Kabellarni elektrostatik separatsiyalash Diametri 0,4 mm dan kam bo‘lgan ingichka tolali misli yoki alyuminiyli simlarni izolyasiyasidan tozlashda elektrostatik barabanli separatorlar qo‘llaniladi. Bunday separatorlarni harakatlanishi tojli maydonni qo‘llashga asoslangan. Tojli maydonda joylashgan zarrachalar tarkibidan qat’iy nazar, tojli elektrod qutblanishiga bog‘liq bo‘lgan kattalik elektr zaryadini oladi. Zarracha olishi mumkin bo‘lgan maksimal zaryad quyidagi formuladan topiladi:
Qmax=4 E0 a2 k E
bu erda, E0- elektr doimiylik, E0= 8,8542 . 10-12 Kll/Vm;
a - aylanishni elektrik ekvivalent ellipsoidasining radiusi, m;
E0 - maydonning kuchlanishi, V/m;
k - doimiy;
Kabel temir-tersak va chiqindilarini elektrostatik seperatsiyalashda elektrostatik barabanli seperatorlar keng qo‘llanadi. Elektrostatik barabanli seperatorda kabel temir-tersak va chiqindilarini boyitish sxemasi 4.6-rasmda ko‘rsatilgan.
Turli xil chiqindilarni qaynoq namlab bo‘laklash Qaynoq namlab bo‘laklash xas-cho‘plarini bo‘laklash, qoliplangan er va quyish sexi shlaklarini, aylanma chang va boshqa mayda materiallarni biriktirish uchun bajariladi (4.7-rasm).
Ushbu jarayonni texnologik sxemasi 5 mm teshikli g‘alvirda elashdan boshlanadi. +5 mm dagi fraksiyalar minorali pechga jo‘natiladi. -5 mm dagi fraksiyalar chang va vozgon bilan aralashtirilib qumoqlanadi (granulyasiya). Vozgon-bu oson uchuvchi metallarning oksidlaridir. Namlab bo‘laklash shixta-siga 10-12 % koksik va 15 foizgacha ohak qo‘shiladi.
Tayyorlangan shixta yoqilg‘ini yonishi natijasida kerakli harorat ushlab turiladigan aylanuvchi pechga solinadi. Yonish gazlari va materiallarini qarshi aniq harakatlari qo‘shimcha isitish ehtimolini beradi. 750-9000C haroratda mahsulotlarni birikkan kuyindi holga keltirish zonasida, rangli metallar oksidlarini, qisman tiklanishi, qo‘rg‘oshin oksidi silikatlari rux, mis oksidlarini ferritlari ta’sirida suyuq fazani vujudga kelishi yuz beradi.
Tez eruvchan birikmalar va eftektika qotishmalari aylanuvchan pechga solinish paytida shixtani mayda zarrachalarini biriktiruvchi hisoblanadi.
Bo‘laklangan material pechni to‘kiladigan qismidan (550-6500С) barabanli sovutgichga, so‘ng nazorat qiluvchi g‘alvirlashga jo‘natiladi. Qaynoq namlab bo‘laklashda shixtani massasidan 70 % sifatli mahsulot shaklida chiqadi. -5 mm kattalikdagi bo‘laklar (ularning chiqishi 30 % tashkil qiladi) qaytadan qaynoq namlab bo‘laklashga yuboriladi. Bo‘laklangan bo‘laklarning tarkibi quyidagicha, %: 10-15 Cu, 15-25 Zn, 1-2 Pb, 0,5 Sn, 5-8 Fe, 15-20 SiO2, 3-5 CaO, 3-5 S.
Ushbu tarkibli bo‘laklar minorali pechlarda qayta ishlanadi. Minorali pechlarning gazlari changlardan siklonlarda va qo‘lsimon filtrlarda tozalanadi. Chang bilan chiqib ketadigan materiallar qaynoq namlab bo‘laklashdagi umumiy shixtaning 5-7 foizini tashkil qiladi. Xas cho‘plarni, shlaklarni, changlarni va shunga o‘xshash materiallarni qaynoq namlab bo‘laklashni texnologiyasi oddiy va yuqori unumdorligi bilan jarayonni avtomatik boshqarish imkonlarini beradi.