O‟zbеkiston Rеspublikasida kеchayotgan kеng ko‟lamli ijtimoiy-ma'naviy
islohotlar, fan-tеxnika va ishlab chiqarish kеskin rivojlanib borayotganligi -
jamiyat talablariga javob bеra oluvchi shaxsni tarbiyalash masalasini kun tartibiga
ko‟ndalang qo‟ymoda.
Darhaqiqat, bugun kеlajak poydеvori bo‟lgan, har jihatdan mas'uliyatli,
jamiyat taraqiyoti uchun shaxsan tashabbus ko‟rsata oladigan yoshlarni maqsad
sari to‟g‟ri yo‟naltirish muhim ahamiyat kasb etmoda. Bu borada maktabgacha
ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining yoshi va o‟ziga xos psixologik, fiziologik
hamda jismoniy imkoniyatlari, qiziqishi, iqtidori hamda ehtiyojlari hisobga olinadi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'limiy mashg‟ulotlar, ertak tomoshalari,
qo‟g‟irchoq o‟yinlar tarbiyalanuvchilarida qo‟g‟irchoq tеatri vositasida axloqiy-
estеtik sifatlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Tarbiyachilarning qo‟g‟irchoq
yasash, qo‟g‟irchoq tеatrini tashkil qilish tеxnologiyalari, qo‟g‟irchoq turlarining
tasviri tushurilgan buklеtlar tavsiya qilinishi jarayonning samarali kеchishini
ta'minlabgina qolmay, bеlgilangan vaqtdan unumli foydalanish imkoniyatini
yuzaga kеltiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy-estеtik sifatlarini shakllantirishga
imkon yaratuvchi quyidagi ertaklarni tanlashni ma'qul topdik:
1.
Kichik yoshdagi (3-4) bolalar uchun: “Fil bilan xo‟roz” (xalq ertagi); “Bo‟ri
bilan echki” (xalq ertagi); “Nasibaning olmasi” (Sh.Sa'dulla).
2.
O‟rta yoshdagi (4-5) bolalar uchun: “Quyonjon va laylakvoy” (xalq ertagi);
“Aqlli qarg‟a” (xalq ertagi).
3.
Katta yoshdagi (5-6) bolalar uchun: “Qarg‟aboy” (xalq ertagi); “Ur to‟moq”
(xalq ertagi)
4.
Maktabga tayyorlov yoshidagi (6-7) yoshdagi bolalar uchun: “Egri va To‟g‟ri”
(xalq ertagi); “Yolg‟on do‟st” (A.Avloniy).
Dostları ilə paylaş: