4-Mavzu: Rangli metallar. Rangli metallar qotishmalari. Rangli metall ishlab chiqarish. Mis va uning qotishmalari. Reja: Latunlar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə4/20
tarix20.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#163503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
4-Mavzu Rangli metallar. Rangli metallar qotishmalari. Rangli m

Nazariy savollar:
1. Alyuminiy qotishmalari nechta guruhlarga bo‘linadi.
2. alyuminiy birikmalarini olish jarayoni nechta bosqichga ajratiladi.
3. Magniyli qotishmalar qanaqa tarmoqlarda ishlatiladi.

6-Mavzu:Antifriktsion, Kukunli va metallokeramik qotishmalar.
Reja:
1. Antifriksion qotishmalar
2. Antifriksion materiallar
3. Kukun metallurgiyasi
Bu qotishmalar Sn, Fe, Cu, Al elementlari asosida olinib,
sirpanish podshipniklarining vkladishlari, ya’ni val bilan
ishqalanib ishlaydigan yuzalari tayyorlanadigan qotishmalarga
antifriksion qotishmalar deyiladi. Bu materiallar val
sirtiga oson moslanuvchan, yetarli darajada yuqori mexanik
xossalarga ega bo‘lgan, o‘zida moyni saqlay olishi,
ishqalanish koeffisiyenti kichik, issiqlikni yaxshi o‘tkazishi,
korroziya-bardoshligi va suyuqlanish temperaturasi deyarli
past bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lmog‘i lozim. Bunday
talablarga javob beradigan materiallarga babbitlar, bronzalar,
antifriksion cho‘yanlar va boshqa materiallar kiradi.
Shuni qayd etish lozimki, bunday qotishmalarda puxta,
nisbatan plastik va qovushoq asosida tayanch vazifasini
o‘taydigan qattiq qo‘shimchalar bo‘ladi. Ish jarayonida asos
materiali tez yeyilib, mikroskopik ariqchalar hosil bo‘lib,
ularga moy o‘tib, yuzani moylab turadi, yeyilish mahsulotlari
esa moyga o‘tadi. Shu boisdan moy vaqti-vaqti bilan
almashtiriladi.
Ma’lumki, qalayli babbitning narxi qimmat, shu boisdan
ulardan og‘ir sharoitda ishlovchi podshipnik vkladishlaridagina
foydalaniladi. Boshqa hollarda qalay tejash uchun
qo‘rg‘oshin, surma, mis, nikel va boshqa elementlar
qo‘shiladi.
Antifriksion materiallar sifatida bronzalar (BrOSS5-5-5,
BrOSS4-4-17, BrS30) latun, cho‘yan, tekstolit, rezina va
boshqa materiallardan ham foydalaniladi.
13-jadvalda amalda ko‘proq ishlatiladigan antifrik-sion
qotishmalarning xili, tarkibi, qo‘llanish sharoiti va ishlatilish
joylariga misollar keltirilgan
Kukun metallurgiyasi - metallurgiyattg metall va metallmas kukunlar ishlab chiqarish va ulardan buyumlar tayyorlash sohasi. Metall bilan metallmas materi-allar kukunidan tayyorlanadigan ma-teriallar metallokeramik qo-tishmalar, metall kukunidan tayyorlanadigan materiallar esa kukun q o -tishmalari deb ataladi. Metall kukunlardan buyumlar tayyorlash prin-sipini dunyoda birinchi marta 1826-yilda rus metallurglari P.G. Sobolevskiy va V. V. Lyubarskiy yaratishdi; plativa kukunini presslab va pishiribbuyum tayyorlashgan. Keyinchalik rus olimi N. N. Beketov 1865-yilda baʼzi metallar kukunini olishning nazariy asoslarini bayon kildi. 20-asrning boshlariga kelib Kukun metallurgiyasi usullari AQSH, Germaniya, Angliya, Rossiya sanoatlarida qoʻllanila boshlandi.
Kukunlardan metall materiallar (buyumlar) ishlab chiqarish uchun, dastlab, metallar yoki metallar bilan metallmas materiallarning mayin kukunlari tayyorlanadi. Metall kukunlari tayyorlashda, asosan, qattiq metallarni mexaniq maydalash, metallarning qattiq birikmalarini (metall oksidlarini) qaytarish, elektroliz, suyuq metallarni purkash usullari qoʻlla-niladi. Soʻngra kukunlardan dastlabki maʼlum kimyoviy tarkib va xossali aralashma (shixta) tayyorlanadi va undan kerakli buyumning zagotovkasi qoliplarga solib tayyorlanadi hamda presslanadi, keyin asosiy komponen-tning suyuqlanish temperaturasidan pastroq temperaturada, asosan, elektr pechlarda qovush-tirilgan zagotovkalarga sovuqlayin yoki qizdirib qoʻshimcha ishlov beri-ladi.Metallokeramik qotishmalar (kesuvchi asboblar, burgilar, shtamplar va boshqa tayyorlash uchun ishlati-ladigan krtishmalar)dan yasalgan as-boblarning kesish xossalari 1000° da ham saqlanib qoladi. Metallokeramik qotishmalar tarkibiga volfram kar-bidi, titan karbidi va kobalt kiradi.
Quyish yoʻli bilan hosil qilib boʻlmaydigan qotishmalarni ham Kukun metallurgiyasi usullaridan foydalanib olish mumkin. Boʻlarga gʻovak antifriksion kukun qotishmalari kiradi! Ular qora va rangli metallar kukunlaridan tayyorlanishi mumkin. Bu qotishmalardan avtomobil dvigatellarining porshen halqalari, oʻz-oʻzidan moylanadigan podshipniklar va mashivalarning ishqalanuvchi boshqa detallari tayyorlanadi.
Kukun metallurgiyasi usullari qiyin suyu klanu vch i (suyuqlanish temperaturasi yuqori) volfram, molibden, tantal, titan, niobiy va boshqa olishga ham imkon beradi. Buning uchun shu metallarning oksidlari vodorod okimida qaytarilib, kukun holidagi toza metallar olinadi va presslanib, briket qilinadi, ular maʼlum temperaturagacha qizdirilib qovushtiriladi. Qovushtirilgan metall ikki elektrod orasiga oʻrvatilib, elektr toki bilan qizdiriladi, bolgʻalanadi yoki prokatlanadi. Ogir k°tishmalar (80—90% volfram, 15—7,5% nikel va 5—2,5 % mis) deb ataladigan krtishmalar ham Kukun metallurgiyasi usulidan foydalanib tayyorlanadi. Ogʻir qotishmalarning solishtirma ogʻirligi 16,3—17, mexaniq xossalari esa yuqori boʻladi (qarang Volfram qotishmalari). Alsifer ku-kunidan tayyorlangan qotishmalarning magnit kirituvchanligi yuqori boʻlganligidan ular magnitoelektriklar yasash uchun ishlatiladi. Kukun metallurgiyasi boshqa usullar bilan hosil qilish mumkin boʻlmaydigan yoki iqtisodiy jihatdan foydali boʻlmagan materiallardan buyumlar tay-yorlashga imkon beradi. Mas, keramika bilan metall kukunlaridan k ye r m ye t -l a r deb ataladigan qiyin suyuklanuvchi qotishmalar tayyorlanadi. Kermetlar tarkibidagi metall (mas, temir, nikel, xrom, mis, volfram, marganets va boshqalar) keramika zarralarini bir-biriga bogʻlovchi material rolini oʻyvaydi. Keramika materiali sifatida metall oksidlaridan iborat istalgan keramikadan foydalanish mumkin. Kermetlarga 70% A10O3 va 30% Sg dan iborat kukun qrtishmasi misol boʻla oladi. Bunday kermet 9000 MN/m2 bo-sim ostida presslanib, 1700° temperaturada qovushtirilgandan soʻng u 1500° temperaturagacha chidaydi. Kermetlar texnikaning yuqori temperaturalarda chidamlilik va krvu-shoklik talab etiladigan sohalarida ishlatiladi.
Kukun metallurgiyasi usullari suyukdashtirilganda bir-biri bilan aralashmaydigan metallar, mas, volfram bilan misdan kukun qotishmalari tayyorlashga ham imkon beradi. Kukun metallurgiyasi usullaridan foydalanib, metall tolalardan tolali mettal-lokeramika deb ataladigan mate-riallar tayyorlanadi. KUKUNOR (mongol tilida — moviy koʻl), Sinxay — Xitoydagi okmas shoʻr koʻl, Markaziy Osiyoda eng katta. Vanshan togʻlarining sharqiy qismida, 3205 m balandlikda. Oʻz. 105 km cha-masida, eni 65 km gacha, maydoni 4,2 ming km², eng chukur joyi 38 m. Qirgʻoqlari kam parchalangan; koʻlning qad. terrasalari saqlangan. Bir necha qumli orol bor. K.ga 23 daryo quyiladi, ular ichida eng sersuvi — Buxin-Gol daryosi delta hosil qiladi. Yozda koʻl suvi temperaturasi 18—20° ga yetadi, noyabrdan mart oyigacha muzlaydi. Baliqqa boy. Sinxayxu fauva buyurtma qoʻriqxonasi tashqil etilgan. Metall va nometall materiallar kukunlaridan turli xil
detallar tayyorlash usuli kukun metallurgiyasi deyiladi. Bu usulda tayyorlangan detallar geometrik shaklining aniqligi, yuza g‘adir-budurligining kichik-ligi, yeyilishga chidamliligi, metall tejalishi, metall kesib ishlovchi stanok va keskichlarga zaruriyat yo‘qligi, malakali ishchilar talab etmasligi, ish unumining yuqoriligi, maxsus xossali detallar tayyorlanishi va boshqa ko‘rsatkichlarga ko‘ra mashinasozlikda tobora keng qo‘llanilmoqda. Masalan, kukun materiallaridan avtomobil hamda traktorlarning moy nasosi, shesternyalari, paxta terish mashinalarining shpindellari, sirpanish podshipniklari, kirya asboblar, turli keskichlar kallaklariga kavsharlanadigan qattiq qotishma plastinka va boshqalar tayyorlanadi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin