4-mavzu. Talab va taklif elastiklikligi1 Reja



Yüklə 450,46 Kb.
tarix16.12.2023
ölçüsü450,46 Kb.
#183804
4-MAVZU. TALAB VA TAKLIF ELASTIKLIKLIGI (2)


4-MAVZU. TALAB VA TAKLIF ELASTIKLIKLIGI1




Reja
4.1. Talab elastikligi
4.2.Taklif elastikligi
4.3. Talab, taklif va elastiklikning uch ko‘rinishi

TАYANCH SO‘Z VA IBORALAR:


Elastiklik, talabning narx elastikligi, umumiy daromad, talabning daromadlar elastikligi, talabning narxlar kesishuvi elastikligi, taklifning narx elastikligi


4.1. Talab elastikligi


Biz 3-bo‘limda talab tushunchasini ko‘rib chiqqanimizda xaridorlar odatda tovar narxi pastroq , ularning daromadlari yuqoriroq, o‘rin bosuvchi tovarlar narxi balandroq, bir birining o‘rnini to‘ldiruvchi tovarlarning narxi pastroq bo‘lganda ko‘proq tovar xarid qilishadi. Bizning tovarlarga bo‘lgan talabimiz narxga bog‘liq yoki bo‘lmasligi mumkin. Biz o‘zgarish o‘lchamiga bog‘liq bo‘lmagan talab qilingan miqdor ko‘chish yo‘nalishlarini muhokama qilamiz. Bu o‘zgaruvchan miqdorlardagi o‘zgarishlarga qancha iste’molchilar javob berishini o‘lchash uchun iqtisodchilar elastiklik tushunchasidan foydalanishadi.


Talabning narx elastikligi va uning omillari
Talab qonuni tovar narxining tushishi talab qilinadigan miqdorning oshishiga olib kelishi ifodalaydi. Talabning narx elastikligi - talab qilinadigan miqdor qancha bo‘lganda narx o‘zgarishiga javob berishini o‘lchaydi. Agar talab qilinadigan miqdor narx o‘zgarishiga katta miqdorda ta’sir qilsa, tovar uchun talab elastik deyiladi. Agar talab qilinadigan miqdor narx o‘zgarishiga kichik miqdorda ta’sir qilsa, talab noelastik deyiladi.
Har qanday tovar uchun talabning narx elastikligi narx oshganda iste’molchilar kamroq tovar sotib olishga qay darajada tayyor ekanliklarini o‘lchaydi. Elastiklik iste’molchi afzal ko‘radigan iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik kuchlarga ta’sir etadi. Tajribaga asoslangan holda talabning narx elastikligini qanday omillar belgilab berishi haqidagi ba’zi umumiy qoidalarni ko‘rib chiqamiz.
O‘rin bosuvchi tovarlarning mavjudligi. O‘rin bosuvchi tovarlar ko‘proq elastik bo‘ladi, chunki xaridor uchun bu tovardan boshqa tovarga o‘tish ancha oson. Masalan, saryog‘ va margarin oson o‘rin almasha oladi. Saryog‘ narxining kichik miqdorda o‘sishi margarin narxiga e’tiborimizni qaratadi va sotib olinadigan saryog‘ miqdorining kamayishiga sababchi bo‘ladi.
Teskari ravishda, tuxumning o‘rin bosuvchisi bo‘lmaganligi sababli tuxum uchun talab saryog‘nikiga qaraganda deyarli elastik emas.
Qulay hayot kechirishga teskari muhimlik. Qulay hayot kechirishda elastik talab bo‘lganligiga teskari ravishda muhimlik noelastik talabdir. Shifokor ko‘rigining narxi oshgani bilan insonlar shifokor qabuliga yozilishni kamaytirishmaydi, hatto kamroq borishi mumkin bo‘lsa ham. Bunga teskari ravishda talab qilinadigan qayiqlar miqdorini kamaytirishga olib keladi.
Bunga sabab ko‘pchilik odamlar shifokor qabuliga muhimlik sifatida qayiqlarni esa qulay hayot kechirish sifatida baholaydi albatta. Tovar muhimlik yoki qulaylik sifatida baholanishi nafaqat tovarning vaqtinchalik ma’lumotiga, balki sotuvchining afzalliklariga ham bog‘liq. Bunga ahamiyat bermaydigan qiziquvchi dengiz suzuvchisi uchun qayiqlar noelastik, doctor uchun qulaylik va elastik talab bo‘ladi.
Elastiklik - talab qilinadigan yoki taklif qilinadigan miqdorning uning omillaridan biriga ta’siring o‘lchovi.
Talabning narx elastikligi - tovarning talab qilinadigan miqdori, shu tovarning narxiga qay darajada ta’sir qilishini o‘lchaydi va talab qilinadigan miqdorning o‘zgarish foizi narxning o‘zgarish foiziga nisbati bilan aniqlanadi.
Talabning narx elastikligi va uning aniqlovchilari
Tovar narxining pasayishi unga bo‘lgan talabni oshiradi. Bu talab qonunidir. Talabning narx elastikligi narx o‘zgarganda talab qanday o‘zgarishini ifodalaydi. Biror mahsulotga bo‘lgan talab elastik deb yuritiladi, agar talab miqdori narxdagi o‘zgarishga sezilarli ravishda javob qaytarsa. Biror mahsulotga bo‘lgan talab noelastik bo‘ladi, agar talab miqdori narxdagi o‘zgarishlarga birozgina javob qaytarsa.
Har qanday mahsulot uchun talabning narx elastikligi o‘sha mahsulotning narxi oshganda iste’molchilarning xaridi qanday ekanligini hisoblaydi. Shunday qilib, elastiklik iste’molchi xohishlarini shakllantiradigan ko‘plab iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik kuchlarda aks etadi. Lekin, tajribaga asoslangan holda, biz talabning narx elastikligini nima aniqlab berishi haqida bir necha umumiy qoidalarini bayon qilamiz.
Yaqin o‘rin bosuvchi tovarlarning mavjudligi. O‘rnini bosuvchisi bor bo‘lgan tovarlar ko‘proq elastik talabga ega, chunki bir tovar o‘rniga boshqasini sotib olish iste’molchilar uchun osonroq. Masalan, saryog` va margarin bir-birini o‘rnini bemalol bosadi. Margarin narxi o‘zgarmaganda saryog` narxining biroz ko‘tarilishi saryog`ning sotilish miqdori tushushiga sabab bo‘ladi. Bunga zid holda, tuxumning o‘rnini bosadigan tovar bo‘lmagani uchun tuxumga bo‘lgan talab saryog`ga nisbatan kamroq elastik bo‘ladi.
Zaruriyat hashamatga qarshi. Zaruriyatga bo‘lgan talab odatda noelastik bo‘ladi, lekin hashamat elastik talabga ega. Shifokorlarga tashrif buyurish narxi oshgan vaqtda, odamlar ular bilan uchrashish sonini keskin kamaytirmaydi. Lekin yelkanli qayiq narxi oshsa, unga bo‘lgan talab sezilarli darajada pasayadi. Chunki odamlar shifokorga zaruriyat uchun borishadi, yelkanli qayiq esa hashamat hisoblanadi. Albatta, tovarlarning zaruriyat yoki hashamat ekanligi ularning ichki xususiyatlariga bog`liq emas, balki xaridorlarning xohishiga bog`liq. Sog`lig`iga kamroq munosabatda bo‘lgan dengizchi uchun yelkanli qayiq talab elastikligiga ega bo‘lgan zaruriyat bo‘lishi
mumkin va shifokorga borish elastik talabga ega bo‘lgan hashamat bo‘lishi mumkin.
Bozor tavsifi. Har qanday bozor talab elastikligi bozor chegaralarini qanday chizishimizga bog`liq. Tor doirada aniqlangan bozor keng doirada aniqlanganidan ko‘ra elastikroq talabga ega, chunki tor doirada aniqlangan tovarlar uchun bir-birini o‘rnini bosuvchi tovarlar topish oson. Misol uchun, oziq-ovqat noelastik talabga ega, chunki oziq-ovqatning o‘rnini bosadigan tovar mavjud emas. Muzqaymoq elastik talabga ega, chunki disertga muzqaymoqdan boshqa narsa olsa ham bo‘ladi. Vanillin muzqaymog`i juda ham elastik talabga ega, chunki muzqaymog`ning ko‘plab boshqa tamlilari uning o‘rnini bosadi.
Vaqt birligi. Tovarlar odatda uzoqroq vaqtda ko‘proq elastik talabga ega bo‘lishadi. Benzin narxi oshganda, birinchi oylarda unga bo‘lgan talab miqdori biroz kamayadi. Lekin, vaqt o‘tgan sayin, odamlar yoqilg`i tejaydigan mashinalar sotib olishadi, jamoa transportidan ko‘proq foydalanishadi va ish joylariga yaqin joyga ko‘chishadi. Bir necha yil ichida benzinga bo‘lgan talab sezilarli darajada tushadi.

Talabning narx elastikligini hisoblash


Biz talabning narx elastikligini umumiy nuqtayi nazardan ko‘rib chiqdik, endi uni qanday hisoblashni ko‘rib chiqamiz. Iqtisodchilar talab miqdorining foizdagi o‘zgarishini narxning foizdagi o‘zgarishiga nisbati shaklida talabning narx elastikligini hisoblashadi. Ya’ni:


Talabning narx elastikligi =


Masalan, faraz qiling muzqaymoq narxidagi 10 % o‘sish muzqaymoqqa bo‘lgan talab miqdorini 20 % ga kamaytirdi. Talabning narx elastikligini quyidagicha hisoblaymiz:


Talabning narx elastikligi = = 2


Bu misolda, talabning narx elastikligi 2 ga teng. Miqdordagi o‘zgarish narxdagi o‘zgarishga nisbatan 2 barobar ko‘p.


Chunki talab miqdori narxga nisbatan teskari munosabatda, miqdorning foizdagi o‘zgarishi narxning foizdagi o‘zgarishiga nisbatan har doim qarama-qarshi bo‘ladi. Bu misolda narxning o‘zgarishi 10 % ga oshgan, talab miqdori o‘zgarishi esa 20 % ga kamaygan.

O‘rta nuqta metodi: elastiklik va foiz o‘zgarishlarini hisoblashning yaxshiroq yo‘li


Elastiklik va foiz o‘zgarishini hisoblashning yaxshiroq yo‘li bu talab egri chizig‘idagi 2 nuqta orasidagi talabning narx elastikligini hisoblasangiz, muammoni tezda sezasiz: A dan B nuqtagacha bo‘lgan elastiklik, B dan A gacha bo‘lgan elastiklikdan farqlidek tuyuladi.


A nuqta: Narx=4$ miqdor=120
B nuqta: narx=6$ miqdor=80.
A dan B gacha yurilsa, narx 50%ga ko‘tarilgan, miqdori 33%ga pasaygan talabning narx elastikligi =33/50 yoki 0.66. Bunga zid holda B nuqtadan A ga yurilsa narx 33% ga pasaygan miqdor 50% ga ko‘tarilgan talabning narx elastikligi 50/33 yoki 1.5 . Bu farqlar yuzaga keladi, chunki foizlar o‘zgarishi turli xil asosda hisoblanadi.
Bu muammoni yechishning 1 yo‘li elastiklikni hisoblash uchun o‘rta nuqta metodidan foydalanishdir. Foizning o‘zgarishini hisoblash uchun standart jarayon boshlang‘ich bosqich orqali o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Bunga zid holda, o‘rta nuqta metodi boshlang‘ich va so‘nggi bosqichlari orqali o‘zgaruvchilarni bo‘lish orqali foizda hisoblaydi. Misol uchun 5$ 4$ va 6$ o‘rtasida o‘rta nuqta. Shuning uchun , o‘rta nuqta metodiga ko‘ra 4 dan 6 ga o‘zgarish 40% li o‘sish deb hisoblanadi. (6-4)/5*100=40 %; shunga ko‘ra, 6 dan 4 ga o‘zgarish 40% pastlashni anglatadi.
O‘rta nuqta metodi o‘zgarish yo‘nalishidan qat’iy nazar bir xil javobni bergani uchun u tez-tez 2 nuqta orasida talabning narx egri chizig‘ini hisoblashda foydalaniladi. Bizning namunada, A va B o‘rtasida
o‘rta nuqta: narx= 5$ miqdor=100
o‘rta qiymat metodiga ko‘ra, A dan B ga borganda narx 40% ga oshadi va miqdor 40% ga tushadi. Shu kabi, B dan A ga borganda
narx 40% ga tushadi va miqdor 40% ko‘tariladi. 2 yo‘nalishda ham talabning narx elastikligi 1 ga teng.
Quyidagi formula 2 nuqta orasida talabning narx elastikligini hisoblash uchun o‘rta nuqta metodi bo‘lib unda (Q1,P1) va (Q2,P2)lar belgilab olingan.
Talabning narx elastikligi =
Surat o‘rta nuqta metodi orqali hisoblangan miqdordagi foiz o‘zgarishi. Mahraj o‘rta nuqta orqali hisoblangan narxda foiz o‘zgarishi. Agar sizga elastiklikni hisoblash shart bo‘lsa, bu formuladan foydalanishingiz kerak.
Bu kitobda, biz kamdan – kam bu kabi hisoblashlarni ko‘rsatamiz. Bizning maqsadimizning uchun, elastiklik qanday ifodalanishidan ko‘ra nimani ifodalanishi muhimroq.
Talab egri chiziqlarining o‘zgarishi
Iqtisodchilar talab egri chizig`larini ularning elastikligiga qarab guruhlarga ajratishgan. Elastiklik 1 dan katta bo‘lsa, talab elastik hisoblanadi, ya’ni talab miqdori narxga nisbatan ko‘proq suriladi.



2.Narx 4$ bo’lsa iste’molchilar sotib oladilar

1.Narx 4$ dan yuqori bo’lsa talab nolga teng

3.Narx 4$ dan past bo’lsa talab hajmi cheksiz

1.Narx ning 22 % ga ko’tarilishi

2. … talab hajmini 22 % ga kamaytiradi

1.Narx ning 22 % ga ko’tarilishi

2. … talab hajmini o’zgartirmaydi

2. … talab hajmini 11 % ga kamaytiradi

1.Narx ning 22 % ga ko’tarilishi

(a) Mutloq noelastik talab: Elastiklikk 0 ga teng

(b) Noelastik talab: Elastiklikk 0 ga teng

RASM

Talabning narx elastikligi talab egri chizig‘ining tik yoki yotiq bo’lishini belgilab beradi. E’tibor berish kerakki, barcha foiz o’zgarishlari o’rta nuqta usulidan foydalanilgan holda hisoblaniladi

1.Narx ko’tarilishi

2. … talab hajmini 67 % ga kamaytiradi

Talab

Talab

Talab

Talab

Talab

Miqdor

Narx


Miqdor

Narx


Miqdor

Narx


Narx

Miqdor


Miqdor

Narx




Elastiklik 1 dan kichik bo‘lganda, talab noelastik bo‘ladi, ya’ni talab miqdori narxga nisbatan kamroq suriladi. Agar elastiklik aniq 1 ga teng bo‘lsa, narx va miqdor bir nisbatda suriladi va talab birga teng elastik deyiladi.
1-chizmada beshta holat ko‘rsatilgan. 0 elastikka ega bo‘lgan ekstremal holatda((a) panelda), talab batamom noelastik va talab egri chizig`i vertikal. Bu holatda, narxdan qat’i nazar, talab bir xil bo‘ladi. Elastiklik oshgan sayin, talab egri chizig`i yassi bo‘lib boraveradi( (b), (c) va (d) qism). Natijada, talab butunlay elastik bo‘ladi( (e) panel). Bu talabning narx elastikligi cheksizlikka intilgan sayin sodir bo‘ladi va talab egri chizig`i gorizontal holatga keladi, narxdagi kichik o‘zgarish talab miqdorining keskin o‘zgarishiga olib keladi.

Umumiy daromad va talabning narx elastikligi


Bozordagi talab va taklif o‘zgarishlarini o‘rganayotganda, biz o‘rganishni xohlaydigan bir o‘zgaruvchi bu umumiy daromaddir, tovar uchun xaridor to‘lagan va sotuvchi olgan miqdor. Ixtiyoriy bozorda umimiy daromad P x Q shaklida, ya’ni tovarning narxi (P) ko‘paygan sotilgan tovar miqdori(Q). Buni biz grafikda ko‘rishimiz mumkin.


Talab egri chizig`i ostidagi to‘rtburchakning balandligi P, eni esa Q. To‘rtburchakning yuzi P x Q ushbu bozordagi umumiy daromadga teng. 2-chizmada P=4$, Q=100, umumiy daromad 4$ x 100 yoki 400$.
Talab egri chizig`i bo‘ylab narx yoki miqdor ko‘chsa, umumiy daromad qanday o‘zgaradi? Javob talabning narx elastikligiga bog`liq. Agar talab noelastik bo‘lsa(3-chizma, (a) qism), narxning oshishi umumiy daromadning oshishiga sabab bo‘ladi. Bu yerda narxning 1$ dan 3$ga ko‘tarilishi talab miqdorini 100 dan 80 ga tushushiga sabab bo‘ladi, demak umumiy daromad 100$dan 240$ ga oshgan. Narxning oshishi P x Q ni ham oshiradi, chunki Q talab miqdoridagi pasayish P narxdagi o‘sishga nisbatan kichikroq bo‘ladi.
Agar talab elastik bo‘lsa, biz qarama-qarshi natijaga erishamiz: narxning ko‘tarilishi umumiy daromadning kamayishiga sabab bo‘ladi. Masalan, 3-chizmadagi (b) panelda, narx 4$ dan 5$ ga oshganda, talab miqdori 50 dan 20 ga tushgan, demak umumiy daromad 200$ dan 100$ ga tushgan. Chunki talab elastik, talab miqdori narxga nisbatan ko‘proq o‘zgargan.
Bu chizmadagi misollar ekstremal bo‘lishiga qaramasdan, ular bir necha umumiy qoidalarni ifodalydi:
Talab noelastik bo‘lganda(narx elastikligi 1 dan kichik), narx va umumiy daromad bir xil yo‘nalishda harakatlanadi.
Talab elastik bo‘lganda(narx elastikligi 1 dan katta), narx va daromad qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanadi.
Agar narx elastikligi aniq 1 ga teng bo‘lsa, narx o‘zgarganda umumiy daromad o‘zgarishsiz qoladi.



Narx

Talab


RASM

(daromad)

Umumiy daromad
Xaridorlar tomonidan to’langan barcha to’lovlar sotuvchilar uchun daromad hisoblanib, talab egri chizig‘I ostidagi chegaraga teng bo’ladi, ya’ni PxQ. Bu yerda mahsulot narxi 4 $ va unga talab hajmi 100 tani tashkil etib, umumiy daromad 400 $ ni tashkil etadi.

Miqdor



Elastiklik va chiziqli talab egri chizig`i bo‘ylab umumiy daromad


Keling 4-chizmada ko‘rsatilgandek elastiklikning talab egri chizig‘i bo‘ylab qanday o‘zgarishini tekshirib ko‘ramiz. Biz bilamiz to‘g`ri chiziq o‘zgarmas qiyalikka ega. Qiyalik “muddat o‘tgan sari o‘sish” deb belgilanadi, ya’ni narxdagi o‘zgarishning (o‘sish) miqdordagi o‘zgarishga (muddat) nisbati. Bu alohida olingan talab egri chizig‘ining qiyaligi o‘zgarmasdir, chunki narxdagi har 1 dollarning o‘sishi talab miqdoridagi bir xil 2 birlik kamayishiga sabab bo‘ladi.
Chiziqli talab egri chizig`ining qiyaligi o‘zgarmas bo‘lsa ham, elastiklik bunday emas. Bu to‘g‘ri, chunki qiyalik 2 ta o‘zgaruvchidagi o‘zgarishlarning nisbati, elastiklik esa 2 ta o‘zgaruvchidagi foiz o‘zgarishlarining nisbati. Buni siz 4-chizmadagi jadvaldan ko‘rishingiz mumkin. Jadval talabning narx elastikligini hisoblashda o‘rta nuqtalar usulidan foydalangan. Past narx va ko‘p miqdor uchrashgan nuqtada talab egri chizig`i noelastik. Yuqori narx va kam miqdor uchrashgan nuqtada talab egri chizig`i elastik.
Jadvalda, shuningdek, talab egri chizig`idagi har bir nuqtada umumiy daromad ko‘rsatilgan. Bu sonlar umumiy daromad va elastiklik o‘rtasidagi aloqadorlikni bildiradi. Masalan, narx 1$ bo‘lganda, talab noelastik va narxning 2$ ga ko‘tarilishi umumiy daromadni oshiradi. Narx 5$ bo‘lganda, talab elastik va narxning 6$ ga ko‘tarilishi umumiy daromadni qisqartiradi. 3$ va 4$ orasida, talab birga teng elastik bo‘ladi va bu ikki narxda umumiy daromad bir xil bo‘ladi.



Narx o’zgarishining umumiy daromadga ta’siri (mahsulot miqdori va narx) talab elastikligiga bog‘liq. a chizmada takab egri chizig‘i noelastik. Bunday holatda narxning oshishi, kichik miqdorda talab hajmining kamayishiga olib keladi shuning uchun jami daromad oshadi. Bu yerda narxning 1 $ dan 3 $ ga ko’tarilishi talab hajmining 100 da 80 ga pasayishiga sabab bo’lgan. Jami daromad 100 $ 240 $ ga ko’tarilgan. b chizmada talab egri chizig‘i elastik. Bunday holatda narxning oshishi talab hajmining ko’proq kamayishiga olib keladi. Bu yerda narxning 4 $ dan 5 $ ga ko’tarilishi talab hajmining 50 dan 20 ga pasayishiga sabab bo’lgan. Jami daromad 200 $ dan 100 $ ga kamaygan.

Miqdor

Miqdor


Narx o’zgarganda umumiy daromad qanday o’zgaradi

Narx

(a) Talab noelastik bo’lgan holat



(a) Talab elastik bo’lgan holat

Miqdor

Miqdor


RASM

Narx

Narx


Narx




Elastiklik 1 dan kichik

Elastiklik 1 dan katta

Miqdor

Narx


Chiziqli talab elastikligi
Talab egri chizig‘ining qiyaligi o’zgarmas. Ammo uning elastikligi o’zgaruvchan. Jadvaldagi talab ko’rsatkichi o’rta nuqta metodi orqali talabning narx elastikligini hisoblash uchun foydalaniladi. Past narx va yuqori hajmdagi nuqtalarda talab egri chizig‘i noelastik yuqori narx va kam hajmdagi nuqtalarda talab elastik.

Noelastik

Noelastik

Noelastik

Birlik elastik

Elastik

Elastik


Elastik

Izoh


Elastiklik

Miqdor o’zgarishi foizda

Narx o’zgarishi foizda

Umumiy daromad

Miqdor

Narx


RASM

Talabning boshqa elastikliklari


Talabning narx elastikligiga qo‘shimcha ravishda, iqtisodchilar bozordagi xaridorlarning xatti-harakatini tasvirlash maqsadida elastiklikning boshqa turlaridan ham foydalanishadi.


Talabning daromad elastikligi
Talabning daromad elastikligi iste’molchi daromadi o‘zgarganda talab miqdorining qanday o‘zgarishini bildiradi. Bu talab miqdorining foizdagi o‘zgarishini iste’molchilar daromadining foiz o‘zgarishiga nisbati shaklida hisoblanadi, ya’ni:

Talabning daromad elastikligi = .


4-bo‘limda muhokama qilganimizdek, ko‘plab tovarlar normal tovarlardir: Yuqori daromad talab miqdorini oshiradi. Chunki talab va daromad bir xil yo‘nalish bo‘yicha harakatlanadi, normal tovarlar ijobiy daromad elastikligiga ega. Ba’zi tovarlar, misol uchun avtobusda qatnash, past mavqeli tovarlar hisoblanadi: yuqori daromad talab miqdorini kamaytiradi. Chunki talab va daromad qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanadi, past mavqeli tovarlar salbiy daromad elastikligiga ega.


Hatto normal tovarlar o‘rtasida ham daromad elastikliklari hajm jihatdan sezilarli darajada o‘zgaradi. Oziq-ovqat va kiyim kabi zaruriyatlar kichik daromad elastikligiga ega bo‘ladi, chunki iste’molchilar daromadlari past bo‘lganda ham bu tovarlarning ba’zilarini sotib olishni tanlaydilar. Qimmatbaho taqinchoqlar kabi hashamat tovarlar katta daromad elastikligiga ega bo‘ladi, chunki iste’molchilar daromadlari juda ham past bo‘lganda ham ularsiz ish qila olishligini bilishadi.
Talabning narxlar kesishgandagi elastikligi. Talabning narxlar kesishgandagi elastikligi bir tovarga bo‘lgan talab miqdori boshqa bir tovarning narxidagi o‘zgarishiga munosabati qanday bo‘lishini ifodalaydi. Bu 1-tovarga bo‘lgan talabning foizdagi o‘zgarishi 2-tovar narxining foizdagi o‘zgarishi nisbati shaklida hisoblanadi, ya’ni:
Kesishgan Talab elastikligi= .
Bu elastiklik manfiy yoki musbat songa ega bo‘lishi tovarlarning bir-birini to‘ldirishi yoki o‘rnini bosishiga bog`liq. Masalan, hot dog narxining oshishi odamlarni gamburger olishga undaydi. Chunki hot dog narxi va gamburgerga bo‘lgan talab bir xil yo‘nalish bo‘yicha harakatlanadi, narxlar kesishishidagi elastiklik ijobiydir. Bu misol bir-birini o‘rnini bosadigan tovarlar uchun xosdir. Endi bir-birini to‘ldiradigan tovarlarni ko‘rib chiqamiz. Masalan, kompyuter va dasturiy ta’minot bir-birini to‘ldiradi. Bu holda elastiklik salbiy bo‘ladi. Chunki kompyuter narxining oshishi dasturiy ta’minotga bo‘lgan talabning qisqarishiga olib keladi.

4.2.Taklif elastikligi


Taklifning narx elastikligi va uning aniqlovchilari
Taklif qonuni shuni ko‘rsatadiki, yuqori narx taklif miqdorini oshiradi. Taklifning narx elastikligi narxdagi o‘zgarishga qancha taklif miqdori o‘zgarishini ifodalaydi. Agar taklif narx o‘zgarishiga sezilarli darajada javob qaytarsa, tovar taklifi elastik deyiladi. Agar taklif narx o‘zgarishiga biroz javob qaytarsa, tovar taklifi noelastik deyiladi.
Taklifning narx elastikligi ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqargan tovarlar miqdori o‘zgarishiga bog`liq. Masalan, sohil bo‘yi yerlari noelastik taklifga ega, chunki ularni ko‘proq ishlab chiqarish deyarli imkonsizdir. Bunga zid holda, kitob, mashina va televizor kabi tovarlar elastik taklifga ega, chunki ularni ishlab chiqaruvchi firmalar yuqori narxlarga javoban o‘z faoliyatlarini uzoqroq davom ettirishadi.
Ko‘plab bozorlarda, taklifning narx egiluvchanligining asosiy aniqlovchisi vaqtdir. Taklif qisqa muddatdan ko‘ra uzoq muddatda elastikroq bo‘ladi. Qisqa muddat mobaynida, korxonalar ishlab chiqarish ko‘lamini birdaniga oshira olmaydilar. Demak, qisqa muddatda, taklif miqdori narxning o‘zgarishiga kamroq javob qaytaradi. Bunga zid holda, uzoq muddatda yangi zavodlar qurishi yoki eskilarini yopishi mumkin. Bundan tashqari bozorga yangi korxonalar kirishi va eskilari tugatilishi mumkin. Demak, uzoq muddatda taklif miqdori narx o‘zgarishiga sezilarli javob qaytaradi.

Taklifning narx elastikligini hisoblash


Biz taklifning narx elastikligi haqida boshlang`ich ma’lumotga ega bo‘ldik, endi chuqurroq yondashamiz. Taklifning narx elastikligi taklif miqdorining foizdagi o‘zgarishini narxning foizdagi o‘zgarishiga nisbati shaklida hisoblanadi, ya’ni:
Taklifning narx elastikligi= .
Misol uchun, faraz qiling 1 qadoq sut narxi 2.85$ dan 3.15$ ga ko‘tarilishi sutchi fermerlarning mahsuloti ko‘payishiga sabab bo‘ladi, oyiga 9000 qadoqdan 11000 ga qadoqqa.
Narxning foizdagi o‘zgarishi=(3.15-2.85)/((2.85+3.15)/2)*100=10%
Taklifning foizdagi o‘zgarishi=(11000-9000)/((11000+9000)/2)*100=20%
Bu vaziyatda taklifning narx elastikligi= ga teng. Bu ko‘rsatkich taklif miqdori narxga nisbatan 2 marta o‘zgarganini bildiradi.
Taklif egri chizigining turlari
Taklifning narx elastikligi narxga taklif miqdorining mazmunini ifodalagani sababli bu taklif egri chizig‘ining ko‘rinishida aks etadi. 5- tasvir 5 holatni korsatadi. A panelda korsatilgandek, chetdagi 0 elastiklikda taklif butunlay noelastikdir va taklif egri chizigi esa vertical. Bu holatda, taminlangan miqdor narxdan qat’iy nazar bir xil. Elastiklik o‘sganda, taklif egri chizigi tekislanib boradi, qaysiki, shuni korsatadiki, ta’minlangan miqdor narxda o‘zgarishiga ko‘proq ma’suldir. Qarshisidagi chetda, e panelda korsatilgandek, taklif butunlay elastic. Bu taklifning narx elastikligi cheksizlikka intilganda va taklif egri chizigi gorizantal bolganda sodir boladi. Narxdagi bir oz o‘zgarish miqdorning katta ko‘lamda o‘zgarishiga olib keladi.



Narx

Narx


Narx




2. … taklif hajmini 22 % ga oshiradi

1.Narx ning 22 % ga ko’tarilishi

Narx

Miqdor


Miqdor

Miqdor


1.Narx 4$ dan yuqori bo’lsa taklif cheksiz

2.Narx 4$ bo’lsa ishlab chiqaruvchilar taklif qiladilar

3.Narx 4$ dan past bo’lsa taklif hajmi 0

2. … taklif hajmini 67 % ga oshiradi

1.Narx ning 22 % ga ko’tarilishi

RASM

Taklifning narx elastikligi taklif egri chizig‘ining tik yoki yotiq bo’lishini belgilab beradi. E’tibor berish kerakki, barcha foiz o’zgarishlari o’rta nuqta usulidan foydalanilgan holda hisoblaniladi

Miqdor

Narx


Miqdor

(b) Noelastik talab: Elastiklikk 0 ga teng



(a) Mutloq noelastik taklif: Elastiklikk 0 ga teng

1.Narx ning 22 % ga ko’tarilishi

2. … taklif hajmini 10 % ga oshiradi

2. … taklif hajmini o’zgartirmaydi

1.Narx ko’tarilishi
Bazi bozorlarda taklif elastikligi bir xil bo‘lmaydi va taklif chizig‘i bo‘yicha farq qiladi. 6-shakl mahsulot uchun cheklangan miqdorga ega bo‘lgan zavodlarga firmalarning sanoat uchun maxsus holatini ko‘rsatadi. Taklif qilinayotgan qiymatning past darajasi uchun taklif elastikligi baland va bunga mos ravishda firmalar narx o‘zgarishi bilan javob beradi. Bu holatda firmalar foydalanilmayotgan tovarlar uchun qiymatni belgilaydi. Masalan foydalanilmayotgan o‘simlik va jihozlar Butun kun va kunning qismi mobaynida. Bu foydalanilmayotgan miqdordan foydalanila boshlaganda narxdagi kichik o‘sish firma uchun foydali bo‘ladi. Bir miqdor to‘liq foydalanib bo‘lingach qo‘shimcha mahsulot birligini oshirish yangi o‘simliklar yetishtirishni talab qiladi. Bu qo‘shimcha xarajatlarni tajribadan o‘tkazishga firmani ko‘ndirish uchun narx katta miqdorda o‘sishi zarur va shuningek, taklif deyarli elastik bo‘lmasligi zarur.
6-shakl bu voqeaning raqamli misolini namoyish etadi. Narx 3$dan 4 $ ga oshganda (o‘rtanuqta metodiga ko‘ra 29 foiz o‘sish), taklif qilinadigan miqdor 100 dan 200 ga o‘shadi(67 foiz o‘sish). Taklif qilinadigan miqdor ko‘proq nisbatda o‘zgarganligi uchun, taklif chizig‘i 1ga qaraganga ko‘proq elastik. Farqlash uchun narx 12$ dan 15$ga o‘sganda (22 foiz o‘sish), taklif qilinadigan miqdor 500 dan 525ga o‘sadi(5 foiz o‘sish). Bu holatda taklif qilinadigan narxga qaraganda kamroq nisbatda ko‘chadi, shuningdek, elastiklik 1 ga nisbatan kamroq.

4.3. Talab , taklif va elastiklikning uch ko‘rinishi


Fermerlik uchun yaxshi xabar fermerlar uchun yomon xabar bo‘lishi mumkinmi? Nima uchun OPEC yoqilg‘ining narxini baland saqlab tura olmadi? Dorilar ta’qiqi o‘sadimi yoki dorilarga bog‘liq jinoyatlar kamayadimi? Avvaliga bu savollar oson tuyulishi mumkin.



Miqdor

Narx




Qanday qilib taklifning narx elastikligi farq qilishi mumkin
Firmalarda mahsulot uchun maksimum miqdorda qiymat mavjud bo’lganligi uchun , taklif elastikligi taklif qilingan miqdorning eng past darajasida juda baland va eng yuqori darajasida juda past bo’lishi mumkin. Bu yerda, narxning 3$ dan 4$ga o’sishi taklif qilinadigan miqdorni 100 dan 200 ga oshiradi.taklif qilinadigan miqdorda 67% o’sish(o’rta nuqta metodidan foydalanib hisoblangan) narxdagi 29 foiz o’sishdan kattaroq, taklif chizig‘I bu holatda elastik. Ammo,narx 12$ dan 15$ ga o’sganda taklif qilinadigan miqdor500 dan 525ga oshadi. Chunki taklif qilinadigan miqdorning 5% o’sishi narxdagi 22 foiz o’sishdan kichikroq va taklif chizig‘I bu holatda noelastik.



Elastiklik 1 dan kichik

Elastiklik 1 dan katta

RASM

Fermer xo‘jaligidagi yaxshi xabar fermer uchun yomon xabar bo‘la oladimi?
Tasavvur qiling, siz bug`doy yetishtiradigan fermersiz. Sizning barcha daromadingiz bug`doyni sotishdan kelishi sababli, siz iloji boricha yeringizni unumdorligini oshirishga harakat qilasiz. Ob-havo va turoq holatini kuzatasiz, daladagi zararkunanda va kasalliklarni yo‘qotasiz va ilg`or texnologiyalardan foydalanasiz. Siz bilasiz qancha ko‘p bug`doy yetishtirsangiz, shuncha ko‘p hosil olasiz va sizning daromadingiz ko‘proq bo‘ladi hamda turmush tarzingiz yaxshilanadi.
Bir kuni, Kanzas davlat universiteti olimlari muhim kashfiyot qilishganini e’lon qilishdi. Universitetning agronomlik bo‘limi tadqiqotchilari fermerlar har bir akrdan(0.4 gektar) oladigan bug`doydan 20 % ko‘p hosil beradigan yangi bug`doy navini kashf qilishdi. Bu xabarga qanday munosabat bildirasiz? Bu kashfiyot siz uchun yaxshimi yoki yomon?
Bu savollarga 3 ta qadamda javob beramiz. Birinchi, biz talab yoki taklif egri chizig`i siljigan yoki siljimaganligini tekshiramiz. Ikkinchi, biz egri chiziq qaysi tomonga siljiganini hisoblaymiz. Uchinchi, biz bozor muvozanati qanday o‘zgarganligini ko‘rish uchun talab-taklif chizmasidan foydalanamiz.
Bu holatda kashfiyot taklif egri chizig`iga ta’sir qiladi. Chunki yangi nav hosildorlikni oshiradi va endi fermerlar istalgan berilgan narxda ko‘proq bug`doy yetishtirishni xohlashadi. Boshqacha qilib aytganda taklif egri chizig`i o‘ng tomonga suriladi. Talab egri chizig`i o‘zgarmaydi, chunki iste’molchilarning berilgan narxda bug`doy mahsulotlarini sotib olishga bo‘lgan istaklariga yangi navning ta’siri yo‘q. 7-chizmada bunday o‘zgarish tasvirlangan. Taklif S1 dan S2 ga siljiganda, sotilgan bug`doy soni 100 dan 110 ga ko‘tarilgan, narx esa 3$ dan 2$ ga tushgan.



Bug‘doy bozorida taklif hajminin7 ortishi
Taklif S1 dan S2 ga siljiganda,sotilgan bug`doy soni 1ó0 dan 110 ga ko`tarilgan, narx esa 3$ dan 2$ ga tushgan.
ChizmaÝan ko`rinib turibdiki daromad 300 dan 220 ga tushgan. Shunday qilib, yangi navning kashf qilinishi fermerlarning daromadi kamayishiga olib keladi.



3. … va mos ravishda sothlgan mahsulot miqdorini ozgina oshiradi. Natijada umumiy daromad 300 $ dan 200 $ ga pasayadi

2é… narxni pasayishini boshlab beradi

1. Talab noelastik bo’lsa, taklif hajmining ortishi

Bug‘do˜ hajmi

Bug‘doy narxi



RASM

Kashfiyot fermerga ijobiy ta’sir qildimi? Birinchi navbatda, fermerning umumiy daromadiga nima bo‘lganligini hisoblaymiz. Fermerning umumiy daromadi PxQ, narxni bug`doy soniga ko‘paytiramiz. Kashfiyot fermerga 2 yo‘l bilan ta’sir qildi. Yangi nav fermerga ko‘p bug`doy yetishtirishni ta’minlaydi(Q-soni oshadi), lekin endi har bir boshoq past narxda sotiladi(P-narx tushadi).
Umumiy daromad oshadimi yoki oshmaydimi bu talabning elastikligiga bog`liq. Amaliyotda, bug`doy kabi asosiy oziq-ovqatlarga bo‘lgan talab elastik emas, chunki bular nisbatan arzon va o‘rnini bosadiganlari juda kam. 7-chizmadagi kabi talab elastik bo‘lmaganida, narxlarning tushishi daromadning kamayishiga olib keladi. Chizmadan ko‘rinib turibdiki, daromad 300 dan 220 ga tushgan. Shunday qilib, yangi navning kashf qilinishi fermerlarning daromadi kamayishiga olib keladi.
Agar fermerlarga bu kashfiyot yomon ta’sir qilsa, kimdir qiziqishi mumkin nega ular buni qabul qilishadi. Javob raqobatbardosh bozor qanday ishlashiga borib taqaladi. Chunki har bir fermer bug`doy bozorining kichik bo‘lagi, u bug`doyni berilgan narxda oladi. Istalgan berilgan narx uchun, yangi navdan foydalanish va ko‘proq bug`doy sotish yaxshiroq. Lekin buni hamma fermerlar qilsa, bug`doyga taklif oshadi, narxi esa tushadi va fermerlarga aks ta’sir qiladi.
Garchi bu misol gipoyezadek ko‘rinsa ham, o‘tgan asr mobaynida Qo‘shma Shtatlar iqtisodiyotidagi asosiy o‘zgarishlarni tushunishga bu misol yordam beradi. 200 yil oldin ko‘plab Amerikaliklar fermalarda yashashgan. Ferma metodlari haqidagi bilimlar oddiy bo‘lgan. Ko‘plab Amerikaliklar aholini boqadigan oziq-ovqatni ishlab chiqaradigan fermer bo‘lishga to‘g`ri kelgan.
Vaqt o‘tgan sari, fermerchilik texnologiyasidagi yuksalish har bir fermer ishlab chiqara oladigan mahsulotning miqdorini oshirishga olib keldi. Noelastik talab bilan birgalikda oziq-ovqat taklifidagi o‘sish fermerchilikdagi umumiy daromadning tushishiga sabab bo‘ldi. Bu esa odamlarni fermerchilik sohasidan chiqib ketishiga olib keldi.
Bir necha raqamlar bu tarixiy o‘zgarishning ko‘lamini ko‘rsatadi. 1950-yilda Qo‘shma Shtatlarda 10 million aholi fermerchilikda band bo‘lgan, bu ishchi kuchining 17 foizini tashkil qiladi. Hozir esa 3 millionga yaqin aholi bu sohada faoliyat ko‘rsatadi, bu ishchi kuchining 2 foizini tashkil etadi. Bu o‘zgarish fermerchilikdagi samaradorlik bilan mos tushadi: fermerlar sonidagi 70 foiz pasayishga qaramasdan, hozir fermalar 1950-yilga nisbatan 2 barobar ko‘proq hosil bermoqda.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun bozorning bunday analizi ijtimoiy siyosat paradoksini tushunishga yordam beradi: Ma’lum qishloq xo‘jaligi dasturlari fermerlarning barcha yerlariga ekin ekmaslikni majburlash orqali ularga yordam berishga harakat qiladi. Dasturlarning maqsadi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari taklifini qisqartirish va narxni ko‘tarish. Ularning mahsulotlari uchun elastic bo‘lmagan talab bilan ular bozorga kamroq hosil bilan chiqishsa, fermerlar ko‘proq daromad oladilar. Hech qaysi fermer o‘z yerini tashlab qo‘ymaydi, chunki ular berilgandek bozor narxini olishadi. Buni barcha fermerlar birgalikda qilsa, har biri uchun yaxshiroq bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi texnologiyasi yoki siyosatining ta’sirini tahlil qilinganda, shuni yodda tutish kerakki, fermerlar uchun yaxshi bo‘lgan narsa butun jamiyat uchun yaxshi emas. Qishloq xo‘jaligi texnologiyasidagi rivojlanish fermerlarga yomon bo‘la oladi, chunki bu ularni keraksizga chiqarib qo‘yadi, lekin oziq-ovqat mahsulotlariga kam to‘laydigan iste’molchilar uchun esa bu yaxshi. Agar siyosat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining taklifini qisqartirishga yo‘naltirilsa, bu iste’molchi xarajatlariga aks ta’sir etadi.

Nega OPEK neftning yuqori narxini ushlab turishda muvaffaqiyatsizlikka uchradi?


O‘tgan bir necha o‘n yillik mobaynida jahon iqtisodiyoti uchun eng ko‘p putur yetkazadigan hodisalar neft bozorida vujudga kelmoqda. 1970-yilda neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK) a’zolari daromadni ko‘paytirish maqsadida neftning jahon narxini oshirishga qaror qilishdi. Bu maqsadga ular birgalikda neft miqdorini qisqartirish orqali erishishdi. 1973-yildan 1974-yilgacha neftning narxi 50 foizdan yuqoriroqqa ko‘tarildi. Bir necha yildan so‘ng, OPEK bu ishni yana bir bor amalga oshirdi. 1979-yildan 1981-yilgacha neft narxi qariyb ikki barobar ko‘tarildi.
Biroq OPEK yuqori narxni ushlab turishni qiyin deb topdi. 1982-yildan 1985-yilgacha neftning narxi yiliga 10 foizdan pasaydi. Tez orada esa OPEK davlatlari o‘rtasida qoniqmaslik va tartibsizlik keng yoyildi. 1986-yilda OPEK a’zolari o‘rtasidagi hamkorlik butunlay sindi va neftning narxi 45 foizga keskin pasaydi. 1990-yilda neftning narxi 1970-yildagi narx bilan bir xil edi va 90-yillarda uning narxi deyarli o‘zgarmadi( XXI asrning 1-o‘n yilligida neftning narxi yana oshdi, lekin OPEK uni kamaytirganidan emas, balki neftga bo‘lgan talab oshganligidan va Xitoy iqtisodiyoti shiddat bilan ko‘tarilayotganidan).
1970-1980-yillardagi OPEK hodisasi qisqa va uzoq muddatda talab va taklif qanday harakatlanishini ko‘rsatadi. Qisqa muddatda neftga bo‘lgan talab va taklif nisbatan elastik emas. Taklif elastik emas, chunki ma’lum neft zaxiralari va neft qazib chiqarish hajmi tez o‘zgarmaydi. Talab ham elastik emas, chunki sotib olish narxdagi o‘zgarishlarga tez javob qaytarmaydi. Demak, 8-chizmada ko‘rsatilganidek, qisqa muddatdagi taklif, talab tik qiya holda turadi. Taklif S1 dan S2 ga o‘zgarganda, P1dan P2 ga narxning ko‘tarilishi katta bo‘ladi.
Uzoq muddatda vaziyat ancha farqlidir. Uzoq vaqt mobaynida, OPEKdan tashqari neft ishlab chiqaruvchilar yuqori narxlarga javoban neft tadqiqotlarini ko‘paytiradilar va ishlab chiqarishning yangi kuchlarini barpo etishadi. Iste’molchilar esa tejashga harakat qilishadi, masalan eski samarasiz mashinani yangisiga almashtirishadi. Demak, 8-chizmada ko‘rsatilganidek, uzoq muddatli talab va taklif egri chizig`i elastik hisoblanadi. Uzoq muddatda taklif egri chizig`ining S1 dan S2 ga o‘zgarishi narxning ozgina ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.



(b)Uzoq muddatli davrda neft bozori

(a) Qisqa muddatli davrda neft bozori

Dunyo neft bozoroda taklif ha»mining qisqarishi


Neftga talab pasayganda, bunga javob berish ma’lum bir vaqt>talab qiladi. Qisqa muddatli davrda, (a) panelda talab va takliµ biroz noelastik. shu tariqa taklif egri chizig‘ining S1 dan S2Ága siljishi narxni oshiradi. Aksincha uzoq muddatli davrda esa _aklif va talab biroz elastik.



Neft hajNeft narxi

1. Uzoq muddatli davrda, talab va t@fli noelastik bo’lganda taklif siljishi…

2 … narxni seki~ o’sishini boshlab beradi

2 … narxni keskin o’sishini boshlab beradi

1. Qisqa m}ddatli davrda, talab va tafli noelastik bo’lganda taklif siljis%i

Neft narxi

Neft hajmi

RASM

Bu tahlil nega faqatgina qisqa vaqt mobaynida OPEK neftning yuqori narxini ushlab turishga erishganini ko‘rsatadi. OPEK mamlakatlari neft ishlab chiqarishni qisqartirishga kelishishganda, ular taklif egri chizig`ini chap tomonga surishdi. OPEK mamlakatlarining har biri kam neft sotganligiga qaramasdan, ular narxni ko‘tarib daromadlarini ham qisqa vaqtda oshirishdi. Uzoq muddatda esa, talab va taklif elastik bo‘lganda, taklifning bir xil kamayishi taklig egri chizig`ini gorizontal tomonga surdi va narxda biroz o‘sish kuzatildi. Shunday qilib, uzoq muddatda taklifni qisqartirish kamroq foyda keltiradi. Kartel uzoq muddatdan ko‘ra qisqa muddatda narxni oshirish oson ekanligini o‘rgandi.

Giyohvand moddalarni taqiqlash unga doir jinoyatlar sonini oshiradimi yoki kamaytiradimi?


Jamiyatimiz duch kelayotgan muammolardan biri – bu geroin, kokain kabi giyohvand moddalardan foydalanish. Bu moddalarning ko‘plab salbiy ta’siri mavjud. Biri shuki, giyohvand moddaga bog`lanib qolish odamlar va ularning oilasining hayoti barbod bo‘lishiga olib keladi. Boshqa tomondan esa pul topish maqsadida giyohvand odam o‘g`rilikka va boshqa jinoyatlarga qo‘l uradi. Noqonuniy moddalardan foydalanishni cheklash maqsadida Qo‘shma Shtatlar hukumati mamlakatga givohvand moddalarning oqimini qisqartirish uchun har yili milliard dollar mablag` ajratadi. Talab va taklif mexanizmlaridan foydalangan holda bu narkotik moddalarni to‘xtatish siyosatini tekshiramiz.


Tasavvur qiling, hukumat giyohvand moddalarga qarshi urushda qatnashadigan federal agentlar sonini oshirdi. Noqonuniy dorilar bozorida nima sodir bo‘ldi? Odatdagidek, biz 3-qadamda savolga javob beramiz. Birinchidan, biz talab yoki taklif egri chizig`ining o‘zgarganini ko‘rib chiqamiz. Ikkinchidan, o‘zgarishning qaysi tomonga bo‘lganini kuzatamiz. Uchunchidan, biz o‘zgarish muvozanat narxi va miqdoriga qanday ta’sir etganini ko‘ramiz.
Garchi narkotiklarni to‘xtatishning maqsadi ulardan foydalanishni qisqartirishga qaratilgan bo‘lsa ham, uning aniq ta’siri xaridorlarga emas, balki sotuvchilargadir. Hukumat mamlakatga bir necha narkotik moddalarning kirishini to‘xtatgan va ko‘plab kontrabandachilarni hibsga olgan paytda, bunday moddalar narxi oshadi va shu sababli ularning miqdori kamayadi. Giyohvand moddaga bo‘lgan talab, ya’ni istalgan narxda sotib oladiganlar soni o‘zgarmaydi. 9-chizmada ko‘rsatilganidek, taqiq taklif egri chizig`ini chap tomonga S1 dan S2 ga surdi, talab esa o‘zgarishsiz qoldi. Muvozanat narxi P1 dan P2 ga ko‘tarildi, muvozanat miqdori esa Q1 dan Q2 ga pasaydi. Muvozanat miqdorining kamayishi shuni ko‘rsatadiki, narkotik moddalarning taqiqi ulardan foydalanishni qisqartirdi.
Lekin giyohvand moddalarga doir jinoyatlarchi? Bu savolga javob berish uchun giyohvand moddalardan foydalanuvchilar to‘lagan pullarining umumiy qiymatini hisoblaymiz. Chunki juda kam giyohvandlar narxlar oshganda odatlaridan voz kechadi, bu degani bunday moddalarga bo‘lgan talab elastik emas.

Narkotikdan noqonuniy foydalanishni kamaytirishgaqaratilgan siyosat

3. … narkotik so1uvi kamayadi

Narkotikni ta’qiqlash taklif hajmini S1 dïn S2 ga kamaytiradi (a). Agar narkotikka bo’lgan talab noelasti¨ bo’lsa, narkotikdan foydalanish kamayishiga qaramasdan unga to2lanadigan to’lov hajmi ortadi. Aksincha, narkotikka qarshi o’qi0ish narkotikka bo’lgan talabni D1 dan D2 ga kamaytiradi (b). Bioq bunda narx va miqdor ham kamayib, undan foydalanuvchilar toÍonidan to’lanadigan to’lovlarni kamaytiradi

2. … narx pasayadi…

1. Narkotikka qarshi o’qitish narkotikka talabni kamaytiradiû

3. … narkotik sotuvi kamayada

2. … narx ko’tariladi…

1. Narkotikni ta’qiqlash narkotik taklifini k¢maytiradi

Narkotik narxi

Narkotik hajmi


Ä

Narkotik narxi

RASM


(b) Naðkotikka qarshi o’qitish

(a) Narkotikni ta’qiqlash

Agar talab elastik bo‘lmasa, giyohvand moddalar bozoridagi umumiy daromad ko‘tariladi. Chunki giyohvand moddalardan foydalanishga nisbatan narx ancha ko‘tarilgan bo‘ladi. Bu esa giyohvandlar to‘laydigan umumiy pul miqdorini oshiradi. Giyohvandlar o‘zlarining ehtiyojini qondirish maqsadida o‘g`rilik qilishiga ham to‘g`ri keladi, ularga avvalgidan ham ko‘proq pul zarur bo‘ladi. Demak, giyohvand moddalarni to‘xtatish siyosati unga doir jinoyatlar sonini oshiradi.
Bu siyosatning salbiy ta’siri sababli bir necha mutahassislar muqobil yechim topishda bahslashmoqdalar. Giyohvand moddalar taklifini qisqartirgandan ko‘ra, siyosatchilari giyohvand moddalar haqida ta’lim berish orqali ularga bo‘lgan talabni qisqartirishga harakat qilishlari mumkin. Muvaffaqiyatli ta’limning ta’siri 9-chizmada ko‘rsatilgan.
Talab egri chizig`i chapga D1 dan D2 ga surilgan. Natijada muvozanat miqdori Q1 dan Q2 ga va muvozanat narx esa P1 dan P2 ga tushgan. Umumiy daromad ham pasaygan. Shunday qilib, giyohvand moddalar kirishini to‘xtatishga farqli o‘laroq, ta’lim ham ulardan foydalanishni, ham ularga doir jinoyatlar sonini kamaytirishni ta’minlaydi.
Giyohvand moddalarni to‘xtatish tarafdorlari siyosatning uzoq muddatli ta’siri qisqa muddatlidan ko‘ra farqli deb biladi, chunki talab elastikligi vaqtga bog`liq. Talab qisqa muddatda elastik bo‘lmas, chunki og`uga o‘rganib qolganlarga narxning ko‘tarilishi ta’sir etmaydi. Lekin vaqt o‘tgan sari talab elastikbo‘lib boraveradi, chunki yuqori narx yoshlar orasida bu moddalarni sinab ko‘rishdan qaytaradi va vaqt o‘tgan sayin faqatgina sanoqli giyohvandlar qoladi. Bunday holatda, giyohvand moddalarni to‘xtatish siyosati qisqa muddatda ularga doir jinoyatlar sonini oshiradi, uzoq muddatda esa kamaytiradi.

Xulosa



Talab va taklif vositalari iqtisodiyotni shakllantiradigan ko‘plab muhim voqealar va siyosatlarni analiz qilishga imkon beradi.
Talabning narx elastikligi narxdagi o‘zgarishga nisbatan qancha talab bo‘lishini hisoblaydi. Talab ko‘proq elastik bo‘ladi agar o‘rnini bosuvchi tovarlar mavjud bo‘lsa, agar tovar zaruriyatdan ko‘ra ortiqroq bozor tor doirada yoki xaridorlarda narxning o‘zgarishiga munosabat sekin bo‘lsa.
Talabning narx elastikligi talabning foizdagi o‘zgarishini narxning foizdagi o‘zgarishiga nisbati tarzida hisoblanadi. Agar talab narxga nisbatan kamroq o‘zgarsa, unda elastiklik 1 dan kichik bo‘ladi, ya’ni talab elastik emas desa ham bo‘ladi. Agar aks holat bo‘lsa, elastiklik 1 dan yuqori va talab elastik hisoblanadi.
Umumiy daromad tovar narxi bilan ularning sotilgan miqdoriga ko‘paytirib topiladi. Elastik bo‘lmagan talab uchun, narx oshganda daromad oshadi. Agar talab elastic bo‘lsa narx ko‘tarilganda daromad oshadi.
Talabning daromadlar elastikligi iste’molchilar daromadi o‘zgarganda qancha talab bo‘lganligini ko‘rsatadi. Talabning narxlar kesishuvi elastikligi bir tovar narxining o‘zgarishiga boshqa bir tovarga bo‘lgan talab sonini ko‘rsatadi.
Taklifning narx elastikligi narx o‘zgarishiga qarab qancha taklif bo‘lganligini bildiradi. Elastiklik e’tiborga olingan vaqt birligiga tez-tez bog`liq bo‘ladi. Ko‘plab bozorlarda taklif qisqa vaqtdan ko‘ra uzoq vaqtda elastikroq bo‘ladi.
Taklifning narx elastikligi taklifning foizdagi o‘zgarishining narxning foizdagi o‘zgarishiga nisbati tarzida hisoblanadi. Agar taklifning o‘zgarishi narxning o‘zgarishidan kamroq bo‘lsa, elastiklik 1 dan kichik bo‘ladi, ya’ni taklif elastik emas desa ham bo‘ladi. Agar aks holat bo‘lsa, elastiklik 1 dan yuqori va taklif elastik hisoblanadi.
Talab va taklif mexanizmi turli xil bozorlarda qo‘llaniladi. Bu bo‘limda bug`doy, neft va giyohvand moddalar bozorini tahlil qilishda ulardan foydalanildi.



1 Ushbu bob G. Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics” 7 e.) kitobining V bobi asosida tayyorlangan. 89-111 bet

Yüklə 450,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin