4-mаvzu. Sex tarkibini tanlashning asosiy tamoyillari. Reja



Yüklə 36,22 Kb.
səhifə3/4
tarix16.12.2023
ölçüsü36,22 Kb.
#183876
1   2   3   4
Ma\'ruza №4

Texnologik jarayon deganda materialni yoki yarimfabrikatni ketma-ket shakli, o'lchami va material xususiyatining detal yoki mahsulot olish maqsadida o‘zgarishi tushuniladi.
Ishlab chiqarish jarayoni deganda material va yarimfabrikat- lardan tayyor mashina olish uchun bajariladigan barcha jarayon- lar yig‘indisi tushuniladi.
Ishlab chiqarish jarayoniga faqatgina detal olish va mashina yig'ish uchun asosiy jarayonlar kiribgina qolmay, balki asosiy jarayonlarning bajarilishini ta’minlovchi yordamchi jarayonlar ham kiradi (masalan, material va detallarni tnshish, nazorat qilish, moslama va asboblar tayyorlash, asboblarni charxlash).
Ishlab chiqarish jarayoni quyidagi bosqichlarga bolinadi:
Detallar zagotovkasini tayyorlash, quyish, bolg'alash, shtampovkalash yoki prokat materiallarga dastlabki ishlov berish.
Kerakli o'lchamli va shakldagi tayyor detal olish uchun zago- tovkalarga metall kesish dastgohlarida mexanik ishlov berish.
Uzellar va agregatlarni yig'ish, ya’ni alohida detallarni uzellarga, uzellarni agregatlarga biriktirish, yakka tartibli ishlab chiqarish sharoitida chilangarlik ishlov berish va detallarni yig'ish joyiga tashish ishlari bajariladi, ommaviy va yirik seriyali ishlab chiqarish sharoitlarida qo'llanilmaydi. Ushbu ishlab chi- qarishlarda metall kesish dastgohlarida detallarga ishlov ben- ganda chegaraviy kalibrlar qo'llanilib, detallarni o'zaro alma- shuvchanligiga erishiladi.
Yaxlit mashinani umumiy yig'ish.
Mashinani sozlash va sinash.
Mashinani bo'yash. Bo'yash ishlari bir nechta jarayondan ibo­rat bo'lib, texnologik jarayonning turli bosqichlarida bajariladi, ma­salan, shpaklyovka, gruntovka, birlamchi bo'yash, ishlov berilgan de- tallami bo'yash va yaxlit mashinani yakunlovchi bo'yash ishlari.
Texnologik jarayonning asosiy masalalari
Mexanik ishlov berish texnologik jarayonini loyihalash quyi­dagi asosiy masalalar asosida olib boriladi:
Mashina detallanga mexanik ishlov berish uchun ishlab chiqarish turi va texnologik jarayonni bajarishning tashkiliy shakli aniqlanadi.
Ishlab chiqarishga qo'yiladigan detallar partiyasi o'lcha- mini (seriyali ishlab chiqarish uchun) va oqim bo'yicha ishlab chiqarish uchun tayyorlash taktini aniqlash.
Zagotovka turi va o'lchamlarini aniqlash.
Detallarni yuzalariga mexanik ishlov berish usuli va re- jasini (texnologik jarayon, ketma-ketligi ko'rsatilgan holda) ish­lab chiqish.
Dastgohlar, moslamalar, kesuvchi va o'lchash asboblari turi va tavsifini aniqlash hamda ishlov bensh uchun sonini aniq-lash.
Detallarning ishlov beriladigan sirtlari o'lchamini aniqlash.
Tanlangan dastgoh uchun har bir jarayonga kesish reji- mini aniqlash.
Har bir jarayon uchun vaqt me’yorini aniqlash.
Ish malakasini aniqlash.
Loyihalangan texnologik jarayonning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini belgilash.
Texnologik jarayon hujjatlarini rasmiylashtirish.
Seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlar uchun alohida detal-
larga ishlov berish texnologik jarayoni mukammal ishlanadi.
Loyihalashda boshlang'ich ma’lumotlar va ishlab chiqarish dasturi
Mexanika sexlarini loyihalash uchun asos bo'lib chizmalar, detallar spetsifikatsiyasi, detallar va konstruksiyalar bayoni, mahsulotni tayyorlash uchun qo'yilgan texnik talablar ilova qi­lingan, korxonaning ishlab chiqarish dasturi asosida tuzilgan sexning detalli ishlab chiqarish dasturi xizmat qiladi.
Sexni detalli ishlab chiqarish dasturida ushbu sexda ishlov beriladigan detallar nomi, ularning soni, materiali turi, dastlabki va toza og'irliklari ko'rsatiladi.
Agar detallarga bir nechta sexlarda ishlov berilsa, u holda har bir sex uchun qaydnoma ko'rinishidagi dastur va har bir sexdan qanday delal qancha miqdorda ishlov beiilishini ko'r- satuvchi qaydnomalar tuziladi.
Sexlar bo'yicha detalli ishlab chiqarish dasturini tuzishda de- tallarning umumiy soniga tayyorlanayotgan mashinaga qo'shib beriladigan va foydalanilayotgan ushbu mashinaning beto'xtov ishlashini ta’minlash uchun zarur bo'ladigan ehtiyot qismlar ham qo'shiladi.
Mexanika sexlarini loyihalash aniq, keltirilgan yoki shartli ishlab chiqarish dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Agar tayyorlanayotgan mashina va uning detallari soni aniq ko'rsatilgan va ishchi chizmalar, spetsifikatsiyalar va texnik shartlar bilan to'liq ta’minlangan bo'lsa, u holda aniq ishlab chiqarish dasturi deb ataladi.
Aniq dastur asosida loyihalashda har bir detalga ishlov be­rish texnologik jarayoni mukammal loyihalanadi, har bir jarayon uchun texnologik kartalar tuziladi va ishlov berish vaqti me’yor- lanadi. Yuqoridagi ishlai katta mehnat hajmiga ega bo'lib, loyi­halash uzoq vaqt va ko'p sonli ijrochilarni talab qiladi. Shuning uchun bu usul ommaviy, yirik seriyali va oqim bo'yicha ishlab chiqarishlar uchun qo'llaniladi.
Ayrim hollarda yakka tartibli ishlab chiqarish aniq dastur asosida loyihalanadi, bunda tayyorlanadigan mahsulotning aniq sonini belgilangan murakkabdir, chunki yakka nusxada tayyor­lanadigan detallarga mukammal texnologik jarayon loyihalashni turli xil detallarning soni ko'pligi sababli iloji bo'lmaydi. Shuning uchun loyihalash an’anaviy mahsulotlar asosida keltirilgan das­tur bo'yicha olib boriladi.
Tayyorlanayotgan mahsulotlar bir nechta shartli mahsulot- larga keltirib olinsa, u holda keltirilgan ishlab chiqarish dasturi deb ataladi.
Keltirilgan dastur asosMa loyihalash turli nomenklaturali mashinalarni ko'plab tayy .ilashda hamda barcha ma’lumotlar (chizmalar, spetsifikatsiyalar, konstruksiya bayoni, texnik shart­lar) faqat asosiy an’anaviy mashinalar uchun qo'llaniladi.
Sexlarni keltirilgan dastur asosida loyihalashni quyidagi vari- antlarda amalga oshiriladi:
Har bir hisobiy mashinaning faqat asosiy tavsifli va mu­rakkab detallari uchun texnologik jarayon tuziladi. Boshqa detal­lari uchun esa texnologik jarayonni umumiy bajarilishini ko'rsatuvchi jarayon qaydnomasi tuziladi xolos. Bunday mukam- mal ishlov berish ushbu guruhga kiruvchi mashinaning qolgan barcha detallariga ham tegishli bo'ladi.
Ishlab chiqarish dasturida ko'rsatilgan mashina nomenkla- turasining turli xilligi va ko'pligi, mashinaning barcha detallarin- ing konstruktiv va texnologik belgilari hamda texnologik o'xshashliklari (plita, rama, stanina, o'qlar va vallar guruhi, shkivlar va maxoviklar guruhi) bo'yicha guruhlarga ajratib chiqiladi.
Har bir guruhdagi bir, ikki yoki uchta detallar uchun tex­nologik jarayon ishlab chiqiladi va ushbu texnologik jarayonni barcha detallar uchun qo'llaniladi.

Yüklə 36,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin