4-modul yong’in xavfsizligi asoslari



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix24.03.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#89557
1   2   3   4   5
4-MARUZA

v
N
Т
ё
/

bu yerda N – yonuvchi moddalar miqdori, kg/m3; V – moddalarning yonish tezligi, 
kg/m3 soat. 
Agar binoda turli xil qattiq va suyuq materiallar hamda moddalar mavjud bo’lsa, 
yong’inning davomiylik vaqtini quyidagicha aniqlash mumkin, 










m
m
r
ё
n
g
n
g
n
g
S
S
T
...
6
2
2
1
1
0
bu yerda g1, g2 ... gm -turli xil yonuvchi mahsulotlarning miqdori, kg/m2; Sx - 
binoning yuzasi, m2; So - binodagi derazalarning yuzasi, m2; 6 - bino yuzasining bino 
derazalari yuzasiga nisbati, Sx/So=4...10; n1,n2,...nm - modda va materiallarning yonish 
tezligini hisobga olish koeffitsienti, kg/m2soat. Ushbu koeffitsient benzin uchun –15; rezina, 
orgsteklo uchun –35; avtomobil shinasi uchun- 40; yog’och materialar uchun – 65 ga teng deb 
qabul qilinadi.
Ma’lumki yong’inni o’chirishga nisbatan uni oldini olish ham oson, ham foydalidir. 
Shu sababli, har bir mutaxassis, har bir xodim ishlab chiqarishdagi yong’in sabablarini bilishi, 
yong’in xavfsizligi qoidalariga to’liq rioya qilishi va yong’inni oldini olishga qaratilgan 
tadbirlarni amalga oshirishi zarur. Shunga bog’liq holda ob’ektning yong’in xavfsizligi - 
yong’inni oldini olish sistemasi, yong’inga qarshi himoya sistemasi, yong’inning tarqalishini 
oldini olish sistemasi va tashkiliy-texnik tadbirlar orqali ta’minlanadi. 
3. Iqtisodiyot tarmoqlari, binolari, inshoatlari va qurilish materiallarining yong‘inga 
qarshi bardoshlilik darajalari. 
Agar iqtisodiyot tarmoqlarini, binolarni, inshoatlarni va sanoat korxonalarini loyihalash 
va qurishda, unda bajariladigan ishlarning mohiyatidan kelib chiqadigan talablardan, unga texnik 


mustahkamlik, sanitariya-gigienia va iqtisodiy talablardan tashqari, unga yong'in xavfi va 
yong'inga qarshi tura olish talablari ham qo'yiladi. 
QMQ 2.01.02-92 ga asosan hamma qurilish konstruksiyalari yonishi bo'yicha uch 
guruhga bo'linadi.
Yonmaydigan konstruksiyalar—bularga katta harorat ta'sirida yoki alanga ta'sirida 
yonib, kulga yoki ko'mirga aylanmaydigan qurilish konstruksiyalari kiradi (masalan, metall 
konstruksiyalar va mineral materiallar). 
Qiyin yonadigan konstruksiyalar—bunga katta harorat yoki ku-chli alanga doimiy ta'sir 
etganda tutab yonadigan, alanga ta'siri yo'qolishi bilan uchadigan sanoat konstruksiyalari kiradi 
(o'tga qarshi vositalar bilan ishlov berilgan yog'och konstalksiyalar va sanoat chiqindilardan 
tayyorlangan—yarim organik va yarim mineral moddalardan tayyorlangan konstruksiyalar). 
Yonadigan konstruksiyalar—bularga alanga yoki katta harorat yondiruvchi vosita bo'lib, 
keyin alanga olib ketilgandan keyin ham yonishda davom etadigan sanoat konstruksiyalari kiradi 
(yog'och materiallar, qurilishda ishlatiladigan turli-tuman plastmassa materiallari). 
Bino qurilishida ishlatiladigan qurilish konstruksiyalarining yong'inga chidamliligini 
yoki yonishi ularning qanday materialdan tayyorlanganligiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'ladi. 
Ammo ba'zi bir hollardan konstruksiyalarning o'tga chidamligiga uning tarkibiga kiradigan 
materiallarning o'tga chidamligiga nisbatan ko'proq bo'lishi mumkin (Masalan, issiq saqlovchi 
izolatsiya vositalarini metall tunuka bilan qoplab, uning o'tga chidamligini oshirish mumkin).
Yong'in sharoitida qurilish konstmksiyalariga katta harorat ta'siridan tashqari boshqa 
kuchlar ham ta'sir ko'rsatadi. Masalan, konstruksiyaning o'z og'irligi, u ko'tarib turgan umumiy 
og'irlikdan tashqari yana qo'shimcha statik va dinamik kuchlar ta'sir ko'rsatishi mumkin, bu 
sochilayotgan suvning, yig'ilayotgan va bosim tushayotgan bino qismlarining og'irligi va hokazo. 
Shuning uchun ham bunday kuchlar ta'sirida konstruksiyalar egilishi, buqilishi va 
mustahkamligini yo'qotib, ko'tarish qobiliyatiga putur etishi mumkin. 
Bundan tashqari, yong'in vaqtida qurilish konstruksiyalari xavfli darajadagi katta 
haroratda qizishi, erib yoki kuyib ketishi, shuningdek, yoriqlar hosil bo'lishi mumkin, bu yoriqlar 
orqali yong'inning qo'shni xonalarga tarqalish xavfi kuchayib ketadi. Shuning uchun ham sanoat 
konstruksiyalarining ma'lum muddat o'tga chidash berish holatlari belgilanadi va bu ishlatish 
imkoniyati sifatida o'tga chidamlilik deb yuritiladi. 
Material va konstruksiyalarning o'tga chidamliligi o'tga chidamlilik chegarasi bilan 
belgilanadi. O'tga chidamlilik chegarasi asosan tajriba yo'li bilan aniqlanadi. Tajriba usulini 
qo'llanganda asosan maxsus stendlardan foydalaniladi. Sinalayotgan konstruksiya sinash 
qurilmasiga o'rnatilib uni ma'lum vaqtgacha, yong'in vaqtida hosil bo'lishi mumkin bo'lgan 
haroratda qizdiriladi. Qizdirish davomida qurilish konstruksiyasida ba'zi bir o'zgarishlar ro'y 
berishi mumkin: 
1) konstruksiyada yoriq va teshiklar hosil bo'lishi mumkin. Bu teshik va yoriqlar orqali 
yong'in mahsulotlari muhofazalanayotgan tomonga o'tib ketishi xavfi tug'iladi;


2) qizdirilayotgan konstruksiya yuzasining qarama-qarshi tomonidagi yuzaning deyarli 
hammasi 100°C gacha qizisa yoki qizdirish boshlangan haroratga nisbatan ba'zi bir nuqtalarda 
190°C harorat hosil bo'lsa va qizdirish boshlangandagi haroratdan qat'i nazar 220 °C harorat 
hosil bo'lsa;
3) konstruksiya o'z ko'tarish qobiliyatini yo'qotib buzilib tushsa, unda bu konstruksiya 
o'z o'tga chidamlilik darajasiga yetdi deb hisoblanadi. 
O'tga chidamlilik chegarasi soatlarda belgilanadi. Mana shu o'tga chidamlilik chegara 
soatlarning kattaligiga qarab sanoat qurilishi konstruksiyalarining o'tga chidamlilik darajasi 
belgilanadi. Bu darajalar rim raqamlarida I, II, III, IV, V deb belgilanadi.
I darajadagi o'tga chidamlilikka ega bo'lgan binolarning asosiy devorlari zinapoya 
maydonlari va kolonnalarining o'tga chidamlilik chegarasi 2,5 soatdan kam bo'lmasligi, tashqi 
devor va oraliq devorlar 0,5 soatdan kam bo'lmasligi kerak. I dаrаjаli yong’ingа chidаmli 
binоlаrgа bаrchа kоnstruktsiyalаri yonmаydigаn, yuqori yong’ingа chidаmlilik chеgаrаsigа (0,5-
2,5 sоаt) egа bo’lgаn binоlаr kirаdi; 
II darajadagi binolar esa yuqoridagi ko'rsatkichlar 2,1 va 0,25 soatlarni tashkil qilishi 
kerak. II dаrаjаli yong’ingа chidаmli binоlаrgа kоnstruktiv elеmеntlаri yonmаydigаn, yuqori 
chidаmlilik chеgаrаsigа (0,25-2,0 sоаt) egа binоlаr kirаdi;
III dаrаjаli yong’ingа chidаmli binо vа inshооtlаr yonmаydigаn vа qiyin yonuvchi 
mаteriаllаrdаn tаyyorlаnаdi;
IV dаrаjаli yong’ingа chidаmli binоlаrgа bаrchа kоnstruktsiyalаri qiyin yonuvchi 
mаteriаllаrdаn tаyyorlаngаn binоlаr kirаdi; 
V darajadagi binolar uchun esa o'tga chidamlilikning minimal miqdori belgilanmaydi.
V dаrаjаdаgi binоlаrgа esа bаrchа kоnstruktsiyalаri yonuvchi mаteriаllаrdаn tаshkil 
tоpgаn binоlаr kirаdi.
Tаlаb etilgаn yong’ingа chidаmlilik dаrаjаsi binо vа inshооtlаrning kоnstruktsiyasi, 
vаzifаsi, nеchа kаvаtliligi, tехnоlоgik jаrаyonlаrni yong’ingа хаvfliligi vа yong’inni аvtоmаtik 
o’chirish vоsitаlаrini mаvjudligigа bоg’liq hоldа bеlgilаnаdi. 
Yog’оch vа bоshqа yonuvchi kоnstruktsiyalаrning yong’ingа chidаmlilik dаrаjаsi bir 
nеchа yo’llаr оrqаli оshirilishi mumkin, jumlаdаn: 1 m² yuzаdаgi yog’оch kоnstruktsiyagа 75 kg 
quruq tuzning suvdаgi аrаlаshmаsini singdirish yoki 1 m² yog’оchgа 50 kg quruq tuzni issiq-
sоvuq vаnnаlаrdа singdirish оrqаli; yong’indаn himоyalоvchi tuzlаrning suvdаgi аrаlаshmаsi 
bilаn (100 gr quruq tuz 1 m² 
yuzaga) mоddiylаrgа yuzа ishlоv berish; yong’indаn himоyalоvchi bo’yoqlаr, suyuq 
shishа, tuprоqli аrаlаshmа vа bоshqа shu kаbilаr bilаn yuzа ishlоv berish; tuprоqli gips bilаn 
shuvаsh, gips plitаlаr o’rnаtish, аsbеst, tsеmеnt mоddiylаr qоplаsh. Kоridоrlаr, yo’lаklаr, zinаlаr 
vа II hаmdа IV yong’ingа chidаmlililik dаrаjаsidаgi yordаmchi binоlаr sirtigа yong’indаn 
himоyalоvchi qоplаmаlаr bilаn ishlоv berish tаqiqlаnаdi. Yong’indаn himоyalоvchi qоplаmаlаr 
atmosferagа chidаmli, nаmlikgа chidаmli vа nаm bo’lmаgаn muhitgа chidаmli bo’lishi mumkin. 
Atmosferagа chidаmli qоplаmаlаrgа pyerхlоrvinil bo’yoqlаr PХVО, ISХ, ХL; nаmlikkа 


chidаmli qоplаmаlаrgа ХD-SJ mаrkаli bo’yoqlаr; nаm emаs muhitgа chidаmli qоplаmаlаrgа 
ХL-K tipidаgi, SK-L mаrkаli silikаt bo’yoqlаr, supyerfоsfаt vа sho’rtuprоqli surkаmаlаr kirаdi. 
Qurilish konstruksiyalarining o'tga chidamlilik darajasini oshirish imkoniyatlari 
mavjud. Maslan, metall konstruksiyalarning o'tga chidamlilik darajasi nihoyatda past bo'lib, 
taxminin 15—20 minut ichida o'z ko'tarish qobiliyatini yo'qotib, egilib bukilib ketadi. Agar bu 
konstruksiyani o'tga chidamli bo'yoqlar bilan moylasak uning o'tga chidamliligi birmuncha 
ortishi, alebastr yoki sement aralashmalari bilan suvasak uning o'tga chidamliligini 1 soatga 
yetkazishimiz mumkin. Agar metalldan qilingan kolonnalarni gips plitalar bilan qoplasak, 
plitalar qalinligini 6 sm dan kam bo'lmasa, unda bu kolonnalarning o'tga chidamlilik chegarasi 3 
soatga yetadi. 
Yog'och konstruksiyalarning o'tga chidamligini oshirish muhim ahamiyatga ega, chunki 
yog'och konstruksiyalarni 270—280 °C gacha qizdirganda ular yonib ketadi. Agar yog'ochdan 
qilingan konstruksiyalar yaxshilab suvalsa, ularning o'tga chidamliligi ortadi. Suvoq qilish uchun 
asbosement va gips aralashmalaridan foydala-nish mumkin. Suvoqning qalinligi 20 mm 
bo'lganda yogoch kons-truksiyasining o'tga chidamliligi 20—25 minutga yetishi mumkin. 
Yog'och konstmksiyalarning o'tga chidamliligini oshirishda antipirin deb ataluvchi 
moddani yog'och konstmksiya ustiga sepish yoki shimdirish yaxshi natija beradi. Antipirin 
kimyoviy birikma bo'lib, yog'och tarkibiga singib borishi natijasida uning yonishini 
qiyinlashtiradi. Agar yog'och materialiga antipirin 75 kg/m miqdorida shimdirilsa, yaxshi 
natijaga erishiladi. Bunday shimdirish, chuqur shimdirish deb ataladi va maxsus moslamalarda 
amalga oshiriladi. 
Bundan tashqari antipiilnni yuzani ishlov berish yo'li bilan ham shimdirish mumkin. 
Bunda antipirin tejaladi, chunki 1 m2 yuzaga 100 g antipirin tuzi sarflanadi. Bunday ishlov 
berishlar yog'och konstruksi-yasini butunlay yonmaydigan qilolmasa ham yonishini birmuncha 
qiy-inlashtirish 
hisobiga 
o'tga 
chidamliligini 
oshiradi. 
Bundan 
tashqari 
yog'och 
konstruksiyalariga yong'inga qarshi bo'yoqlar bilan ishlov berish ham birmuncha ijobiy natijalar 
beradi.
4. Yong‘inga qarshi kurashish xizmati. 
Sanoat korxonalarida yong'inga qarshi kurash ishlarini shu korxonalarning yong'inga 
xavflilik darajasiga qarab, korxona ma'muriyati belgilaydi. Agar sanoat korxonasi yong'inga 
xavfli bo'lsa, unda yong'inga qarshi kurash bo'limi tashkil qilinadi. Bunday bo'lim o'zining 
maxsus yong'inga qarshi kurash komandalarini tashkil qiladi. 
Agar sanoat korxonasining yong'inga xavflilik darajasi past bo'lsa, unda yong'indan 
muhofaza qilish ishlarining asosiy yo'nalishi yong'in chiqib ketmasligini va chiqqan taqdirda 
ham kattalashib ketmasligini ta'minlashga qaratilgan ehtiyot chora-tadbirlari hisoblanadi. 
Hozirgi vaqtda davlat yong'inga qarshi qurash nazoratini ichki ishlar vazirligining 
yon’indan muhofaza qilish boshqarmasi amalga oshiradi. 
Uning asosiy vazifasi - sanoat korxonalarida yong'in va portlashga olib keladigan 
sabablarni yo'qotishga qaratilgan tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni 
amalga oshirishdan iborat. Bu ishlarni yong'inga qarshi kurash inspektorlari bajaradi. Ular 


xohlangan vaqtda sanoat korxonalarini, omborlarni, bino va qurilmalarni ko'zdan kechirishi, 
xohlangan sanoat korxonasi yoki ayrim shaxslardan yong'in xavfsizligiga taalluqli hujjatlar
va ma'lumotlarni talab qilishi, binolarda yong'in bo'lgan taqdirda uni tezda bartaraf qilish 
imkoniyatlarini beradigan yong'inga qarshi kurash birlamchi vositalarining tayyorligini va 
shuningdek, majburiy qarorlar, qoida va normalar qanday bajarilayotganligini tekshirishi
mumkin. 
Davlat yong'inga qarshi kurash nazorati organlari yong'in xavf sizligi qoida, norma va 
talablarini bajarmagan va shuningdek, yong'inga qarshi kurashning birlamchi vositalari hamda 
kerakli asbob-anjomlarni noto'g'ri saqlagani va boshqa maqsadlarda foydalangani uchun sanoat 
korxonasi rahbar xodimlariga, sex boshliqlari va boshqa javobgar shaxslarga jarima solish 
huquqiga ega.
Nаzоrаt sаvоllаri 
1. Yong’in dеgаndа nimа tushunilаdi? 
2. Yong’inning dаvоmiyligi nimаlаrgа bоg’liq? 
3. Yong’inning хаvfli vа zаrаrli оmillаri nimа? 
4. Yong’inni o’chirish mоddаlаrigа nimаlаr kirаdi? 
5. Yong’inni o’chiruvchi mоddаlаrning klаssifikаtsiyasini аyting? 
6. Yong’inni оldini оlish tаdbirlаrini аyting? 
7. Ishlаb chiqаrishdа ishlаtilаdigаn mоddiylаr yonish хususiyati bo’yichа nеchа turgа 
bo’linаdi vа ulаr qaysilаr? 
8. Yong’in хаvfli zоnаlаrgа qаndаy zоnаlаr kirаdi? 
9. O’t o’chirgichlаrlаrning vаzifаsi nimа? 
10. Yong’inni аniqlаshning аvtоmаtik vоsitаsi nimа? 


4-MODUL. YONG’IN XAVFSIZLIGI BO’LIMI BO’YICHA TEST NAZORAT 
SAVOLLARI 
1. Evakuatsiya chiqish joylarining balandligi necha metrdan kam bo`lmasligi kerak? 
A)1,9m B) 2,5m C)1,7m D)1,5m 
2. Xavfsizlik lampochkalar quvvati necha voltdan oshmasligi kerak? 
A) 10V B) 25V C) 20V D) 100V 
3. Paxta tolasining alangalanish harorati qancha?
A)1000 C B)2000 C C)2100 C D) 3500 C 
4. Paxta yonish vaqtidagi cho`g’lanish harorati. 
A) 1000C B) 1500 C C) 2070C D) 2700 C 
5. Elektr moslamasilarini tuzilishi qoidalariga asosan hamma xonalarda qanday 
sinflarga bo`linadi?
A) Nam, quruq B) Zax, issiq C) Changli D) Quruq,namli, zax, juda zaxli, issiq, 
changli, kimyoviy faol 
6. Xavfli bo`lgan aralashma deb nimaga aytiladi? 
A) Xonda yig’ilgan portlovchi gaz yoki bug’ining havo Bilan arlashmasi, pastki 
alangalanish konsentratsiyasi 65g/m3 dan yuqori bo`lmagan chang yoki tolalarning muallaq 
qatlamga o`tishidir 
B) Ma`lum miqdorda yig’ilgan suqlik portlaganda yuqori va quyip chegaralarga ega 
bo`ladi 
C) Har qanday suyuqlik va gaz ma`lum bir chegara miqdorida portlash xususiyati 
D) Portilashning quyi chegarasi yonuvchi suyuq-lining chaqnash darajasi va yig’ilish 
7.Sanoat korxonalarining portlash va yong’in xavfi bo`yicha necha kategoriyalarga 
bo`linishi. 
A) 3 B) 6 C)5 D)4 
8. EUQ portlash xavfi bo`yicha hududlar necha sinfga bo`linadi?
A) 4 B) 6 C)7 D)5 
9. EUQ ning yong’in xavfi bo`yoicha hududlar necha sinfga bo`linadi?
A) 3 B) 4 C) 5 D) 6 
10. Sanoat korxonalarida yong’inni o`chirish davomiligi necha soat qabul qilingan? 


A) 1 soat B) 2 soat C) 3 soat D) 4 soat 
11. Binolarda yong’inni o`chirish jo`mraklari noldan necha m balandlikda o`rnatiladi? 
A) 1m B) 2m C) 1,35m D) 2,5m 
12. O`t o`chirish jo`mrak va dastaklari necha metrli bo`ladi? 
A)10m,15 m B)10m, 15m, 20m C) 20m, 25m D) 15m, 30m 
13. O`t o`chirish lom uzunligi necha mm? 
A)1500mm B)1200mm C)1300mm D) 2000mm 
14.Yong’in o`chirish bachoklarining og’irligi. 
A) 5 kg B) 4kg C) 10kg D) 7kg 
15. ONTP 24-86 meyoriy xujjatida ishlab chiqarish xonalari portlab yonish xavfi 
bo`yicha necha toifaga bo`linadi? 
A) 5-toifa B) 3-toifa C) 4-toifa D) 6-toifa 
16. Yong’inlarni cheklash maqsadida binolarga yong’inga qarshi to`siqlarni turlari: 
A) umumiy va mahalliy 
B) Aktiv va noaktiv 
C) Chordoqli va chordoqsiz 
D) Birlamchi va ikkilamchi 
17. Spinklar qurilmalar qaysi haroratda ishga tushadi?
A) 500C B) 720C C) 1200C D) 1500C 
18. Dispecher qurilmalarining ish bosimi. 
A) 0,4mpa B) 0,3mpa C) 0,5mpa D) 0,1mpa 
19. Issiqlik yong’in xabarchisi necha metr balandlikka o`rnatiladi? 
A)3,5m-9m. B)4,5m-15m. C) 4m-9,5m D) 5m-20m 
20.Yong’in oqibatlari qaysi javobda to`g’ri ko`rsatilgan? 
A) Odam xalokati, tana a`zolarining kuyishi, jaroxati, zaharlanishi, xayvonlar va 
odamlarning o`limi, binolar va inshootlar, moddiy boyliklar, uskunalar, xujjatlarning nobud yoki 
shikastlanishi xayvonlar va odamlarning o`lishi 
B) Odam xalokati, tana a`zolarining kuyishi, jaroxati, zaharlanishi 
C) Bino va inshootlar va moddiy boyliklar shikastlanishi 


D) Uskunalar va xujjatlar nobud bo`lishi.
5-MODUL. 
MА’RUZА. BIRLAMCHI TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH ASOSLARI. 
Rеjа: 
Jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatishning tartib va qoidalari.
Yurak-o‘pka reanimatsiyasi (qayta jonlantirish)ni o‘tkazish qoidasi.
Tomirlardan qon ketishi, turlari, vaqtincha to‘xtatish usullari. 
1. Jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatishning tartib va qoidalari.
Tinchlik sharoitida eng ko‘p uchraydigan baxtsiz hodisalarga: mexanik jarohat, kuyish, 
issiq va oftob urish, sovuq urish va umumiy muzlash, cho‘kish va yer bosib qolishi tufayli 
bo‘g‘ilish, is gazidan zaharlanish, elektrdan jarohatlanish va chaqmoqdan shikastlanish kiradi. 
Birinchi tibbiy yordamni voqea sodir bo‘lgan joyda shikastlanganning o‘zi (o‘z-o‘ziga 
yordam) yoki boshqa kishi (o‘zaro yordam) hamda maxsus o‘rgatilgan shaxslar ko‘rsatadi. 
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda tezlik bilan shikastlovchi manba (omil)ni aniqlash, uni 
yo‘qotish, har bir jarohatda tavsiya qilinadigan tibbiy yordam choralarini qo‘llash, vrachni 
chaqirish yoki jarohatlanganni yaqin tibbiyot muassasasiga olib borish kerak. Ba’zi hollar 
(kuchli qon ketishb, og‘ir suyak sinishlari, hushini yo‘qotish, nafas olish va yurak faoliyatining 
to‘xtashi va boshqalar)da shikastlanganlarga shu joining o‘zida tezlik bilan shoshilinch tibbiy 
yordam ko‘rsatmay turib, ularni tashish (transportirovka qilish) mutlaqo mumkin emas. Bunday 
hollarda reanimatsiya chora-tadbirlari kerak bo‘ladi (12.1-rasm).
Reanimatsiya (jonlantirish) o‘layotgan kishini hayotga qaytarishga, uning organ va 
to‘qimalarida qaytmas o‘zgarishlarning oldini olishga qaratilgan, zudlik bilan amalga 
oshiriladigan chora- adbirlar majmuidir. 



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin