4.2-rasm. Qirindilarni oksidlanishsiz kuydirish qurilmasi: 1-quritish va sovitish bo‘linmasi; 2-tishli gardish; 3-yuklash kamerasi; 4-kontaktli tasmalar; 5-oqizuvchi qabul navlari; 6-tayanch roliklari; 7-tirkovchi rolik; 8-uzatma; 9-tayanch roliklari; 10 -bilvosita qizdirish kamerasi; 11-bilvosita qizdirish forsunkasi; 12, 18, 20-birlamchi havo ventilyatorlari; 13-tebranma oziqlantiruvchi; 14-tarelkasimon oziqlantiruvchi; 15 -bunker; 16-sath indikatorlari; 17-yordamchi gorelka ventilyatori; 19-forsunka; 21 -oxirigacha yoqish kamerasi; 22-tutun chiqish trubasi; 23-gaz yoli; 24-termoparalar; 25 -birinchi quritish seksiyasi; 26-qizdirish kamerasi.
Oxirigacha yoqish kamerasi silindrsimon va shamotli g‘isht bilan qoplangan. Bu kamera birinchi zonaga gaz yo‘li bilan bog‘langan. Kamerada forsunka o‘rnatilgan va 750S harorat ushlab turiladi, shu haroratda yog‘ bug‘lari butunlay yonadi.
Qurilmani me’yorida issiqlik ishlashiga - qirindidagi yog‘ va suv nisbati katta ahamiyatga ega. Birinchi zonada yog‘ tarkibi kam bo‘lganda yog‘ bug‘lari kam hosil bo‘ladi va yonish bo‘lmaydi; ish haroratini bir xilda ushlab turish uchun bilvosita qizitish kamerasida yoqilg‘i yoqish zarur. Qirindi tarkibida ko‘p miqdorda yog‘ bo‘lsa, birinchi qismda harorat me’yoridan o‘tib ketadi. Haroratni bir xilda ushlab turish uchun qirindidagi yog‘-suv nisbati bir xilda ushlanadi, ya’ni barabanga uzatishdan oldin suv yoki yog‘ bilan to‘yintiriladi. Intal quritgichlari barabanning o‘lchamlariga qarab 320-16800 kg/soat ishlab chiqarishga unumdorligiga ega.
4.8. Kabel temir-tersak va chiqindilariga birlamchi ishlov berish Ishlab-chiqarish amaliyotida tok o‘tkazuvchilar va kabel chiqindilarini tozalashni va ajratishni bir necha turlari mavjud: mexanik, kimyoviy, termik, elektrostatik kriogen va boshqalar. Biz quyida ayrim keng tarqalgan usullarini ko‘rib o‘tamiz.
4.3-rasm. Kabel temir-tersak va chiqindilari Kabel temir-tersak va chiqindilarini mexanik tozalash va ajratish. Mexanik usul keng tarqalgan usul hisoblanib, apparatura jihozlanishini oddiyligi va atrof-muhitni ifloslamasligi bilan ajralib turadi. Mexanik ajratish stanoklarda, maxsus moslamalarda, liniyalarda olib boriladi. Mexanik usul keng tarqalgan usul hisoblanib, apparatura jihozlanishini oddiyligi va atrof-muhitni ifloslamasligi bilan ajralib turadi. Mexanik ajratish stanoklarda, maxsus moslamalarda, liniyalarda olib boriladi.
Sico firmasining kabelni izolyasiyadan tozalovchi stanogi (4.4-rasm) diametri 11 mm dan 152 mm gacha bo‘lgan kabellarni tozalash uchun ishlatiladi. U tushadigan moslamani g‘ildiraklari joylashgan korpusdan tashkil topgan. G‘ildiraklarga bir tomonlama tishlar va kanopdan tozalaydigan ariqlar qilingan. Bo‘ylama yo‘nalish bo‘yicha kabel qobig‘i pichoqlar bilan qirqiladi. Pichoqning qirralari qirqilgan qobiqni qayirib, simdan tozalaydi. Pichoqni ko‘tarish va tushirish g‘ildiraklarini holati kabel diametriga bog‘liq holda rostlanadi.