V. Ota-onalar bilan ishlash. Bu bo‘limda ota-onalarni o‘rganish (oilaning ijtimoiy ahvoli, o‘quvchiga yaratilgan shart sharoitlar, oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini o‘rganish), ota-onalar faollari bilan ishlash (ular yordamida va ishtirokida bolalar tarbiyasiga oid turli tuman ishlar rejasini tuzish, ular tomonidan ba'zi oilalarga ko‘mak va ta'sir o‘tkazish), ota-onalarning tarbiyaga oid bilimlarini oshirish (ota-onalar majlislari, dorilfununlari tashkil qilish, yaxshi oilalar tashviqoti bilan shug‘ullanish, o‘zaro tajbira almashish).
Keltirilgan reja tartibini majburiy deb qaramaslik kerak. Sinf rahbarlari ish rejasi turlicha tuzilishi va har xil shaklda bo‘lishi mumkin. Bu sinf rahbarlarining ish saviyasi, tajribasi, o‘z kasbiga qiziqishi, har xil sinflarda ish sharoitlarining turlichaligiga bog‘liqdir. Shuni nazarda tutish lozimki, ish rejasi qaysi shaklda bo‘lishidan qat'i nazar, tarbiyaviy ishlarning maqsad va vaziflaari mazkur rejaning muhim bo‘limlaridan biri bo‘lishi shart.
Ish rejasini tuzish va uni hayotga tadbiq qilish ishlariga o‘quvchilar va ota-onalar faollarini jalb qilish kerak. Avvalo ular alohida topshiriqlarni, asta-sekin esa rejada ko‘rsatilgan keng hajmdagi ishlarni amalga oshiradi. Rejaga kiritiladigan ish va tadbirlar, ularning mazmuni mohiyati, amaliyotga tadbiq qilish haqida mazkur kitobning tegishli bo‘limlaridan atroflicha fikr yuritilgan.
2. Sinf tarbiyaviy soatlari haqida umumiy tushuncha. Sinf tarbiyaviy soatlarining tarkibiy qismlari. Sinf rahbari tomonidan o‘tkaziladigan barcha tarbiyaviy tadbirlar, sinf tarbiyaviy soatlari deb yuritiladi (yil davomida 30-34 soat dars jadvaliga kiritiladi), u soddalashtirilgan, barcha sinflar uchun qulay quyidagi andozaga tushirilishi mumkin. Avvalgi adabiyotlarda berilgan rejalashtirish chizmasiga Bajarilish turi qo‘shimcha sifatida kiritildi. Maqsad, rejalashtirilgan mavzu masalan, “Ota-onam suyangan tog‘im” mavzu yuzasidan suhbat, kecha, konferensiya uchrashuv, ekskursiya va hokazolar o‘tkazish mumkin. Albatta, bu tadbirlarning barchasini bir o‘quv yilida o‘tkazib, sinf rahbarining tarbiyaviy ish rejasida bu mavzu har yili takrorlanib, bajarilish turi o‘zgartirib boriladi. Sinf rahbari mehnatining unumli bo‘lishida bu usul ancha samara beradi.