Tezis-
Ideal holatda rejaning har bir bandini tezisga (ta’kid, qoidaga)
aylantirish mumkin:
- o‘qib chiqilgan (yoki og‘zaki bayon qilingan) matnni takrorlaydi, lo‘nda
ifodalaydi va xulosalaydi;
- har doim dalillarga ega bo‘ladi;
- mazmun mohiyatini aniqlaydi;
- materialni umumlashtirishga
imkon beradi;
- maqola, ma’ruza, dissertasiya va shu kabilarni tanqidiy tahlil etish uchun
qimmatlidir.
Tezislar turi
oddiy
asosiy
murakab
ko‘pincha
ko‘chirmalardan iborat
bo‘ladi
odatda
mustaqil
ifodalanadi
o‘zida ikki xil
yozuvni jamlaydi
1-sxema
Nima uchun?
bundan nima kelib chiqadi?
Tezis (ta'kid, qoida)
dalillar, faktlar, isbotlar
xulosa
chunki, negaki, shuning
uchunki,...
binobarin, shunday qilib,
shuning uchun...
Kirish
Asosiy qism
Xulosa
Tezis
Ko‘p sonli dalillar
Xulosa
T
D
O
T
D
O
T
D
O
T
D
O
T - tezis
D - dalillar
O - oqibat
Axborot, ma’ruza, maqola materiali 1-sxemaga muvofiq uch qismli tuzilma
asosida
tuziladi.
• Ilmiy matn janri sifatidagi tezis 2-sxema bo‘yicha tuziladi. Tezislarning bandlar
bo‘yicha
tuzilishida
fikrlar
quyidagi
tarzda
rasmiylashtiriladi:
1.TD
2.TD
3.TD
4.O
Dissertasiya tadqiqotidagi qoida sifatidagi tezis ta’kid sifatida ifodalanadi.
Taqriz
(arab. — ijobiy baho) — adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki
ilmiy-ommabop asar tahlili. Taqrizdada
asarning bibliografik tavsifi, shuningdek,
mazmuni, unda koʻtarilgan muammolar, asarning gʻoyaviy va badiiy xususiyatlari,
muallif ijodida, adabiyotda tutgan oʻrni haqida maʼlumot boʻladi;
asarga baho
beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. Taqriz asosan keng
kitobxonlar ommasi uchun moʻljallanadi, ularni
yangi asarlardan ogoh qiladi,
zarurini tanlab olishga koʻmaklashadi. Ichki Taqriz ham boʻladi. Mas, nashriyotga
kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiyommabop asar ichki taqrizga beriladi, birok, bu
Taqriz matbuotda eʼlon qilinmaydi.Rus tanqidchiligi tarixida
Taqrizning rivojida
V.G. Belinskiyning roli katta. U Taqrizni haqiqiy sanʼat darajasiga koʻtardi. Taqriz
badiiy asar haqida shunchaki maʼlumot beruvchi janr darajasidan adabiy hayotning
muhim masalalarini koʻtaruvchi, kitobxonni hayot va adabiyot haqida oʻylashga
oʻrgatuvchi, uning estetik didini tarbiyalashga yordam beruvchi janrga aylanadi.
Taqriz xarakteriga koʻra xilma xil boʻladi. Mas, kengaytirilgan annotatsiya tipidagi
Taqrizda asar haqida bibliografik maʼlumot beriladi. Tanqidiy yoki publitsistik
maketa Taqrizlarida konkret asar munosabati bilan biron muhim masala
haqida fikr
yuritiladi. Esse (adabiy oʻylar) xarakteridagi Taqrizda taqrizchi oʻz fikr tuygʻularini,
asarni oʻqish jarayonida hosil boʻlgan taassurotlarini lirik tarzda ifodalaydi. Nihoyat,
muallif oʻz asariga ham Taqriz yozishi mumkin (avtotaqriz). Bunda muallifning
asarga qarashlari bayon qilinadi yoki u biron munosabat bilan munozaraga kirishadi.
Oʻzbek adabiyotida Taqriz 20-asr boshlarida
vaqtli matbuot bilan teng
rivojlana boshlagan. Endilikda Taqriz oʻzbek adabiy tanqidchiligining eng muhim
janrlaridan boʻlib qoldi. Oybek, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, Gʻafur Gʻulom kabi
yozuvchilar, O.Hoshimov, S.Husayn, Olim Sharafiddinov, V.Zohidov, I.Sultonov,
H.Yoqubov, M. Qoʻshjonov, Ozod Sharafiddinov, U.Normatov, N.
Xudoyberganov,
I.Haqqulov va boshqa olimlar oʻzbek adabiy hayotida chuqur iz qoldirgan Taqrizlar
yaratdilar.
Dostları ilə paylaş: