’lmagan o’quvchilar bilan mashg’ulot utkazar edi.
Quldar yigitlar 14-16 yoshdan 18 yoshgacha gimnasiyalarda ta`lim olar edi. Bu muassalar birinchi navbatda yoshlarni gimnastika sohasida kamol toptirishga muljallangan edi. Bu erda ta`lim oluvchilarga utkazadigan palestralardan farqli ravishda gimnasiyalardagi pedotriblar mashqlarning ayrim turlari yuzasidan mutaxassislar edi. Pedotriblarning ishiga medicinaga doir ayrim bilimlardan xabardor bo’lgan gimnastikachilar rahbarlik qilar edilar. Aristotelning so’ziga kura, gimnastikachilar ug’il bolalar organizmini tegishli xolatga keltirishlari pedotriblar esa ularni gimnastika mashg’ulotlari bilan rivojlantirishi lozim bo’lgan.
Afinadagi quldor yoshlarni tarbiyalashning ohirgi bosqichi Efebiya o’ziga xos harbiy davlat tashqiloti bo’lib, bu tashqilotga (ancha badavlat) uch sinflardan ikki yil muddat bilan (18 yoshdan 20 yoshgacha) yigitlar kiritilar edi. Efebiya qilichbozlikka, yoydan otishga, nayza uloqtirishga va manjanikdan otishga o’rgatadigan uqituvchilar ta`lim berar edi. Birinchi yil davomida Efeblar gimnasiya bilan aloqasini o’zmay, unga qatnashib turar va o’zining umumiy jismoniy tayyorgarligini takomillashtirib borar edi. Shu bilan ayni bir vaqtda ular odatda yurishni, qush-g’ildirakli aravada (kolesnicı) yurishni, suvda so’zishni va hokazolarni mashq qilar edilar. Efebiyada ta`lim olishning ikkinchi yili boshlarida yosh jangchilarni o’zlarining bir yillik harbiy tayyorgarlik sohasida olgan bilimlarni xalq oldida namoish qilar edilar. Shundan keyin ularga qalqon va nayza berib harbiy xizmatni utash uchun chegaradosh garnizonlarga junatar edilar. Yosh afinaliklarni tarbiyalash shu bilan tugallanar edi. Lekin keyinchalik ham qatta yoshga kirib qolgan chog’larida ham afinaliklar o’z jismoniy tayyorgarligining saqlanib turishi va rivojlanib borishi to’g’risida g’amxurlik qilganlar. Ular odatda etralabdan kechgacha ochiq bo’lgan gimnasiyalarga tez-tez kelib turishar va bu erda yoshlarning mashg’ulotlarini tomosha qilibgina qolmasdan, mashqlarni o’zlari qilishar edi.
Qadimgi Greciyaning jismoniy tarbiyasi sistemasiga «Gimnastika» degan umumiy nom bilan birlashtirilgan jismoniy mashqlar shaklidagi vositalardan foydalanilgan. Qadimgi Yunon gimnastikasi o’z mazmuninga kura ichki qismga Polestrika, Orxestrika va o’yinlarga ajratilgan.
Sekin-asta jismoniy tarbiyaning pedagogik va ilmiy nazariyasi paydo bo'la boshladi. Qadimgi faylasuf olimlar — Platon, Aristotel va boshqalarning asarlarida tarbiya ta'lim tizimidagi jismoniy tarbiyaga yuksak baho berildi.
Platon (eradan avvalgi 427-347 y.y.) Afina zodagonlari vakili, faylasuf-idealist (g'oyachi) insonning ma'naviy va jismoniy sifatlari haqidagi nazariyaning asoschisidir. U Sparta tizimiga moyillik bildirib, harbiy-jismoniy tarbiyani aqliy tarbiya va ta'lim bilan qo'shib olib borishni ko'zda tutdi. Platon o'zining (davlat) asarida shunday degan: «Yaxshi gimnastika ham oddiy bo'ladi, lekin eng avvalo, harbiy gimnastika bo'lishi lozim».
Aristotel (eramizdan avvalgi 384-322 y.y.). Yirik olim va faylasuf, Platonning o'quvchisi va Aleksandr Makedonskiyning ustozidir. Uning ta'limoti dialektika sohasida yuksak baholanadi. Chunki u shakl va mazmun birligi haqidagi g'oyani olg'a suradi. Shu bilan birga borliqning rivojlanishini isbotlaydi. Insonning ruhi va tanasi ajramlas holda bog'liq ekanligini tushuntirib beradi. Jismoniy tarbiyaning aqliy tarbiya bilan hamohangligini ta'kidlaydi.
Aristotel o'g'il bolalarni jismoniy jihatdan mustahkam qilib tarbiyalash tarafdori bo'lgan.
U Platondan farqli o'laroq tarbiyada ko'proq ta'lim-tarbiyaga o'rin berishni, gimnastika mashqlari hajmini kamaytirishni taklif etadi. Chunki gimnastikada ko'proq harbiy jismoniy tarbiya va ta'lim ko'zda tutilgan va u bolalar uchun juda murakkab jarayon, deb hisoblaydi.
Demokrit (eramizdan avvalgi 460-370 y.y). Jismoniy mashqlar insonning shakllanishida muhim o'rin tutadi, ya'ni tabiiy holatni rivojlantirishda ustunroqdir, deb ta'lim beradi.
Sokrat (eramizdan avvalgi 469-399 y.y.) aytishicha, mustahkam sog'liq ko'pgina illatlardan saqlashga kafolatdir. Qadimgi grek shifokori Gippokrat (eramizdan avvalgi 460375 y.y.) ta'biri va ta'limi bo'yicha, jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish turli xil kasalliklarni oldini olish (profilaktika) va davolashda muhim ahamiyatga egadir.
Qadimgi greklarda jismoniy tarbiya asosan gimnastika va agonistikadan iborat bo'lgan. Gimnastika umumiy jismoniy tarbiyada qo'llanilgan. Agonistika tizimida esa maxsus tayyorgarlik va boshqa musobaqalarda qatnashish ko'zda tutilgan. Gimnastika maxsus tizim sifatida palestrika (kurash), orxestrika (raqs) va o'ynlarni o'z ichiga olgan. Palestrika pentatlon (besh kurash: yugurish, uzunlikka sakrash, nayza va lappak uloqtirish, kurash) va pankration (kurash va qo’l jangi)dan iborat bo'lgan. Shuningdek, suzish, mushtlashish, otda yurish, kamondan o'q otish va boshqalar mashqlar ham kiritilgan. Orxestrika asosan musiqa jo'rligidagi raqslardan tashkil topgan. O'yinlar esa tayoqlar, g'ildiraklar, chavgon, shar, to'plar bilan gimnastika qilishdan iborat bo'lgan.
Yuqorida ta'kidlangan turlardan Olimpiya bayramlarida (agonlarda) ko'proq foydalanilgan. Olimpiya bayramlari va boshqa gimnastika o'yinlari (agonlar). Qadimgi Gretsiyaning shon-shuhratini ko'tarishda Olimpiya va gimnastika agonlari o'rni alohida ajralib turadi.