Badiiy talablar:
shakl, bo„yoq va bezaklar bilan har tomonlama
uyg„unlashuv, bir-birini rang va shakl jihatdan to„ldirib, ta‟kidlab, o`yinchoqning
badiiy ifodaliligini oshiradi. o`yinchoqlarning tuzqilishi va bezalishi bolalarning
turli yosh bosqichlarda idrok etish xususiyatlariga to„la mos kelmog„i lozim.
To„g„ri tanlangan o`yinchoq - bolaning jismoniy, axloqiy,
aqliy va badiiy-
estetik tarbiyasi rivojiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi.
Bolani aqliy jihatdan tarbiyalashda didaktik o`yinchoqlarning butun bir
tizimi katta ahamiyat kasb etib, sensor va nutq rivojiga,
fikrlash jarayonlari va
diqqatini tarbiyalaydi, buyum va uning xususiyatlariga, qurilishiga bo„lgan qiziqish
shakllanadi, bilim-tushunchalari boyib boradi.
Bolani axloqiy tarbiyalashda - o`yinchoq bolani quvontiradi, atrofdagilarga
nisbatan ijobiy munosabat hosil qiladi, birgalikda o„ynash tuyg„usini uyg„otadi va
ijobiy his-tuyg„ularni tarkib toptiradi. Axloqiy his-tuyg„ularni
shakllantirishda
qqo„g„irchoqq muhim ahamiyatga ega. qqo„g„irchoqq - o„zining keng ma‟noli
xislatlari bilan bola hayotiga kirib keladi. Milliy qqo„g„irchoqq - bolalarni boshqa
millatga mansub bo„lgan tengdoshlariga bo„lgan ijobiy munosabatni tarbiyalash
manbalaridan hisoblanadi. San‟atni birinchi yorqin obrazli va eng tushunarli
buyumi bo„lgan o`yinchoq estetik hislar va kechinmalar uyg„otadi, estetik tarbiyani
to„plashga yordam beradi va badiiy didni shakllantiradi. Shu o„rinda bolalarga
yaqin va tushunarli bo„lgan xalq o`yinchoqlarining ahamiyatini alohida ta‟kidlash
lozim.
Bolaning jismoniy tarbiyasida o`yinchoq
bolalarni turli rang-barang
harakitlarga undaydi va bolaning faol harakatga bo„lgan ehtiyojini qondiradi.
Tezkor javob reaksiyasini, harakatlarning aniqligi va muvofiqlashtirishini
rivojlantiradi.
Ilk yoshdagi bolalarga mo„ljallangan ko„p o`yinchoqlar (shalqdoqlar, rezina
koptokchalar, shaklchalar va boshqalar) bolada ko„rish
va eshitish diqqatini
rivojlantiradi, ushlash harakatlari va buyumli harakatlarni o„stirishga yordam
beradi.
O`yinchoq - ta‟limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega.
O`yinchoqlarning turlari va ko„rinishlari bo„yicha quyidagi turkumlarga
ajratiladi:
- syujetli-obrazli;
- texnika o`yinchoqlari;
- qurish – yasash, qurilish materiallari o`yinchoqlari;
- didaktik o`yinchoq va o„yinlar;
- sport va harakatli o„yinlar uchun mo„ljallangan o`yinchoqlar;
- yig„ma – bo„linma o`yinchoqlar;
- teatr va dekorativ o`yinchoqlar; (soya va qqo„g„irchoqq teatrlarining
personajlari, drammalashtirilgan o„yinlar uchun kiyimlar, archa o`yinchoqlari);
- o`yinchoq - ermaklar;
- ohang chiqaruvchi musiqaviy o`yinchoqlar;
- qo„lbola o`yinchoqlar va o„yin materiallari, turli-tuman o„yin jihozlari.
Dostları ilə paylaş: