maqsadlardan foydalanmaydigan buyum bo„lib hisoblanadi. O`yinchoqda
buyumlarning tipik hususiyatlari umumiy tarzda aks etadi.
Pedagog A.S.Makarenko, «O`yinchoq o„yinning «material asosi», o`yinchoq
o„yinni yaratishda ishtirok etadi, bolaning o„ziga xos sherigi sifatida namoyon
bo„ladi, uning shaxsiga ta‟sir ko„rsatadi», - deb ta‟kidlaydi. Rus pedagoglari -
o`yinchoq bolalarga atrofdagi mavjud voqe‟likni o„rganishga yordam beradigan,
ranglar, buyumlar ko„lamini ularning materiallarini farqlash malakasini
rivojlantiruvchi vosita, deb ta‟kidlab, bola dunyoqarashini
kengaytirishdagi
ahamiyatini ko„rsatib berdilar.
Xalq pedagogikasida o`yinchoqlarning butun bir tizimini ishlab chiqilgan
bo„lib, bular bolaning sensor qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan.
O`yinchoqlar
– bolalarning nutqqiy faolligini uyg„otadi, lug„at boyligini
oshiradi, ularda tahlil qilish yaxlit holatga keltirish, umumlashtirish, taqqoslash,
tavsiflash diqatni jamlash va barqarorligini rivojlanishida muhim bir vositadir.
O`yinchoq bolalarda – ma‟naviy-axloqiy tuyg„ularni (mehribonlik,
avaylash,
e‟tiborlik) shakllantiradi, atrof muhitga ijobiy munosabatni uyg„otadi.
O`yinchoqlar va o„yinlar xalq pedagogikasining eng samarali vositasi bo„lib,
tarbiyani ular orqali singdirish qulay yo„llardan biri sanalgan.
Shu sabab ota-bobolarimiz, momolarimiz o`yinchoqlarning ahamiyatiga
alohida diqat qaratishgan. Ajdodlarimiz milliy xususiyatlarni aks ettiruvchi
o`yinchoqlarga turli matolar vositasida bezak berishgan. Bunday o`yinchoqlar
millatga xos urf-odat, qadriyatlarni aks ettirgan.
Hozirda esa savdo rastalarida milliy o`yinchoqlar bilan bir qatorda g„arb
davlatlari andazasidagi zamonaviy o`yinchoqlarni ham topishimiz mumkin.
Bugungi
kunning
ota-onalari
farzandlari
uchun
xarid
qiladigan
o`yinchoqg„ining qayerda tayyorlanganligiga, shakli,
qaysi hayvon yoki buyumga
bog„liqligiga, qanday o„ynalishiga va bola ruhiyatiga ko„rsatadigan ta‟siriga katta
e‟tibor berishlari lozim. Bir so„z bilan aytganda, bola uchun qanday o`yinchoq
tanlash kerakligini yaxshi bilishlari zarur. Chunki o`yinchoqlar bolaning ruhiy
jihatdan me‟yoriy rivojlanishi uchun zarur vosita vazifasini o„taydi.
Psixologlar o„yinning maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatida yetakchi
jarayon ekanligini ta‟kidlab, insonga o„qishda, odamlar bilan muloqot-
munosabatda, ijodda zarur bo„ladigan barcha sifatlarning kurtaklari o„yinda shakl-
lanishini qayd etadilar. O„yin faoliyatida bolaning tasavvuri,
xayoli rivojlanadi
hamda u diqqatini bir joyga to„plashga o„rganadi. Aynan o„yin faoliyatida
kichkintoylar o„zlarining harakatlarini boshqarishni, o„z xohish-istaklarini nazorat
qilishni, xatti-harakatlarini maqsadga yo„naltirishni o„rganadilar.
O`yinchoqlar esa uning bilish jarayonlarini shakllantirish va ruhiy rivojlanishi
uchun asosiy omil bo„lib xizmat qiladi. O`yinchoq bola uchun shunchaki
ko„ngilxushlik vositasi, deb hisoblaganlar adashadilar. O`yinchoq bola ruhiy
rivojlanishiga kuchli ta‟sir ko„rsatuvchi omildir. Aniqrog„i, farzandingizning ruhiy
rivojlanishiga uning o`yinchoq bilan bajaradigan harakatlari, muloqoti kuchli ta‟sir
ko„rsatadi. Bolalar mehnat va turmushda qo„llanuvchi buyumlarning nusxasi
bo„lgan o`yinchoqlarni o„ynash orqali turli
narsalarning nima masadda
ishlatqilishini tushunib, asta-sekin haiqiy buyumlar olamiga psixologik jihatdan
kirib boradi. Farzandingiz turli xil qqo„g„irchoqqlar, hayvonchalar ko„rinishidagi
o`yinchoqlar bilan o„ynaganda, boshqalarga g„amxo„rlik qilish, hamdard bo„lishni
o„rganadi,
uning
emotsional-hissiy
muloot
ko„nikmalari
rivojlanadi.
O`yinchoqning bola ruhiyatiga ta‟sirini inobatga olsak, o`yinchoq tanlashda ota-
onadan alohida hushyorlik talab qilinadi. Shiqildoq o`yinchoqlar chaqaloning
psixofiziologik rivojlanishiga ta‟sir etib, bunda kichkintoyning
ovoz eshitish
sezgisi oshadi. Ammo o`yinchoqning ovozi juda baland bo„lmasligi zarur. Bu
go„dakni cho„chitib, qo„rqitib yuborishi mumkin. Chaqalolar besh oylikdan
oshganidan so„ng narsalarni mustail ushlab, his qilish qobiliyatiga ega bo„ladi.
Kichkintoy sakkiz oylik bo„lganida taxtadan yasalgan kubiklar berilsa, bu uning
sog„ligi uchun zarar yetkazmaydi. Chunki ular tabiiy toza xomashyodan yasaladi.
So„nggi paytlarda bolalarni maktabga ertaroq tayyorlashga qiziqish ortib, har
xil
didaktik, ya‟ni muayyan aqliy qobiliyatlarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi
o`yinchoqlar ancha xaridorgir bo„lib oldi. Bunday o`yinchoqlarni o„ynashning
foydali tomonlarini inkor etib bo„lmaydi, ammo bolalikdan tom ma‟nodagi o„yin
yo„qolib, uning o„rnini o„quv mashg„ulotlarining topshiriqlariga o„xshash narsalar
egallashiga yo„l qo„yish mumkin emas. Ota-onalar har xil rivojlantiruvchi didaktik
o`yinchoqlarni qidirishga ko„p vaqt sarflamay, farzandiga odatdagi oddiy
o`yinchoqlarni olib bergani ma‟qul. Ota-ona, shuningdek, bolada harakat
ko„nikmalarini rivojlantiruvchi o`yinchoqlar haqida ham unutqmasligi kerak. Zero,
to„g„ri tanlangan o`yinchoq bolaning shaxs sifatidagi rivojiga ijobiy ta‟sir ko„r-
satadi.
O`yinchoq tanlashda – bolaning yosh
va individual xususiyatlarini,
qiziqishlari, istaklari hisobga olinadi. Maqsadga qaratilgan bunday yondoshuv -
o`yinchoq tanlashga bo„lgan talabni yanada oshiradi. Asosan: pedagogik,
gigiyenik, badiiy talab orqali o`yinchoq tanlanadi.
Dostları ilə paylaş: