Navoiyning oqituvchi (mudarris) to’grisidagi fikrlari
Mudarris kerakki, g’arazi mansab bo’lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik uchun dars berishga havas ko’rgazmasa va olg’irlik uchun gap-so’z va g’avg’o yurgizmasa, nodonlikdan sallasi katta va pechi uzun bo’lmasa, gerdayish uchun madrasa ayvoni boshi unga o’rin bo’lmasa. ...
Jomiy uchta lirik devon, yetti dostondon iborat “Haft avrang” (“Etti taxt”), ta’lim-tarbiyaga oid “Bahoriston” asarlari bilan jahon madaniyati taraqqiyotida munosib o’ringa ega bo’ldi.
Abdurahmon Jomiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari Sa’diyning Guliston asari uslubida yozilgan “Bahoriston” asari va “Xaft avrang”ga kirgan “Tuhfatul axror” hamda “Silsilatuz zahab” (“Oltin zanjir”) va boshqa dostonlarida ifodalangan.
Jaloliddin Davoniy (to’la nomi Jaloliddin Muhammad ibn Asad as Siddiqiy ad Davoniy) (1427 — Davon qishlog’i, Eron — 1502) — sharq olimi, faylasufi. Yoshligidan ilm-fanga, xususan fiqhshunoslikka qiziqadi. Maktabni bitirgach, Sherozga kelib madrasada tahsil ko’radi. So’ng Sheroz shahri qozisi etib tayinlanadi. Qozilikdan iste’foga chiqqach, mudarrislik qiladi. Umrining oxirida o’z qishlog’iga qaytib, ilmiy ish bilan band bo’ladi. Davoniy Eron, Hindiston, Iroqning ko’p shaharlarida bo’lib, olim va shoirlar bilan uchrashdi. Forobiy, Ibn Sino, Nasriddin Tusiy va boshqalarning dunyoqarashini o’rgandi, Temur va temuriylar davrida yashagan mutafakkirlar asarlaridan unumli foydalandi.