II. Tuzilishi
Kotibiyat ishiga bosh kotib rahbarlik qiladi. U kotibiyat hakamlarining o‟zaro, shuningdek,
kotibiyat hamda hakamlar hay‟atlari va xizmatlari orasidagi hujjatlar aylanishi bilan bog‟liq
barcha hatti-harakatlari izchilligini belgilaydi, o‟tkazilayotgan muayyan bir musobaqada hujjatlar
aylanishining axborotlar oqimi umumiy sxemasi asosidagi sxemasini ishlab chiqadi.
Kotibiyat faoliyati sxemasini ishlab chiqishda hujjatlar ro‟yxati va axborot turlarini
belgilab olish ularni turli toifadagi foydalanuvchilarga etkazib berish usullari va vositalarini
aniqlash zarur.
- ishtirokchilarga – jamoa vakillari orqali;
- hakamlar hay‟atiga – bevosita kotibiyat orqali;
- matbuot vakillariga – matbuot markazi yoki kotibiyat orqali;
- tomoshabinlarga – axborot xizmati orqali.
Har bir musobaqada kotibiyat faoliyatining tuzilishi va texnologiyasi uning darajasi hamda
texnik jihozlanganligiga ko‟ra aniqlanadi.
Kotibiyat faoliyati shartli ravishda uch asosiy bosqichga bo‟linadi:
- musobaqalarga tayyorlanish;
- bevosita musobaqalarni o‟tkazish;
- texnik hisobotni rasmiylashtirib, topshirish.
89-rasm. O’zbekiston yengil atletika federatsiyasi hakamlar hayati tarkibi
Dostları ilə paylaş: