4-Mavzu. Yengil atletika bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish, musobaqalardagi hujjatlar va hakamlik ishi. Seminar rejasi


Musobaqa hujjatlarini tayyorlash va nashr etish



Yüklə 368,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/16
tarix05.05.2023
ölçüsü368,35 Kb.
#108421
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Musobaqa hujjatlarini tayyorlash va nashr etish 
Musobaqaning barcha hujjatlari shartli ravishda uch guruhga bo‟linadi: 
- musobaqalarga qadar; 
- musobaqalar vaqtida; 
- musobaqalardan keyin bosib chiqariladigan hujjatlar. 
Ko‟pgina hujjatlarni tayyorlash uchun ishtirokchining varaqasi asosiy manba bo‟lib xizmat 
qiladi. 
 
4.3.Musobaqa nizomi va uning bandlari. 
O‟zbekiston Respublikasi 
Jismoniy tarbiya va sport 
vaziri______________ 
«____» _________ 201__y. 
2004-2008 yillarda tug‟ilgan o‟smirlar o‟rtasida yopiq binoda yengil atletika bo‟yicha 
O‟zbekiston Kubogi va O‟zbekiston Respublikasi birinchiligi to‟g‟risida 
NIZOM 
I. Maqsad va vazifalari. 
- O‟zbekiston Respublikasi xududlarida yengil atletika xolatini aniqlash. 
- Xalqaro musobaqalarda qatnashish uchun O‟zbekiston Respublikasi terma jamoasini 
shakllantirishga kuchli sportchilarni saralab olish. 
II. O’tkaziladigan joyi va vaqti.
Musobaqa 2020 yil 3-4 fevral kunlari Toshkent shaxridagi Respublika Olimpiya zahiralari 
kollejining majmuasida o‟tkaziladi. Yetib kelish kuni – 2 fevral. 
III. Musobaqani o’tkazishga rahbarlik. 
Musobaqaga tayyorgarlik va o‟tkazishga raxbarlik O‟zbekiston Respublikasi Jismoniy 
tarbiya va sport davlat qo‟mitasi va O‟zbekiston Yengil atletika federatsiyasi tomonidan amalga 
oshiriladi. Musobaqani o‟tkazish bevosita Respublika hakamlar xay‟ati zimmasidadir.
IV. Musobaqa qatnashchilari va ishtirok etuvchi tashkilotlar. 
Musobaqada Qoraqalpog‟iston Respublikasi, O‟zbekiston Respublikasi viloyatlari va 
Toshkent shahri terma jamoalari qatnashadi. Birinchi guruh jamoalari tarkibi (Toshkent 
shaxridan 2 jamoa, Toshkent, Samarqand, Andijon, Farg‟ona viloyati) – 20 kishi, shu jumladan, 
17 nafar sportchi, vakil, 2 nafar murabbiy (trener); ikkinchi guruh (Qoraqalpog‟iston 
Respublikasi, Surxondaryo, Buxoro, Sirdaryo, Namangan, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, 
Xorazm viloyatlari) – 12 kishi, shu jumladan, 10 nafar sportchi, vakil va murabbiy. Toshkent 
shahri jamoa birinchiligisiz (sportchilar shaxsiy birinchilikda qatnashadi) uchinchi jamoani 
tashkil etadi. Qatnashchilar 1988 yilda tug‟ilganlar va undan kattalardir. 


Shaxsiy birinchilikka O‟zbekiston terma jamoasi a‟zolari (asosiy tarkib, stajyorlar), 
shuningdek, 1-razryaddan kam bo‟lmagan sport tayyorgarligiga ega bo‟lgan sportchilar kiritiladi. 
Sportchilarga shaxsiy birinchilikda qatnashish ruxsatnomasi O‟zbekiston yengil atletika 
Federatsiyasi tomonidan xal etiladi.
Olimpiya zaxiralari kolleji o‟quvchilari o‟zlari kelagn xududdan ishtirok etishadi.

Yüklə 368,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin