4-Mavzu. Yengil atletika bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish, musobaqalardagi hujjatlar va hakamlik ishi. Seminar rejasi



Yüklə 368,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/16
tarix05.05.2023
ölçüsü368,35 Kb.
#108421
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
IV. Ko’pkurashlarda 
1. Har bir tur bo‟yicha ko‟rsatilgan natijalar maxsus jadval asosida ochkolarda baholanadi. 
Yakuniy natijalar mazkur ko‟pkurash tarkibiga kiruvchi barcha turlar uchun olingan ochkolar 
yig‟indisiga ko‟ra aniqlanadi. 
2. Yugurish bo‟yicha barcha natijalar yo 0,01 sek aniqlikkacha, yoki (agar fotomarra 
bo‟lmasa) 0,1 sek. aniqlikkacha olinadi.
3. Agar bir necha ko‟pkurashchida ochkolar yig‟indisi bir xil bo‟lsa, ko‟pkurashning 
ko‟proq turlari bo‟yicha raqibidan oldinda bo‟lgan sportchiga ustunlik beriladi. Bu ko‟rsatkich 
ham bir xil bo‟lsa, ko‟pkurashning biror turi uchun ochkolarda eng yuqori baho olgan sportchi 
ustunlikka ega bo‟ladi. 
4. Ko‟pkurashning bir turi bo‟yicha musobaqaga kelmagan (uzrsiz sabab bilan) ishtirokchi 
musobaqalardan chiqarib yuboriladi. 
5. Nol baho olish ishtirokchini musobaqadan chiqarib yuborish uchun sabab bo‟la olmaydi. 
IV. Jamoaviy natijalar guruhi 
- jamoaviy hisob natijalarini umumlashtirish bilan shug‟ullanadi; 
- vakillar uchun peshlavhadagi jamoaviy bellashuvlarning borishi jadvalini to‟ldirib 
boradi; 
- o‟tgan turlardan so‟ng jamoalarning holati to‟g‟risida ma‟lumotlar markazi, axborot va 
tabloga xabar beradi; 
- varaqalarni materiallardan nusxa ko‟chirish guruhiga etkazib beradi. 
VI. Materiallardan nusxa ko’chirish guruhi 
- musobaqaning barcha davralariga oid start, ishchi, oraliq va yakuniy bayonnomalarini 
bosib chiqaradi hamda tekshiradi.
Musobaqalarning ishchi bayonnomalari: dasturning yugurish turlari uchun 10 nusxada, 
sakrash va uloqtirishlar uchun 9 nusxada bosib chiqariladi. 
Musobaqa bayonnomalarida quyidagilar ko‟rsatiladi:
- musobaqalarning to‟liq nomi (nizomga muvofiq); 
- o‟tkazilish joyi va vaqti, stadionning nomi
- har bir ishtirokchining to‟liq familiyasi va ismi, raqami, qaysi jamoaga mansubligi; 
- mazkur tur bo‟yicha erishgan rekord natijalari; 
- boshlang‟ich va keyingi olgan balandliklari (balandlikka hamda langarcho‟p bilan 
sakrash); 
- shaxsiy (sh) yoki tanlovdan tashqari (tt) ishtiroki to‟g‟risidagi belgi.


Musobaqa bayonnomalari papkalarga quyidagi tartibda joylashtiriladi: 
- 1 va 2-nusxalar nusxa ko‟chiruvchi qog‟oz bilan – marraga yoki polevoy hakamlar 
guruhiga; 
- 3-nusxa – axborot uchun; 
- 4-nusxa – e‟lonlar taxtasiga; 
- 5-nusxa – ishtirokchilar qoshidagi hakamlar uchun; 
- 6-nusxa – start guruhiga; 
- 7-nusxa – stadion tablosi xizmatiga
- 8-nusxa – shamol tezligini aniqlash xizmatiga; 
- 9-nusxa – fotomarraga; 
- 10-nusxa – kotibiyatning nazorat papkasiga. 
Marraga va sakrash hamda uloqtirishlarning har bir turiga oid papkalarga final 
musobaqalari blankining 2 nusxasi, nusxa ko‟chiruvchi qog‟oz, shuningdek, mukofotlash 
blankining 2 nusxasi solinadi. 
Ishchi papkada dastur turi hamda musobaqalarning boshlanish vaqti ko‟rsatiladi. 
Materiallar yo‟qotilishining oldini olish va mas‟uliyatni oshirish maqsadida materiallarning 
kimga berilayotganligi, vaqti, hakamlar guruhlaridan kotibiyatga ishchi qaydnomalarning kelib 
tushish vaqti yozib boriladi. 
Materiallardan nusxa ko‟chirish guruhi: 
- turli xil hakamlik hujjatlarini bosib chiqaradi
- yakuniy hujjatlarni zarur miqdorda ko‟paytiradi (yakuniy qaydnomalar shakli ilovada 
keltirilgan); 
- hujjatlarni taqdim etish guruhiga materiallarni etkazib beradi; 
- ishlov berilgan varaqalarni arxivga jo‟natadi. 
Materiallardan nusxa ko‟chirishda quyidagilarni ko‟rsatish zarur: 
1) Yengil atletikaning ushbu turi stadionda yoki undan tashqarida o‟tkazilgani; 
2) Yigitlar va qizlar guruhlari uchun snaryadlarning og‟irligi; 
3) G‟ovlarning balandligi va ular orasidagi masofa; 
4) Musobaqalar boshlanadigan sana, vaqt, havo namligi, poyganing boshlanishi, final 
natijalari; 
5) Sport jamiyatlarining qisqacha belgisi: 
- DFSOP – P; 
- “Dinamo” – D; 
- (“Mehnat rezervlari” - MR); 
- markaziy harbiy sport klubi – MXSK. 

Yüklə 368,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin