Bobur xayotiy esdaliklar yozish maktabini «Boburnoma» asari orkali boshlab berdi.
«Muxtasar», «Mubayyin», «Volidiya», «Xatti Boburiy» kabi asarlarida ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor qaratgan.
Uning ijodiga mansub bo’lgan «Xatti Boburiy» uzoq yillar davomida maktablarda, madrasalarda savod o’rgatish kitobi sifatida foydalanilgan.
Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va insonparvarlik masalalari
Navoiy ijodining asosini inson va uning ma’naviy dunyosi, muhabbat va go’zallik tushunchalari haqidagi chuqur uy-xayollar, hayot mazmuni haqidagi fikrlar tashkil etadi. Shoir nazarida muxabbat – bu insonni yomonliklardan va ehtiyojga berilishdan forig’ etuvchi ulug’-vor axloqiy kuch. U o’zida olijanoblik va mardonavor ruhni, vafodorlik-ni, insondagi barcha imkoniyatlar va ma’naviy kuchlarning faol namoyon bo’lishi yo’llarini aks ettiradi.
Odamiylikning mezoni
Navoiyning fikricha, yaxshilikning, odamiylikning mezoni – bu xalq g’am tashvishi bilan yashashdir:
Qanoat buloqdur-suvi olgan bilan kurimaydi; xazinadir – naqdisi sochgan bilan kamaymaydi, ekinzordir – urug’i izzat va shavkat mevasi beradi; daraxtdir – shoxi tortinchoqlik va hurmat mevasi etkazadi.
Alisher Navoiy “muruvvvat va saxovat ” to’g’risida
Saxovat insoniyat bog’ining borvar shajaridur (boqiy ildizidir), balki ul shajarning mufid samaridur (hosilasidur). Odamiylik kishvarining bahri mavjvari (odamiylik dengizining mavjlari), balki ul mavj bahrining samin gavhari...
Navoiyning maktab va madrasalar rivojiga qo’shgan hissasi
. O’rta asrning buyuk adibi Alisher Navoiyning turkiyzabon xalqlar, xususan o’zbek xalqining ma’naviy ravnaqi yo’lidagi mamlakat obodonchiligi, el-yurtning farovonligi yo’lidagi faoliyati beqiyosdir. U birgina Hirot shahri yaqinida Injil anhori bo’yida bir qancha binolar: “Ixlosiya” madrasasi, uning qarshisida “Xolisiya” xonaqohi, “Qudsiya” jome’ masjidi, “Shifoiya” davolash uyi, “Safoiya” hammomi, va ular qoshiga toshhovuz qurdiradi.