4-mavzu: xona intereri hamda jihozlanish dizayni


Interyerdagi badiiy bezaklar



Yüklə 18,77 Kb.
səhifə5/5
tarix09.04.2023
ölçüsü18,77 Kb.
#95336
1   2   3   4   5
4-mavzu xona intereri hamda jihozlanish dizayni reja

Interyerdagi badiiy bezaklar


Interyerdagi har bir narsa (interyerning har bir bo‘lagi) o‘zi bajaradigan vazifaga muvofiq xolda jihozlanadi. Uquvchilar va o‘qituvchilar o‘quv yurti vestibyulidan kirib kelar ekan, shu yerning o‘zidayoq ularning harakat jadvali ta’minlanadi. Shuningdek, vestibyulning jihozlari bino ichiga kirish va kerakli bo‘limlarga o‘tib ketish uchun qulay holda joylashtirilishi lozim.
Hozirgi paytda bir butun kompleks bo‘lib tushadigan blok holida qurilayotgan binolar garderoblarni bevosita o‘kuv xonalariga yaqin joylashtirishni takozo etmokda. Turli yoshdagi o‘quvchilar guruhlarining garderoblarini alohida o‘quv blokiga kiraverishda yoki uning har bir qavatida joylashtirish ma’qul.
Kichik yoshdagi o‘quvchilarning garderoblarini ular doimiy shug‘ullanadigan sinf yoniga, agar sinf xonasi katta bo‘lsa, uning ichiga joylashtirish maqsadga muvofiqdir.
Kabinet tizimida o‘qiydigan sinflarning o‘quvchilari uchun garderob vestibyulda yoki o‘quv blokining boshlanish qismlarida bo‘lishi mumkin. Bu garderoblarda o‘quvchilarning portfellari, kitob va boshqa o‘quv qurollarini saqlash uchun ham maxsus joy bo‘lishi yanada yaxshi.
Garderoblar o‘rnini tanlashda ularning faqat funksional vazifasiga emas, balki dekorativ bezatilishiga ham alohida e’tibor berish lozim. Didsiz bajarilgan va osilgan ko‘rsatkich, jadval, raqam va hokazolar yuqori saviyada jihozlangan interyer- ning umumiy ko‘rinishini buzib yuborishi mumkin.
Vestibyullarni jihozlashga ham alohida ahamiyat berish kerak. Ayrim maktablarning vestibyulida palapartish osib tashlangan ko‘rgazmali tashviqot elementlarining qaysi birini o‘qishni bilmay qolasiz. Vestibyulning hamma devorlari turli stend, shior, chaqiriq, e’lon, plakat va hokazolar bilan berkitib tashlangan, shuningdek, ko‘pchilik hollarda ular bir-biriga uzviy bog‘lanmagan va har xil uslubda ishlangan bo‘ladi. Bunday sharoitda vestibyulda bayramona muhit, kenglik va yorug‘likni ta’minlash qiyin, albatta. Shuning uchun vestibyulda fakat umummaktab xarakteridagi ko‘rgazmali tashvikot va axborot materiallari bo‘lishi, qolganlarini interyerning boshqa qismlariga joylashtirish maqsadga muvofikdir.
Vestibyulda «Dars jadvali», «E’lonlar» taxtalari, «A’lochilar», «Sobiq bitiruvchilarimiz» kabi stendlar bo‘lishi lozim. Iloji bo‘lsa, o‘quv yurti tarixiga, uning hayotiga bag‘ishlangan kichikrok ko‘rgazmalar tashkil etish ham mumkin.
Vestibyulda maktabning o‘ziga xos, yaqin oradagi boshqa o‘kuv yurtlaridan farqli xususiyatlarini to‘g‘ri ifodalash juda muhim ahamiyatga molikdir.
Odatda, umumiy ta’lim maktablari mashhur yozuvchilar, jamoat arboblari, urush va mehnat qahramonlarining nomi bilan ataladi. Bu esa o‘quv yurti vestibyulini badiiy bezashda muhim omil bo‘lishi mumkin. Masalan, vestibyulda o‘quv yurtiga nomi berilgan shaxsning byusti yoki portreti, hayoti va faoliyatini ifodalovchi materiallar joylashadi, ana shular vestibyulni badiiy bezashda asosiy o‘rinni egallaydi. Interyerdagi ayrim elementlar binodan tashqaridagi muhitni bevosita ifodalab turishi mumkin. Vestibyulda joy yetarli bo‘lsa, uning o‘kuvchilar harakatiga xalaqit bermaydigan qismida yashil burchak tashkil qilish maqsadga muvofikdir. Uni gisht va toshlar bilan jihozlab, u yerda turli xil dekorativ o‘simliklarni parvarishlash, vestibyulning maktab uchastkasi, qolaversa, tabiat bilan uyg‘unligini aks ettiradi. Shunga o‘xshash mahalliy sharoit bilan bog‘liq boshqa elementlarni ham qo‘llash mumkin.
Maktabdagi boshqa xonalar interyerlarini jihozlashda, avvalo, ularning funksional vazifasini, qolaversa, biologik va estetik vazifalarini hisobga olish lozim.

Nazorat savollari


  1. Badiiy bezash ishlarini tashkil qilishni tushuntring.

  2. Interyer va fasadlarni izohlang.

  3. Bezashda dekorativ о‘simliklarni qanday ahamiyati bor?

  4. Interyerni bezatish talablarini tushuntring

Yüklə 18,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin