Musobaqa bayonnomalari papkalarga quyidagi tartibda joylashtiriladi:
- 1 va 2-nusxalar nusxa ko‟chiruvchi qog‟oz bilan – marraga
yoki polevoy hakamlar
guruhiga;
- 3-nusxa – axborot uchun;
- 4-nusxa – e‟lonlar taxtasiga;
- 5-nusxa – ishtirokchilar qoshidagi hakamlar uchun;
- 6-nusxa – start guruhiga;
- 7-nusxa – stadion
tablosi xizmatiga;
- 8-nusxa – shamol tezligini aniqlash xizmatiga;
- 9-nusxa – fotomarraga;
- 10-nusxa – kotibiyatning nazorat papkasiga.
Marraga va sakrash hamda uloqtirishlarning har bir turiga oid papkalarga final
musobaqalari blankining 2 nusxasi, nusxa ko‟chiruvchi qog‟oz, shuningdek,
mukofotlash
blankining 2 nusxasi solinadi.
Ishchi papkada dastur turi hamda musobaqalarning boshlanish vaqti ko‟rsatiladi.
Materiallar yo‟qotilishining oldini olish va mas‟uliyatni oshirish maqsadida materiallarning
kimga berilayotganligi, vaqti, hakamlar guruhlaridan kotibiyatga ishchi qaydnomalarning kelib
tushish vaqti yozib boriladi.
Materiallardan nusxa ko‟chirish guruhi:
- turli xil hakamlik
hujjatlarini bosib chiqaradi;
- yakuniy hujjatlarni zarur miqdorda ko‟paytiradi (yakuniy qaydnomalar shakli ilovada
keltirilgan);
- hujjatlarni taqdim etish guruhiga materiallarni etkazib beradi;
- ishlov berilgan varaqalarni arxivga jo‟natadi.
Materiallardan nusxa ko‟chirishda quyidagilarni ko‟rsatish zarur:
1) Yengil atletikaning ushbu turi stadionda yoki undan tashqarida o‟tkazilgani;
2) Yigitlar va qizlar guruhlari uchun snaryadlarning og‟irligi;
3) G‟ovlarning balandligi va ular orasidagi masofa;
4) Musobaqalar boshlanadigan sana, vaqt,
havo namligi, poyganing boshlanishi, final
natijalari;
5) Sport jamiyatlarining qisqacha belgisi:
- DFSOP – P;
- “Dinamo” – D;
- (“Mehnat rezervlari” - MR);
- markaziy harbiy sport klubi – MXSK.
Dostları ilə paylaş: