Ulug’bek Movarounnahr shaharlarini, xususan Samarqand va Buxoroni ilm-u ma’rifat dargohiga aylantirishga intiladi. Uning farmoni bilan 1417-yilda Buxoroda, 1417-1420-yillarda Samarqandda va 1433-yilda G’ijduvonda madrasalar qad ko’taradi.
Madrasalarda o’qish quyidagi bosqichlardan iborat bo’lgan:
Bobur 1526-yilning 21-aprelida Dehli hukmdori Ibrohim Lo’diy qo’shinlarini tor-mor keltirdi. Bu g’alaba natijasida Bobur SHimoliy Hindistonni egalladi. 1526-yilning 27-aprelda Dehli shahrida Bobur podshoh nomiga xutba’ o’qildi. Shu tariqa, yangi saltanat Boburiylar saltanatiga asos solinadi.
Bobur podshoh Hindistonda bir-biri bilan dushmanlik kayfiyatida bo’lgan mayda mustaqil rojalarni (hukmdorlarni) ham qilich, ham siyosat yo’li bilan birlashtiradi va 1530 yilgacha markazlashgan yirik saltanatini barpo etadi. Bu saltanat 332 yil (1526-1858-yillar), ya’ni Hindistonni Buyuk Britaniya to’liq bosib olgunga qadar hukm surdi.