III. Baynalmilal tarbiya.
1. Baynalmilal birlik nima? Bu tushuncha haqida batafsil ma'lumot berish.
2. Sen hamdo‘stlik mamlakatlari va ularning bolalari haqida nimlaarni bilasan.
Bu mavzuga tayyorgarlik quyidagicha tashkil etilishi mumkin. Hamdo‘stlik mamlakatlaridan biri tanlanib, uning tashkil topgan vaqti, geografik jihatdan joylashishi, aholisi, tabiiy boyliklari, iqtisodi, adabiyoti, san'ati, chet mamlakatlar bilan aloqasi kabi savollar o‘quvchilarga bo‘lib beriladi. Navbatdagi tarbiyaviy soatga geografiya, tarix va adabiyot o‘qituvchilari taklif qilinib, o‘quvchilar tinglanadi. Fan o‘qituvchilarining suhbati bilan mashg‘ulot yakunlanadi.
3. Bizning mahalla, qishloq va tumanda necha xil millat vakillari yashaydi va ular qanday aloqadalar.
4. Tuman va viloyatlardagi qo‘shma korxona vakillari bilan uchrashuv uyushtirish, ekskursiya tashkil etish.
5. Chet tillarni o‘rganish iqtisodiy mustaqillik poydevori.
6. Chet tili o‘qituvchisi bilan xorijiy tilda ma'lum temaga atalgan kecha o‘tkazish.
7. Hamdo‘stlik mamlakatlari hamda chet ellik o‘quvchilar bilan aloqa bog‘lash.
8. Chet mamlakatlarda ta'lim olayotgan yurtdoshlarimiz bilan aloqa o‘rnatish, ular orqali u mamlakat haqida ma'lumot to‘plab, muhokama qilish.
IV. Estetik (nafosat) tarkibi.
1. Musiqani qanday tinglash kerak
2. Badiiy asar qanday o‘qiladi
Afsuski, hozirgi kunda o‘quvchilarimiz kitob mutolaasiga qiziqmay qo‘ydilar. Zeroki, mashhur tatar olimi Rizouddin ibn Fahruddinning Nasiyhat kitobidan olingan ushbu parcha o‘quvchilar bilan ishlab chiqilsa, o‘quvchilarning bu kasalligiga shifo bo‘lsa ajab emas.
Kitob va mutolaa.
1. Go‘zal kitoblar ajib narsalarni ko‘ruvchi- ku, avloqda sirdosh yolg‘izlikda do‘st, ojizlik vaqtlarda yordmchi, hasratda shodlik keltiruvchi, fikrlarni nurlantiruvchi, u zamon ahvolidan so‘zlovchi ummatlar, voqiotini hikoya etuvchi, aqlli kimsalarning aqllarini ko‘rsatuvchi oz haqli ko‘p foydali narsalardir. Shuning uchun kitob olmaqda baxillik etmangiz, kitoblardan ayrilmangiz.
2. Lekin kitoblar orasida yo‘q, narsalar yozilmish ma'nosiz narsalar ila to‘lganlari ham bordir, bo‘larni o‘qimoq, qiymatli umrni zoyi etmaqdir. Shuning uchun fikrlarni nurlantirajak, xulq poklarga yordam berajak, aqlni ortirajaq kitoblarni ixtiyor etib, boshqalardan yiroq bo‘lingiz. Foydali kitoblarni o‘qimaq ko‘ngliga shodlik keltirur, fikrga oziq bo‘lur, zehnga quvvat berur …
3. Ba'zi kimsalar bo‘ladiki, kitobi ko‘b deb xalq orasida nom chiqarmoq uchungina kitob yig‘ib, o‘zlari undan hyech foyda olmasalar. Boshqalargada foyda oldirmaslar, hatto ichlarida nimalar borliginida bilmaslar. Bular yo‘q tashuvchilar misolidadir. Shuning uchun sizlar o‘zingiz foyda olajak bo‘lgan kitoblarni o‘zingiz foyda olmoq uchun ixtiyor etingiz.
4. Mutolaa insonning yuziga nur, ko‘ngliga shodlik keltirur. Ushbu sabab uchun zehn xizmati ila mashg‘ul bo‘luvchilar harnaqadar oriq bo‘lsalarda, aqllari semiz va yo muhabbatli bo‘lur.
5. Musiqaning ajobiy sahifalari musiqali soat o‘tkazish. O‘quvchilarga mumtoz ashulalardan birining nomi aytiladi. Topshiriq she'r, muallifi, bastakori haqida ma'lumot to‘plab kelish, grampalstinka yoki magnit tasmasiga yozilgan qo‘shiqni topish va birgalikda eshitib, muhokama qilish, bolalar o‘zlariga topshirilgan vazifani musiqa o‘qituvchisi yordamdi sinf tarbiyaviy soatida muhokama qiladi.
6. Sen mehmonni qanday kutasan, mehmonda o‘zingni qanday tutasan (Mehmon bo‘lish va kutish adabi haqida)
7. San'atkorlar dunyosida, ulug‘ rassom mavzularida suhbat, uchrashuv, ekskursiya o‘tkazish, albom yoki stend tayyorlash.
Dostları ilə paylaş: |