Soliqni hisoblab chiqarish, to’lash va soliq hisobotini taqdim etish tartibi Soliqni hisoblab chiqarish, to’lash va soliq hisobotini taqdim etish tartibi Soliq agentlari soliqni o’zi soliq hisobida turgan joy bo’yicha to’laydi. Soliq to’lovchilar bo’lmagan soliq agentlari o’zi soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga tegishli soliq hisobotini Soliq kodeksining 255 va 256-moddalariga muvofiq to’lash amalga oshirilgan o’tgan soliq davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay taqdim etishi shart.
Soliqni hisoblab chiqarish, to’lash va soliq hisobotini taqdim etish tartibi Soliq hisobotiga soliq to’lovchining xaridlar reestrida va sotuvlar reestrida ko’rsatilgan ma’lumotlar kiritiladi.
Soliq agentlari, shuningdek vositachilik (topshiriq) va transport ekspeditsiyasi shartnomalari asosida boshqa shaxsning manfaatlarni ko’zlab tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar olingan va taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar daftarlaridagi ma’lumotlarni ham belgilangan shakl bo’yicha taqdim etishi shart.
Soliqni hisoblab chiqarish, to’lash va soliq hisobotini taqdim etish tartibi Xaridlar va sotuvlar reestrlarini, shuningdek kelib tushgan va taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish daftarlarini yuritish shakllari va tartibi O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Soliqni hisoblab chiqarish, to’lash va soliq hisobotini taqdim etish tartibi Soliq kodeksining 274-moddasiga muvofiq, o’rni qoplanishi lozim bo’lgan soliq summasi, agar Soliq kodeksida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq bo’yicha kelgusi to’lovlar hisobidan hisobga olinadi.
Soliq to’lovchi o’rni qoplanishi lozim bo’lgan soliq summasini soliq organlariga soliq summasini qaytarish to’g’risida berilgan arizaga asosan qaytarish huquqiga ega.
Agar kameral soliq tekshiruvi natijalariga ko’ra soliq organi qaytarish uchun arizada ko’rsatilgan soliq summasining o’rnini to’liq yoki qisman qoplash to’g’risida qaror qabul qilsa, mazkur soliq summasi soliq to’lovchiga soliq summasini qaytarish to’g’risida ariza berilgan sanadan e’tiboran oltmish kundan kechiktirmay qaytariladi.