4-mavzu: xona intereri hamda jihozlanish dizayni



Yüklə 18,77 Kb.
səhifə3/5
tarix09.04.2023
ölçüsü18,77 Kb.
#95336
1   2   3   4   5
4-mavzu xona intereri hamda jihozlanish dizayni reja

Primula - deyarli yil bo‘yi gullaydi. Uni isitish moslama- lariga yaqin qo‘yish yaramaydi. Uning gullari pushti, qizil, och binafsha rangda bo‘ladi.
Tradeskasiya - pastga osilib o‘suvchi o‘simliklar turiga kiradi. Barglari kumushsimon kulrang, jigar rang, pushti, binafsha rangli yo‘llari bo‘lgan yashil ranglarda bo‘ladi. Yoz paytlarida tez- tez sug‘orib turish kerak.
Estetik talablar orasida rassom interyerning ayrim joylari uchun o‘simliklarning o‘sish komponentlarini, ularning ayni shu joyga mosligini to‘g‘ri tanlay olishi muhim rol o‘ynaydi.
Interyerdagi «yashil zonalar» bo‘shliqni ritmik to‘ldirish asosida yoki aloxida guruh sifatida tashkil etilishi mumkin.
Dekorativ o‘simliklarni interyerga o‘rnatishni rejalashtirishda turli ko‘rinishdagi tagliklardan oqilona foydalanish maqsadga muvofikdir. Polga o‘rnatiladigan tagliklar og‘ir, salmoqli bo‘lishi ham, aksincha, yengil, nafis bo‘lishi xam mumkin. Ularning proporsiyalari o‘simlikning xarakteri va ogirligiga qarab belgilanadi.
Odatda, yuqoriga qarab o‘sadigan baland dekorativ o‘simliklarni past taglikka o‘rnatiladi va aksincha. Taxta, plastika, temirdan past-baland kilib yasalgan tagliklarda bunday o‘simliklar chiroyli ko‘rinadi.
Bir va bir necha gullarga mo‘ljallangan devorlarga o‘rnatiladigan tokchalarning konstruktiv imkoniyatlari juda kengdir.
Hozirgi qurilayotgan o‘quv binolarida doimiy gul ekish uchun ajratish mumkin bo‘lgan joylar istalgancha topiladi. Bunday joylarda qishda ham, yozda ham gul o‘stirish mumkin. Bunday joylarni oddiy dekorativ plita va toshlar bilan jihozlanadi. Ularni turli ranglarga bo‘yab o‘ziga xos originalikka ega bo‘lgan
yashil burchak tashkil etish mumkin. Unga o‘tkaziladigan gullarning rang- barangligi bu burchakni yana ham jozibador qilib ko‘rsatadi.
Yuqorida aytilganlarga qo‘shimcha qilmoqchimizki, xonalarga o‘rnatilgan dekorativ o‘simliklar o‘quvchilarning psixikasi va asab tizimlariga hamda xona mikro iqlimiga ijobiy ta’sir etadi (haroratni pasaytiradi va namlikni oshiradi, havo tarkibini yaxshilaydi, uni kislorod bilan ta’minlaydi).
Dekorativ o‘simliklar ta’lim-tarbiyaviy maqsadga ham xiz- mat qiladi. Interyerdagi yashil burchak o‘ziga xos laboratoriya bo‘lib, unda o‘kuvchilar o‘simliklarni parvarish qilish jarayonida ularning o‘sishi, gullashi, ko‘payishi, qisqasi, o‘simliklar hayoti bilan tanishadilar. Dekorativ o‘simliklar o‘quvchilarda tabiatga muhabbat hissini uygotadi.

Yüklə 18,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin