4-Mavzu. Yengil atletika bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish, musobaqalardagi hujjatlar va hakamlik ishi. Seminar rejasi


 Hakamlar xayati tarkibi va ularning vazifalari



Yüklə 368,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/16
tarix05.05.2023
ölçüsü368,35 Kb.
#108421
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
4.2. Hakamlar xayati tarkibi va ularning vazifalari. 
I. Vazifalar 
- Musobaqalarni o‟tkazish uchun zarur bo‟lgan barcha materiallar va hujjatlarni 
tayyorlash; 
- Musobaqa ishtirokchilari ko‟rsatgan natijalarga tezkor ravishda ishlov berish, ularni 
tizimlashtirish va shaxsiy hamda jamoa birinchiliklarida g‟oliblarni aniqlash
- Natijalar va jamoaviy bellashuvlarning borishi to‟g‟risidagi ma‟lumotlarni ishtirokchilar, 
jamoalarning vakillari, matbuot hamda tomoshabinlar e‟tiboriga o‟z vaqtida yetkazish; 
- Rasmiy materiallarni bosib chiqarish (texnik hisobot). 
 


II. Tuzilishi 
Kotibiyat ishiga bosh kotib rahbarlik qiladi. U kotibiyat hakamlarining o‟zaro, shuningdek, 
kotibiyat hamda hakamlar hay‟atlari va xizmatlari orasidagi hujjatlar aylanishi bilan bog‟liq 
barcha hatti-harakatlari izchilligini belgilaydi, o‟tkazilayotgan muayyan bir musobaqada hujjatlar 
aylanishining axborotlar oqimi umumiy sxemasi asosidagi sxemasini ishlab chiqadi. 
Kotibiyat faoliyati sxemasini ishlab chiqishda hujjatlar ro‟yxati va axborot turlarini 
belgilab olish ularni turli toifadagi foydalanuvchilarga etkazib berish usullari va vositalarini 
aniqlash zarur.
- ishtirokchilarga – jamoa vakillari orqali
- hakamlar hay‟atiga – bevosita kotibiyat orqali;
- matbuot vakillariga – matbuot markazi yoki kotibiyat orqali;
- tomoshabinlarga – axborot xizmati orqali. 
Har bir musobaqada kotibiyat faoliyatining tuzilishi va texnologiyasi uning darajasi hamda 
texnik jihozlanganligiga ko‟ra aniqlanadi. 
Kotibiyat faoliyati shartli ravishda uch asosiy bosqichga bo‟linadi: 
- musobaqalarga tayyorlanish; 
- bevosita musobaqalarni o‟tkazish; 
- texnik hisobotni rasmiylashtirib, topshirish. 
89-rasm. O’zbekiston yengil atletika federatsiyasi hakamlar hayati tarkibi 

Yüklə 368,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin