•
o'quvchilarga
dunyoning
zamonaviy
ilmiy
ko'rinishini
shakllantirishda
axborot
jarayonlarining a?amiyatini, jamiyatning rivojida axborot va kommunikatsion texnologiyalarning
rolini ochib berish;
O’quvchilar tomonidan informatika asoslarini egallash va ularni tafakkurini rivojlantirish. Bu vazifa
informatika o'qituvchisi oldida turgan birinchi vazifadir.
2.
Ilmiy dunyo qarash asoslarini shakllantirish. Bu muhim vazifani hal etishda butun
pedagogik jamoa barcha o'quv predmetlarini o'qitish jarayonida ishtirok etadi.
3.
Milliy mafkura ruhida tarbiyalash.
4.
O'quvchilarni amaliy faoliyatga, mehnatga, ta'lim olishni davom ettirishga tayyorlash.
Yuqoridagi masalalardan hech biri boshqalaridan ajratilgan holda, alohida hal etilmasligi lozim.
Ular bir butunlikda bir-biri bilan chambarchas bog’liq holda amalga oshirilishi lozim. O'quvchilar
tomonidan informatika asoslarini mustaqkam egallashlari asosidagina ularning tafakkurini
tarbiyalash va ilmiy dunyo qarash asoslarini yaratish mumkin. Ikkinchi tomondan, manti?iy
fikrlashga o'rgatish bilangina, o'quvchilarning informatikani fan sifatida uningo'ziga xos tomonlarini
chuqur tushunishlariga erishish mumkin.
Bundan tashqari informatikani o'qitish jarayonida amaliy faoliyatga tayyorlash vazifasini
to'g’ri hal etishga erishish uchun informatika kursining ilmiyligini oshirish lozim. Faqatgina to'g’ri
va chuqur xulosalar qila olsagina, o'quvchilar har bir masalani echishga tanqidiy va ijodiy yondasha
oladilar, yangi muammolar oldida o'zlarini yo'qotib qo'ymaydilar va turli shart-sharoitlarda unumli
faoliyat ko'rsata oladilar.
|