4-mavzu: sinf rahbari ishini rejalashtirish usullari. Sinf tarbiyaviy soatlari haqida umumiy tushuncha. Sinf rahbarining namunaviy yillik ish rejasini tuzish metodikasi. Reja


IX. So‘ngi yangiliklar va tarixiy sanalarni nishonlash tabdirlari



Yüklə 107,19 Kb.
səhifə11/16
tarix16.05.2023
ölçüsü107,19 Kb.
#114345
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
TIM BT va STI 4-KURS (QS) 4-MA\'RUZA 2021-2022 (5)

IX. So‘ngi yangiliklar va tarixiy sanalarni nishonlash tabdirlari.
Mustaqillik yillaridan boshlab hayotimiz kundan-kunga farovonlashib bormoqda. Albatta buning negizida hukumatizning farmon, buyruq va ko‘rsatmalari yotadi. Buni biz shartli ravishda rejaga eng yangi yangiliklar deb kiritdik. Bu bo‘lim rejaning eng oxirgi tadbirlaridan hisoblanadi va rejaning oxiriga kiritiladi. Tarixiy sanalardan so‘ng qayd qilinadi. Tarbiyaviy tadbirlarda ularni o‘rganish va hayotga tadbiq etish zarur, ya'ni zamon talablariga ko‘ra chiqarilgan yangiliklar reja tuzilgandanso‘ng e'lon qilinsa, sinf rahbari belgilagan tarbiyaviy tadbirni o‘quv yilning qaysi yarim yilligidan qat'iy nazar, tarixiy sanalardan keyin mavzuni qayd etadi va tegishli tadbir o‘tkazadi. Maktab rahbarlari rejani tasdiqlayotgan vaqtlarida bu bo‘limning qay tarzda aks etganligini ahamiyat berishlari zarur.
Tarbiyaviy papkada nimalar bo‘lishi kerak.
Sinf tarbiyaviy papkasi sinf rahbarining tarbiyaviy sohasida olib boriladigan ishlar to‘plamidir. Bunda faqat o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga qaratilgan tarbiya borasida kerak bo‘ladigan materiallar bo‘lishi kerak.
Yuqoridagi tajbilardan kelib chiqib, sinf rahbarining tarbiyaviy ish rejasi bir katta daftarda bo‘lishi maqsdaga muvofiq, deb topgan edik. Sinf rahbari mehnatini ixchamlashtirish, nazoratni va boshqaruvchni ilmiy asosda tashkil etish uchun reja mundarijasi quyidagicha bo‘lishini tavsiya etamiz.
1. Sinfga qisqacha tavsifnoma.
2. Tarbiyaviy vazifalar.
3. O‘quvchilarga tarbiya berishning asosiy turlari va shakllari (Eslatma mundaridja mazmuni 1-3 bo‘limlarda tavsiya etilganidek yoritiladi va daftar bo‘lim hajmiga ko‘ra mundarijalanadi).
4. O‘quvchi, o‘qituvchi, ota-onalar bilan suhbatlar alohida-alohida betlarda qayd etiladi.
5.Tarbiyaviy soatlarni hisobga olish (Tarbiyaviy soatga bir soat darsga qanday tayyorlansa, bu tadbir uchun ham xuddi shunday hozirlik ko‘rish talab etiladi).
Mundarijaning bu qismida har hafta o‘tkazilgan tarbiyaviy soatning mavzusi, bajarilish turi, vaqti, kim tomonidan bajarilganligi (haqidagi qisqacha bayonnoma) qayd etiladi. Demak tarbiyaviy papkada.
-tarbiyaviy ishlar rejasi
-rejalashtirilgan mavzuga oid misolalar
-yo‘l harakati xavfsizligi va yong‘indan saqlanish qoidalari yuzasidan dastur va ko‘rsatmalar hamda tarbiya borasida kerak bo‘ladigan zarur materiallarga bo‘lsa bas.
Haftalik tarbiyaviy tadbirni rejalashtirishda sinf rahbari mavsumni, tarixiy sanani, eng yagni yangiliklarni hisobga olish kerak. Rahbarning esa, tarbiyaviy soatni to‘laqonlik va qiziqarli o‘tishida yuqoridagilar uning nazaridan chetda qolmasligi zarur.



Yüklə 107,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin